Iborat. Haqiqatdan ham "Iste’molchi shoh" degan shior bu falsafaning negizidir
Kommunikatsiya siyosatining mohiyati, mazmuni va maqsadlari
Download 58.55 Kb.
|
Marketing kommunikatsiyasi
2.3. Kommunikatsiya siyosatining mohiyati, mazmuni va maqsadlariMarketing kommunikatsiyasi - firmadan turli ommaga, mijozlar, xaridorlar, sotuvchilar, yetkazib beruvchilar, aksionerlar, boshqaruv organlari hamda firmaning o‘z xodimlariga mo‘ljallangan signallar majmuasidir. Reklama, shaxsiy savdo, savdoni rag`batlantirish va jamoat bilan aloqalar kabi asosiy vositalar kommunikatsiya majmuasi hisoblanadi. Kommunikatsiya raqobat kurashida muvaffaqiyat omili bo‘lib hisoblanadi. Korxona o‘z firmasining yaxshi imijini yaratish uchun ko‘plab kommunikativ jarayonlar bilan o‘zaro kelishishga majbur. Korxona tovar bilan raqobatlashib kommunikativ raqobatga chuqurroq, ya’ni bozorni muhimroq maqsadli segmenti va xaridorlari e’tiboriga erishishga kurashib jalb etiladi. Keyingi kommunikativ siyosatda strategik va taktik choralarni ichiga oluvchi faqat kompleks yondashish imkoniyati qo‘yiladi. Buning uchun korxonadan tadbirkorlikning integratsiyalangan kommunikativ konsepsiyasini yaratish va rivojlantirish talab qilinadi. Integratsiyalangan kommunikativ jarayonning xususiyati bo‘lib kommunikatsiya vositasi va jarayoni, tashuvchilari, shakllarining turli- tumanligi hisoblanadi. Kommunikatsiya quyidagicha klassifikatsiyalanadi: Kontakt turi bo‘yicha: shaxsli va shaxssiz. Jadalligi bo‘yicha: jadal va bo‘sh. Qo‘llash chastotasi bo‘yicha: yagona va ko‘p marotabalik. Ta’sir natijasiga ko‘ra: samarali va samarasiz. Kommunikatsiya tashuvchilari sifatida: menejment (firma boshqaruvi), xodimlar, mijozlar, jamoat, biznes bo‘yicha sheriklar va boshqalar. Reklamadan yangi mahsulotlarni bozorga chiqarishda ham foydalaniladi. Savdo konyunkturasini yangi mahsulotlar bilan ta’minlash hali muhim bo‘lmagan, sotuv, zaxira, iste’mol haqidagi ma’lumotlar yetarli bo‘lmagan paytda bu ham muhimdir. Bu paytda mutaxassislar yo‘nalishini tanlash uchun reklama orqali yangi taklif tuzadilar. Unda mahsulotlarning tavsiya etiladigan xususiyatlari va ishlab chiqarishning kelajagi hamda aholi talabini ko‘ra bilish, sinovga chiqarilgan mahsulotga xaridorning munosabatini kuzatish haqidagi ma’lumotlar o‘rin oladi. Reklamaning yo‘nalishini tanlash - savdo va sanoatning o‘zaro harakati va mahsulot aylanishiga ana shu manbalardan olingan mahsulot zaxiralarining qatnashishiga ham bog‘liq. Reklama faoliyati marketing xizmatining tarkibiy turlaridan biridir. Uning bevosita yoki bilvosita turi yordamida korxonaning bozordagi o‘rni mustahkamlanadi va taklif etilayotgan mahsulotlarni sotish jadallashadi. Download 58.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling