Ibragimov sardor adabiyotshunoslikning predmeti, maqsadi va vazifalar


Download 9.73 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi9.73 Kb.
#224362
Bog'liq
0 Adabiyotshunoslikning predmeti


IBRAGIMOV SARDOR

ADABIYOTSHUNOSLIKNING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALAR.



1-SAVOL: Adabiyot va adabiyotshunoslik atamalarini izohlang?

Adabiyotshunoslik ‘’adabiyot’’+ ‘’shinos’’ ya’ni o’rganish, yaxshi bilish. Fanning nomidanoq uning o’rganish sohosi adabiyot ekanligi aniq-oshkor ko’rinib turibdi. ‘’Adabiyot’’ so’zi arabcha ‘’adab’’ so’zinig ko’plik shakli bo’lib, u keng va tor ma’nilarda qo’llaniladi. Keng ma’noda qo’llanilganda adabiyot so’zi oqishga mo’ljallab yozilgan va chop qilingan barcha asarlarni o’z ichiga oladi. Shunga qaramay adabiyot so’zi tor ma’noda ham juda faol ishlatiladi va bunda so’z san’atiga daxldor bo’lgan asarlar- badiiy adabyot tushinladi. E’tiborli jihati shuki istilohning ayni shu tarzida (tor va keng ma’nolarda) qo’llanilishi rus va boshqa bir qator tillarda ishlatiluvchi ‘’literatura’’ so’ziga ham xosdir. Zero bu termin ham ‘’litera’’ (harf) so’zidan chop etilgan bo’lib, tor ma’noda badiiy adabiyotni anglatadi, biz mutaxassis sifatida ‘’ Adabiyot’’ so’zining tor ma’nosini ishlatamiz va bunda badiiy adabiyotni nazarda tutamiz. Demak adabiyotshunoslikning o’rganish sohasi predmeti badiiy adabiyot ekan. Adabiyotshunoslik baddiy adabiyotning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari ijtimoiy aloqalarini har jihatdan va atroflicha o’rganadi.

2-SAVOL : Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari haqida ma’lumot bering?

Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari. Hozirgi zamonda adabiyotshunoslik fani 3ta asosiy tarkibiy qismdan, 3ta asosiy sohadan tashkil topadi. Adabiyot nazariyasi, adabiy tarixi va adabiy tanqid. Mazkur sohalarning har biri adabiyotshunoslikning muayyan masalalar mazmunini o’z nuqtayi nazaridan o’rganadi. Shu bilan birga mazkur sohada o’zaro mustahkam bo’lib, biri ikkinchisini to’ldiradi. Adabiyot tarixini otmish adabiyotini jahon yoki biror milliy adabiyotni uzluksiz jarayoni yoki shu jarayonning bosqishlaridan biri sifatida o’rganadi. Adabiyot tarixining asosida tarixiylik prinspi yotadi. Mazkur prinspning mazmun mohiyati shuki, u adabiy jarayonni konkret ijtimoiy tarixiy sharoit bilan bog’liq hodisa sifatida o’rganishni taqazo qiladi. Zero, adabiyot kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bir bosqichida paydo bo’lib uning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga muqobil tarzida taraqqiy etib keladi. Masalan 10-11 asrlarga kelib turkiy tildagi yozma adabiyotning rivojlana boshlaganini turkiy sulolalarining paydo bo’lishi bilan bevosita bog’liqdir. Yusuf Xos Hojibning ‘’Qutadg’u bilig’’ asari misoldir. Shuningdek Firdavsiyning ‘’ Shohnoma’’ si, Navoiyning ‘’Xamsa’’ si tarixiy asarlardir. Adabiy tanqid o’z oldiga hozirgi adabiy jarayon muammolarini o’rganish ya’ni paydo bo’lgan asarlarni ( shuningdek o’tmishda yoritilgan asarlani ham) bugungi kun nuqtayi nazaridan g’oyaviy badiiy tahli qilish va baholashni maqsad qilib qo’yadi. Ba’zan adabiyotshunoslikdan yiroq kishilarda ‘’tadqid’’ so’zini tor ma’noda anglaydi. Bu noto’g’ridir. S. Ojekov lug’atida bu so’zning birinchi ma’nosi biror narsani baho berish maqsadida tahlil qilmoq muhokama qilmoq sifatida beriladi. Ko’rinib turibdiki kamchilik izlash emas balki baholash maqsdida muhokama qilmoq ekan. Adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning mohiyati adabiyot taraqqiyotining umumiy qonuniyaylarini jamiyat hayotidagi o’rni vazifalari. Badiiy asar tabiati hamda uning tuzzilishi kabi masalalarini umumiy tarzda o’rganadi va shu asosida umumiy qonuniyatlarni ochib beradi.

3-SAVOL. Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari?

Adabiyotshunosliknig yuqorida sanalgan asosiy sohalari bilan bir qatorda ularning faoliyati uchun zarur bo’lgan muayyan amaliy vazifalarini bajarish bilan shug’illanuvchi matnshunoslik, manbashunoslik (biblografiya) kabi yordamchi sohalar ham mavjud. Matnshunoslik sohasidagi ilmiy izlanishlarning oxir natijasi adabiyot tarixi va nazariyasi uchun manbaviy asos yaratib berish bo’lganligidan unga adabiyotshunoslikning yordamchi sohalaridan biri sifatida qarab keladi. Manbashunoslik, adabiyotshunoslikning yordamchi sohalaridan biri sifatida manbashunoslik adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasiga oid manbalarni izlab topish, tasniflash, ro’yxatga olish kabi amaliy vazifalarni bajarish, shuningdek manbalarni qidirish va o’rganish yo’llarini ishlab chiqish bilan shug’illanadi.

Adabiyotshunoslikning bibliografiyasi adabiyotshunoslikning ilmiy amaliy sohasi sanalib, adabiyotshunoslikka oid ilmiy asarlar, maqolalar, shuningdek, badiiy asarlar ro’yxatini bibliografik qo’llanma ko’rsatkichlar tuzish bilan shu’gillanadi.

4-SAVOL. Adabiy tanqid va adabiyot nazariyasi atamalarini farqlang.

Adabiy tanqid o’z oldiga yangi paydo bo’layotgan va o’tmishda paydo bo’lgan asarlarni g’oyaviy- badiiy tahlil qilish va baholashni maqsad qili qo’yadi. Tanqid so’zi faoliyat ish harakat asar ta’limot va shu kabilarning salbiy va ijobiy tomonlarini yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish baholash deya izohlanadi. Demak, tanqid bu kamchilik izohlash emas, baho berish maqsadida muhokama qilishdi.

Adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning jamiyat hayotidagi o’rni, mohiyati, vazifalari, badiiy asar, tabiati hamda uning tuzilishi kabi masalalarni umumiy tarzda o’rganadi. Adabiyot nazariyasi badiiy asarlarni tahlil qilish tamoyillarini baholash nezonlari tahlil mretodlarini ishlab chiqadi, adabiy- nazariy tushinchalar tizimini yaratadi.

5-SAVOL. Adabiyotshunoslikning predmeti, maqsad va vazifalari.

Biror fanning predmeti deyilganda o’sha fan nimani o’rganishi nazarda tutiladi. Adabiyotshunoslik fani esa o’z nomi bilan adabiyot sohasini o’rganadi. Adabiyotshunoslining predmeti bo’lmish badiiy adabiyotga taalluqli, ilmiy muammolar sirasiga umumestetik ya’ni badiiy san’at sohasining barchasiga xos muammolar hamda adabiyotshunoslik muammolari sanaladi. Badiiy adabiyotga taalluqli bo’lgan shu kabi muammolarni atroflicha va chuqur ilmiy o’rganish- bu adabiyotshunoslikning vazifasi hisoblanadi.
Download 9.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling