Ибрагимова Меҳрибонунинг Тўдакўл сув омбори ихтиофаг қушлари


Download 1.21 Mb.
bet19/31
Sana03.02.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1156600
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Qoshiqburun – Kol`pitsa
Qoravoy - Karavayka – Plegadis falcinellus (Linnaeus, 1766)
Laylaksimonlar turkumining ibislar oilasiga mansub bo'lgan ushbu kosmopolit tur, kam sonliligi tufayli O'zbekiston Qizil kitobiga 2(VU:D), maqomi bo'yicha zaif va soni qisqarib borayotgan qush sifatida kiritilgan. Adabiyotlardagi ma'lumotlarga ko'ra, respublikamizning migrant turlaridan bo'lgan qoravoylar asosan respublikamizning Janubiy Orolbo'yi suvliklarida uya qurib ko'payadi. Ammo o'tgan asrning so'nggi o'n yilliklarda Orolbo'yi havzalarida yuz bergan o'zgarishlar qoravoylarning ekologiyasida ham bir qator o'zgarishlarning namoyon bo'lishiga olib keldi. 1994 yilda qoravoylarning uya qurish areallari Amudaryoning o'rta oqimigacha yetib kelgan. Qush uyalari Qashqadaryo viloyatidagi Alan ko'llar tizimida qayd etilgan edi (Shernazarov,1994).
Buxoro viloyatida ushbu turning uya qurishi ilk bor 2003 yilda Kogon baliqchilik xo'jaligi hovuzlaridagi qamishzorda, keyinchalik, To'dako'l suv omborining g'arbiy bo'limidagi ko'lmakdagi qamishzorlarda, Xadicha, Zamonbobo va Qoraqir ko'llarida ham qayd etildi (Turaev 2003,2006, 2008).
Qoravoylarning uyalari laylaksimonlar turkumining boshqa vakillari kichik oq qarqara, ko'k qarqara, qoshiqburun, saman qarqara tomonidan shakllangan koloniyalarda joylashadi. Bunda qoravoylar o'z uyalarini koloniyaning eng pastki yarusda qamish, qo'g'a uyumlari orasida suv sathidan 5 – 10 sm balandlikda joylashganligini ko'rsatdi. Uya qurish xarakatlari aprel oyining o'rtalaridan boshlanib, may oyning o'rtalarigacha davom etadi. Uyaga 4-6 ta to'q havorang tusli tuxum qo'yiladi. Tuxumlardan jo'jalarning ochib chiqishi may oyining birinchi o'n kunligiga to'g'ri keladi. Iyun oyidan uyadagi polaponlar uchirma bo'lishadi va iyul-sentyabr oylarida kuzgi migratsiyalarga tayyorlanish harakatlari kuzatiladi. Qushlarning oziq tarkibini suv hasharotlari, krevetkalar va mayda baliqlar tashkil etadi. Uyani tark etgan qushlar kichik galalarda to'planib, suv havzalarning qirg'oqqa yaqin sayozliklarida ovqatlanishda bo'ladi. Sentyabr oyida qoravoylar viloyat suvliklarini to'liq tark etishadi. Qoravoylarni ovlash ta'qiqlangan. Respublikamizning Tuzkon, Sudoch`e, Qoraqir, Dengizko'l, buyurtmaxonalarida muhofazaga olingan.


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling