Ибрагимова Меҳрибонунинг Тўдакўл сув омбори ихтиофаг қушлари


Download 1.21 Mb.
bet18/31
Sana03.02.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1156600
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Jingalakli saqoqush

Qoshiqburun – Kol`pitsa – Platalea leucorodia (Linnaeus, 1758)
Qoshiqburun-laylaksimonlar turkumi-ning ibislarlar oilasiga mansub bo'lib, O'zbekiston ornitofaunasining zaif, soni kamayib, tarqalish areali qisqarib borayotgan uchib o'tuvchi va uya quruvchi turlardan sanaladi. O'zbekiston Qizil kitobiga 2(VU:D) kiritilgan. Respublikamizning Orolbo'yi, Sirdaryo, Amudaryo va Surxondaryo havzalarida hamda Farg'ona vodiysidagi suv havzalarda uchib o'tishda va uyalashda uchraydi. O'zbekistondan tashqarida O'rta Osiyo va Qozog'istondagi qator suv havzalarida uchib o'tishda va uya qurishda kuzatiladi. Shuningdek, Sibirning janubida, Uzoq Sharq, Mug'uliston, Xitoyning shimoli, G'arbiy Osiyo, Yevropa va Shimoloiy Afrikada uya qurishda, Hindistonda uya qurish va qishlashda, Xitoyning janubi va Markaziy Afrikada qishlashda uchraydi. Mazkur tur Buxoro viloyatidagi suv havzalarida uchib o'tishda va uya qurishda qayd etiladi. Uning uya qurishi ilk bor 2001 yil viloyatdagi To'dako'l suv omborining janubi g'arbidagi qamishzorda, katta qoravoylar bilan birgalikda shakllangan koloniyada qayd etildi (To'raev va boshq. 2003). Bugungi kunda qoshiqburunlar viloyatning Qoraqir, Xadicha, Zikri, Zamonbobo ko'llarida, shuningdek, Kogon baliqchilik xo'jaligi hovuzlari hududida uya qurishi kuzatilmoqda.
Qoshiqburun uyalarini qamish poyalaridan hosil bo'lgan uyumlarda joylashtiradi. Uyalar uchburchak ko'rinishida bo'lib unda 3-5 tagacha yirik qo'ng'ir dog'li, oq tuxumlar qo'yadi. Viloyatdagi havzalarda qoshiqburunlarning tuxum qo'yishi aprel oyining ikkinchi yarmidan (18.04.2003,16.04.2006) boshlanadi. Tuxumlar 21-25 kun mobaynida har ikki jins ishtirokida bosiladi. May oyining ikkinchi yarmidan boshlab tuxumlardan jo'jalar chiqadi va iyun, iyul oylarida jo'jalar uyalarni tark etib, suv havzalarining sayoz qirg'oqlarida oziqlanish uchun tarqalishadi. Qoshiqburunlar oziqa tarkibining asosini suvda yashovchi turli umurtqasizlar, mayda baliqlar va baqalar tashkil etadi. Avgust oyining so'nggi kunlaridan boshlab, uchib ketishga tayyorlanadi va sentyabr oyida viloyatning ayrim suvliklaridagina, jumladan, To'dako'l suv ombori, Kogon baliqchilik hovuzlari, Dengizko'l va Zikri ko'llari qirg'oqlarida so'nggi vakillargina oziqlanishda uchraydi. Kuz illiq kelgan yillarda qoshiqburunlarning kuzgi uchib
oktyabr oyining so'nggi kunlarigacha (29.10.2013) cho'zilishi mumkin. Qoshiqburunlarni ovlash ta'qiqlangan. Respublikamizdagi Sudoch`e, Tuzkon, Qoraqir, Dengizko'l suvliklari hududida muhofazaga olingan. SITES ning II -Ilovasiga kiritilgan.


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling