Ибрагимова Меҳрибонунинг Тўдакўл сув омбори ихтиофаг қушлари
Download 1.21 Mb.
|
Qoravoy - Karavayka
Oq laylak – Beliy aist –Ciconia ciconia (Linnaeus, 1758) Oq laylaklar, laylaksimonlar turkumining laylaklar oilasiga mansub tur bo'lib, O'zbekistonda uning turkiston oq laylagi–Ciconia ciconia asiatica (Severtzov, 1873) kenja turi uchraydi. Ushbu Palearktik tur O'zbekiston Qizil kitobiga 3(NT), maqomi bo'yicha zaifga yaqin, tarqalish areali qisqarib borayotgan qush sifatida kiritilgan. O'zbekiston hududida turkiston oq laylagi yil davomida uchraydi. Albatta, uning uchrash xususiyati respublikamiz hududi bo'ylab mozaik ko'rinishni kasb etadi. 1980 yillargacha oq laylaklarning respublikamizdagi asosiy uchrash va uya qurish markazlari Xorazm, Buxoro va Samarqand vohalari hisoblangan. Keyinchalik ushbu xududlarda laylaklarning oziqlanish, uya qurib ko'payishi uchun zaruriy sharoitlarning qisqarishi oqibatida ushbu xududlarni to'lik tark etishdi va bugungi kunda ushbu vohalarda ular faqat migratsiyalar vaqtida kichik sonda uchraydi. Hozirgi kunda oq laylaklarning asosiy uya qurib ko'payadigan hududlari respublikamizning Namangan, Andijon, Farg'ona viloyatlarida bir necha yuztasi, Sirdaryoning o'rta oqimidagi Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlarida, bir necha o'ntasi uya quradi, kam sonda va nomuntazam ravishda Samarqand viloyati va Surxondaryo viloyati hududida uya qurib ko'payadi va qishlashda qayd etiladi. O'zbekistondan tashqarida Tojikiston, Qozog'iston, Xitoyning g'arbida uya quradi, Eron, Hindiston, Shiri-Lankada qishlaydi. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, bugungi kunda O'zbekistonda laylaklarning 1,5 ming jufti uya quradi, bu son mazkur turning dunyo populyatsiyasining 70-80% ni tashkil etadi, mazkur miqdorning asosiy qismi Farg'ona vodiysi viloyatlari hududiga to'g'ri keladi. Qish illiq kelgan yillarda respublikamizda laylaklar kichik sonda qishlab qoladi. Turkiston oq laylagining bahorgi migratsiyasi havo haroratiga qarab fevral oyining ikkinchi yarmidan mart oyi davomida kuzatilsa (26.02.2008; 19.02.2010), kuzgi migratsiya avgust oyining so'nggi o'n kunligidan oktyabr oyining oxirigacha (29.09.2008; 24.10.2011) davom etadi. Uya qurish muddati aprel-may oylariga to'g'ri keladi. Oq laylaklar koloniya holida uya qurishadi. Uya qurish joyidagi imkoniyatga qarab 1-2 tadan 112 tagacha uyalar bir joyda joylashadi (Namangandagi Qushtepa qishlog'i, 1995 yil). Uyalar daraxtlarda, minoralar, tarixiy yodgorliklarning gumbazlari ustida, elektr liniyalarining tayanchlarida joylashtiriladi. Uyalarini har yili yangi materiallar bilan qayta ta'mirlab boradi va ko'p yillar davomida undan foydalanadi. Ba'zan ko'p yillar davomida ta'mirlab borilgan uyalar yiriklashib, qulaydi, bunda elektr tarmoqlarining tayanchlarida joylashtirilgan uyalar ba'zan tarmoqlarda qisqa tutashuvlarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Buxoro viloyatida o'tgan asrning 80 yillarigacha uya qurib ko'payishi qayd etilgan. Viloyatda laylaklar yashashini ta'minlovchi omillarning cheklovchi darajaga yetishi, ya'ni ularga oziqa bazasini yaratuvchi botqoqlar va ko'llarning quritilishi va yashash joylarining ekinzorlarga aylantirilishi oqibatida 1982 yildan boshlab viloyat hududini tark etishiga olib kelganligi to'g'risida ma'lumotlar bor. Bugungi kunda Turkiston oq laylaklari Buxoro viloyatidagi Dengizko'l, Xadicha ko'llari va To'dako'l suv omborining sharqiy qismidagi sayyozliklarda bahorgi va kuzgi migratsiyalarda kichik sonda (2-4 tagacha) uchraydi. Turkiston oq laylagi maxsus ko'paytirilmaydi, uni ovlash ta'qiqlangan. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling