Ibtidoiy davr ( arxaik ) madaniyati. Reja: Arxaik madaniyatning dastlabki namunalari
Download 222.86 Kb.
|
sssssssssssssssssss
Antik Yunoniston madaniyati
Yunoniston madaniyatini 5 davrga bo’lib o’rganiladi: 1. Egey madaniyati: er. avv. 2800-1800 yillar 2. Gomer davri: er. avv. Xl- lX asrlar 3. Arxaik davri: er. avv. Vlll- Vl asrlar Egey madaniyati Krit-mikken davri deb ataladi. Sababi krit oroli Mikken shaxri Yunonlar madaniyatini asosiy markazlari sanalgan. Bu davrda podsho Minos boshqargan.(Minos davri deb xam ataladi) Bu davrga taalluqli Knos saroyi labirint nomi bilan tarixga kirgan. Knos saroyi ko’p qavatli inshoot bo’lib 300 xonadan iborat ekan. Gomer davri Bunday deyilishiga sabab bu davrda Gomerning Odisseya bilan Iliada dostonlari yaratilgan. Bu davrda ilk davlatchilik vujudga kelgan. Dexqonchilik, chorvachilik rivojlangan. Savdo sotiq xam bu davrda yaxshi rivojlangan. Savdoda ayirboshlash vositasi qoramollar xisoblangan. Arxaik davri Qadimgi yunon dinining asosiy shakllari arxaik davrida tarkib topgan. Arxaik davrdagi dinning rivoji bu antropomorfizmdan, ya’ni insonni ilohiylashtirishdan, xudolarni o’lmaydigan va abadiy yosh bo’lib turadigan kuchli, go’zal, kishilar deb tasavvur qilishdan iborat edi. Klassik davri Yunon madaniyatining eng gullab yashnagan rivojlangan davri xisoblanadi. Bu davrda yunonlar eronliklar ustidan g’alaba qozonishgan. Afina shaxri O’rta yer dengizida eng rivojlangan savdo markaziga aylangan. Afina shaxriMisr, Suriya va boshqa davlatlar bilan savdo aloqani rivojlantirgan. Klassik davrinig eng ko’zga ko’ringan me’moriy yodgorliklaridan Galikarnos daxmasi, Efis shaxridagi Artimitsel ibodatxonalari xisoblanadi. Bu me’moriy obidalar dunyo mo’jizalari qatoridan joy olgan. Ellinizm davri Bu davrda yunoniston madaniyatini pasayishini kuzatamiz. Bunga sabab urushlar bo’lgan. Shu sababli ellinizm boshqa davlatlarga tarqaladi. Yunonlar tasavvuricha olam avvalida Xaosdan iborat bo’lgan.Yer Geya va yer osti olami Tartar xam bo’lgan.Geyadan o’g’li Uran- osmon xudosi kelib chiqqan. Titanlar –katta xudolar bo’lgan. Kronosdan Aid, Poseydon, Gestiya, Demitra, Gera, Zeve kabi kichik xudolar kelib chiqqan. Zeve bosh xudo,xudolar ajdodi, chaqmoqsochar xisoblangan.Uning xotini Gera- osmon ma’budasi va nikox xomiysi bo’lgan. Poseydon- dengiz xudosi. Demitra xosildorlik,Geystiya uy ro’zg’or mabudasi bo’lgan.Aid yer osti olami xudosi xisoblangan. Yunonlar dinida totemizm qoldiqlari bo’lgan,ya’ni ma’budlarga biron xayvonlarga yoki qushlarga sig’inishgan. Yunonistonda me’morchilik Yunonistonda me’morchilikni rivojlanishi aloxida o’rin tutadi va butun olamga mashxur bo’lgan. Me’morchilikda 3 ta uslubdan foydalaniladi: 1. Doriy uslubi 2. Ioniy uslubi 3. Korinf uslubi Yunonistonda madaniyat va fan rivojlanib Geradot, Demokrit, Pratogor, Gippokrat, Suqrot, Aflotun, Arastu kabi olimlar ijod qilganlar. “Tarixning otasi” deb nom olgan yunonistonlik tarixchi Geradot Misr,Bobil, Suriya, kichik osiyo va qora dengiz soxilidagi mamlakatlarga sayoxat qilib o’zining “Tarix” kitobida turli xalqlar xaqida ma’lumotlaqrni yozib qoldirgan. Demokrit “hamma narsalar eng mayda zarracha, atomlardan tashkil topgan ”-degan fikrni ilgari surgan.Yunon tabibi Gippokrat tibbiyot bilimlarini Geraklitdan o’rganadi. U mashxur tabib bo’lib,tibbiyotning barcha masalalari bilan shug’ullanadi. U shogirdlari bilan 72 kitobdan iborat “Gippokrat to’plami” nomli tibbiy asar yozib qoldirgan. • Yunoniston afsona va rivoyatlar yurti bo’lib, qadimdan adabiyot rivojlangan. “Protomey”, “Gerkl”, “Didal va Ikar”, “Argonavtlar”, “Odisseya” va “Iliada” kabi afsona va dostonlar yunonlarning turmush tarzi va tarixini bayon qilgan.Teatr yunonchada “tomoshalar joyi” degan ma’noni anglatadi. Adiblar afsona va rivoyatlar asosida tragediyalar yaratganlar. Tragediya yunonchada “echkilar qo’shig’i” degan ma’noni anglatadi. Exsilni trgediyalar otasi deb atashgan. Antik Rim madaniyati Lotin tilida “antik” (antiguus) so’zining ma’nosi “qadimgi” demakdir. Lekin tarixiy davr nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak Antik davr Qadimgi dunyoning oxiri-qadimgi madaniyat va davlatchilikning eng taraqqiy etgan bosqichidir. Bu davr asosan Yunoniston va Rim uchun xarakterli bo’lib, Yunoniston mil.avv. XI-IX asrlarda antik (klassik) madaniyat takomili bilan to’la mohiyat-mazmunga ega bo’ldi. Milodiy V asrda varvarlar tomonidan Rim imperiyasining qulatilishi Antik madaniyatni inqirozga olib keldi. Shuningdek, Yunon-Rim jamiyati va madaniyatiga nisbatan qo’llanilib kelayotgan “antik” so’zi ko’proq Yevropaga tatbiqan anglamoq darkor, negaki Yevropa xalqlari o’zlarining madaniy taraqqiyotlari yo’lida yolg’iz Yunon-Rim madaniyati bilan aloqador bo’lganliklari sababli, shu xalqlar bunyod etgan ma’naviy boyliklarni eng qadimiy deb taniganlar. Yunonlarning tasavvuricha, olam avvalida Хaosdan iborat bo’lgan, Yer-Geya va yer osti olami Тartar ham bo’lgan. Geyadan o’g’li Uran-osmon xudosi kelib chiqqan. Uran bilan Geyadan titan Kronos to’g’ilgan va o’z otasi Uranni ag’darib tashlagan. Bular titanlar-katta xudolar ekan. Kronosdan Aid, Poseydon, Gestiya, Demitra, Gera va Zevs kabi kichik xudolar kelib chiqqan . Zevs boshchiligida kichik xudolar. Тitanlarni ag’darib tashlab olamni idora qila boshlaganlar. Zevs bosh xudo, xudolar ajdodi, chaqmoqsochar hisoblangan. Uning xotini Gera-osmon ma’budasi va nikoh homiysi bo’lgan. Poseydon-dengiz xudosi, Demitra-hosildorlik ma’budasi, Gestiya-uy-ro’zg’or ma’budasi, Aid-yer osti olami hudosi hisoblangan. Zevsning boshidan donishmanlik va urush ma’budasi Afina paydo bo’lgan; Appolon-ro’shnolik va san’at xudosi, Artemidaoy va ov ma’budasi, Gefest-temirchilik xudosi, Afrodita go’zallik va sevgi ma’budasi, Dionis-uzum va musallas xudosi sifatida a’zozlangan. Zevsning ko’p farzandlari xudolar bo’lgan. Yunonlar dinida totemizm qoldiqlari bo’lgan, ya’ni ma’budalarga biron hayvon yoki qush atalgan. Shuningdek, yunonlar ikkinchi darajali ma’budlarga - Nimfa va Kentavrlarga ham topinganlar. Guyoki chakalakzorlarda driadalar, nimfalar, echkioyoq satirlar yashagan; dengizda nayadalar va sirena-ayol boshli qushlar yashagan. Ma’budalarning oddiy ayollar bilan aloqasidan to’g’ilgan yarim xudo-qahramonlar ham e’zozlangan. Ayniqsa 12 marta jasorat ko’rsatgan Gerakl-yozuvlikni yenguvchi obraz bo’lgan. Yunonistonda xudolar sharifiga o’tkazilgan maxsus bayramlar faqat dini y mazmunga ega bo’lmagan, chunki, jismoniy tarbiya musobaqalari hamda musiqa, qo’shiq kabilar mazkur bayramlarning eng muhim ishlari hisoblangan. Yunon shaharlari o’z bayramlari, sport musobaqalari , orakullari (kohinvaliylari) bilan yunon elini birlashtiruvchi markazlar bo’lgan. Argosda Gera, Afinada Afina sharafiga bayramlar o’tkazilgan. Olimpiada shahrida Zevs sharafiga Olimp musobaqalari bo’lgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Yunonistonda madaniyat va fan rivojlanib Gerodot, Demokrit, Pratagor, Gippokrat, Suqrot, Aflotun, Arastu kabi olimlar ijod qilganlar. Miloddan avvalgi VI asrda Kichik Osiyodagi Milet shahri ilm-fan markazi bo’lgan. Kichik Osiyo olimlari Misr va Mesopotamiya olimlarining ilmiy bilimlarini rivojlantirganlar. Ular tabiat va jamiyat hodisalarining sabablarini tushuntirishga harakat qilib, tabiat va hayotning ibtidosini suv, havo yoki olov deb faraz qilganlar. “Тarixning otasi” deb nom olgan yunonistonlik tarixchi Gerodot (mil.av. V-asr) Misr, Bobil, Suriya, Kichik Osiyo va Qora dengiz sohilidagi mamlakatlarga sayohat qilib, o’zining “Тarix” kitobida turli xalqlar haqida ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Yunon olimlaridan biri Demokrit (ml.av.460-370 yillar) “”Hamma narsalar eng mayda zarracha, atomlardan tashkil topgan”, -degan fikrni ilgari surgan. U fanning ko’p sohalari bilan shug’ullangan. Kos orolida tug’ilgan yunon tabibi Gippokrat (mil.av.460-375 yil) tibbiyot bilimlarini otasi Geraklitdan o’rganadi. U mashhur tabib bo’lib, tibbiyotning barcha masalalari bilan shug’ullangan va ulug’ faylasuf ham bo’lgan. U shogirdlari bilan birga 72 kitobdan iborat “Gippokrat to’plami” nomli tibbiy asar yozib qoldirgan. Afinalik faylasuf Suqrot (mil.avv. 441-399y) birorta kitob yozmagan. U odam gavjum joylarda shogirdlarini haqiqatni bilishga undamb, -haqiqat bahs orqali bilinadi, -degan. Suqrot o’z qarashlarida odamlarni tenglashtirishga qarshi chiqqani uchun Afina quldorlik demokratiyasi namoyandalariga yoqmagan va uni o’limga hukm qilishgan. Makedoniya saroy tabibining o’g’li Arastuni (mil.avv.384-322 y) Sharqda “Birinchi muallim” deb ataganlar. U juda ko’p asarlar yozib, ilmiy bilimlarini alohida sohalarga bo’lib chiqqan va mustaqil fanlarga birlashtirgan. Arastu Yer koninotning markazi deb hisoblagan. Uning mashhur asari “Siyosat”dir. Yunoniston afsona va rivoyatlar yurti bo’lib, qadimdan adabiyot rivojlangan. “Prometey”, “Greakl”, “Didal va Ikar”, “ Argonavtlar”, “Odessiya” va “Iliada” kabi afsona va dostonlarda yunonlarning turmush tarzi va tarixi bayon qilingan. “Iliada” va “Odessiya” dostonlarini mil.avv. VIII asrda yashagan ko’p baxshi Gomer yaratgan edi. Dostonlarda Тroya urushlari hikoya qilinadi. Arxeologlar Gomer dostonlariga asoslanib qadim gi Тroya madaniyatini topganlar. Doston va afsonalar teatr uchun boy ma’lumot bergan . Qadimgi Yunon teatri mil.avv. VII asrlarda qishloq ho’jaligi homiysi, xudo Dionis sharafiga o’tkaziladigan bayramlar vaqtida ijro etiladigan qo’shiqlar va o’yinlar asosida vujudga kelgan. Тeatr yunoncha “tomoshalar joyi” degan ma’noni anglatadi. Keyinchalik qurilgan Yunon teatrlariga 17-25 min tomoshabin joylashgan. Тeatr san’atining rivoji mashhur yunon adiblari ijodi bilan uyg’un bo’lgan. Adiblar afsona va rivoyatlar asosida tragediyalar yaratganlar. Тragediya yunonchada “echkilar qo’shig’i” degan ma’noni anglatadi. Mil. av. VI-IV asrlarda Esxil, Sofokl, Yevripid tragediyalari Aristofan komediyalarini teatrda tomoshabinlar maroq bilan ko’rishgan. Esxilni “tragediya otasi” deb ataganlar. Uning “Zanjirband Prometey”, “Forslar” tragediyalari, Sofokolning “Shoh Edip”, “Antigona” tragediyalari mashhur bo’lgan. Sofokol 120 dan ko’pro q tragediya yozgan. Qadimgi yunonlarda me’morchilik, haykaltaroshlik va rassomchilik Krit-Minen davrlarida vujudga kelib, keyingi davrlarda rivojlanadi va mil.avv. V asrda yuqori pog’onaga ko’tariladi. Qadimgi Sharq madaniyatining o`ziga xos xususiyatlari Qadimgi Sharq hududida mil. avv. X-VII ming yillikda insoniyat sivilizatsiyasi va madaniyat rivojlanishining ibtidoisi bilan bog’liq bo’lgan eng muhim jarayonlar ro’y beradi. Sharq madaniy faoliyatning turli shakllari va sohalari vujudga keladi. Yozuv, adabiyot, san’at, fan, birinchi jahon dini-buddizm paydo bo’ladi. Qadimgi Sharq tushunchasi, Sharq haqidagi hozirgi tasavvurlarga mos kelmaydi. Negaki, Qadimgi Sharq yer sharining Misrdan toХitoygacha bo’lgan keng mintaqasini o’z ichiga olib, bu yerda mil. avv . VII ming yillikdan boshlab insoniyat tarixida shakllanishi eng yirik daryolar-Nil, Daj la va Frot, Hind va Gang, Хuanxe va Yanszi vodiysida, ya’ni dehqonchilik rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar mavjud bo’lgan joylarda ro’y berdi. Хuddi shu joylarda dastlabki davlatchilik tuzilmasi, siyosiy, diniy va savdo markazi sifatida shaharlar, yozuv vujudga kelgan. Bu reda dastlab ma’naviy madaniyat ishlab chiqaruvchi mehnat faoliyatidan bevosita ajralib mustaqil faoliyatga aylandi. Jamiyat hayotida alohida kishilar qatlami boshqaruv , ta’lim, ma’lumotlarni to’plovchi va uzatuvchi sohalarda shug’ullanuvchilar ajraladi va ko’payib boradi. Misr, Mesopotamiya, Hind va Хitoy sivilizatsiyalari eng ko’xna va yirik madaniyatlar edi. Bu madaniyatlar ta’sirida Urartu, Finikiya, Хett, Elam sivilizatsiyalari shakllanib, insoniyat madaniyati tarixida sezilarli ta’sirga eng bo’ldi. I.P.Veynbergning ta’kiblashicha, qadimgi Sharq madaniyati “Ilk kashfiyotchi va asoschi sifatida ulkan missiyani” bajardi; yozuvni ishlab chiqdi va davlatchilik poydevorini qurish, o’zining etnik, kasbiy, mulkiy va ijtimoiy ahvoli bilan farqlanuvchi kishilarning birga yashashlari uchun sharoit yaratdi. Agar boshqa madaniyatlar ibtidoiy va qadimgi Sharq madaniyatining tajriba va yutuqlaridan foydalangan bo’lsa, qadimgi Sharq madaniyatining o’zi esa ibtidoiylikning bir tarzida shakllandi. Ibtidoiy muhitning ta’siri kuchli va doimiy bo’ldi. ibtidoiy davrdan meros bo’lib mifologik fikrlash usuli, nutq va faoliyat o’tdi. Shu bilan birga qadimgi Sharq madaniyati namunalari o’z dunyosining “boshlovchisi” , “yangiliklarini” o’ziga xos jiddiy his qildi. Misr, Mesopotamiya, Hind va Хitoy miflarida nafaqat “dunyoning yaratilish” (asmon, yer, jonivorlar, inson) mavzui, balki, bu rivoyatlar olamida ibtidoiy dunyodan keskin farqlovchi “madaniyatlarning yaratilishi” mavzui ham katta o’rin egallaydi. “Enklar va koinot” (Mesopotamiya), tangri Ptax haqida (Misr), Хitoyning afsonaviy hukmdori haqidagi miflarda xudolar va ilk ajdodlar dehqonchilik va hunarmandchilik kashfiyotchilari, ilk shaharlar bunyodkori, davlatchilik va dinni o’rganuvchilar, qonun va yozuv ijodkorlari sifatida ya’ni, ibtidoiylikdan farqlanuvchi sivilizatsiyaning barcha yutuqlarini yaratuvchilar bo’lib tasvirlanadi. Shuningdek, miflarda bir-biriga mos kelmaydigan, qarama-qarshi va bu ikki dunyoning dushmanligi mavzui ham tasvirlanadi.Qadimgi Sharq xalqlarining urf-odatlari va e’tiqodlari haqida ma’lumot turli manba’larda, adabiyot va san’at yodgorliklarida saqlanib qolganki, bular bizning tasavvur dunyomizni keskin farq qiluvchi olamga boshlaydi. Qadimgi Sharq madaniyatining shakllanishida mifologik tafakkur katta rol o’ynagan. Jahon madaniyatining tarixiy bosqichlari Jahon madaniyati va tarixi kursi dunyo xalqlari madaniyatining rivojlanish umumiy qonuniyatlarini o`rgatadi. Jahon madaniyati va tarixi fanining predmeti jahon xalqlarining eng qadimgi zamonlardan to xozirgi kunlargacha bosib o`tgan uzoq va murakkab tarixiy yo`lini, madaniy va ma`naviy hayotini xolisona o`rganish va tushuntirishdan iborat. Mazkur kursning asosiy vazifasi insonning tabiat va jamiyat bilan birgalikdagi faoliyati hamda kishilarning ma`naviy turmshiga oid barcha jarayonlarni tadqiq qilishdan iborat. Madaniyat-insonlardan ijodiy faoliyat tufayli yaratilgan moddiy va ma`naviy boyliklar majmuasiga aytiladi. Madaniyat atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotida rang-barang ma`noni anglatadi. U lotincha ishlov berish, parvarish qilish, ma`nosini anglatsa, keyinchalik ma`rifatli bo`lish, tarbiyali, bilimli bo`lish mazmunida ishlatiladi. .O`zbek tilida ko`p ishlatiladigan “madaniyat” atamasi arabcha “madaniy” – “shaxarlik” degan ma`noni anglatadi. . Madaniyat insonni to`la qonli faoliyati “Inson tomonidan yaratilgan muhit”, “Insoniyat yaratgan moddiy va ma`naviy qadriyatlar majmuidir”. Madaniyat tushunchasi XX asrga kelib ijtimoiy va gumanitar fanlar tizimidan o`rin oldi. Insoniyat jamiyat doimiy raqvishda rivojlanishda bo`lib, o`zgarib takomillashib boradi. Turli tarixiy darvrlarda xilma xil madaniyatlar mavjud bo`lib, insonlar dunyoning o`zgacha anglagan va qabul qilgan. Madaniyat jamiyatning maxsuli ijtimoiy hayotining muhim jabxalarridan biri. Madaniyatsiz jamiyat bo`lmagandek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida bo`lmaydi. Jamiyat madaniyatni vujudga keltiradi. Jamiyat boyib borsa, madaniyat ham yuksaladi. Alohida bir shaxsning alohida madaniyati bo`lmaydi. SHaxs muayyan jamiyatdagi madaniy muhitda yashaydi va madaniyati shakllanadi. Ibtidoiy davr insoniyatning uzoq o`tmishidan iborat bo`lgan bosqichdir. Bu davr insoniyatni hayvonot olamidan ajratib yuborgan davr hisoblanib, ongli mavjudot xisoblanuvchi odam va u tomonidan yaratilgan madaniyatning shakllanish davridir. Agar insoniyat tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma`naviy boyliklarga nazar tashlaydigan bulsak, bu boyliklarning yaratilishi bundan million yillar ilgari yashab o`tgan qadim ajdodlarimiz tomonidan vujudga keltirilganligining guvohi bo`lamiz. CHunki ibtidoiy davrda yaratilgan barcha moddiy madaniyatning-mehnat qurollari, turar joylar, kiyim-kechaklar va boshqalarning asosiy vazifasi hamda mohiyati hozirgi kunimizda nshlatilayotgan barcha moddiy boyliklarimizda o`z ifodasini topgan. YOki ma`naviy madaniyatning barcha elementlarida-axloqiy, huquqiy, siyosiy, badiiy ongda, diniy e`tiqodlar va turli xil urf-odatlar, marosimlar va an`analarda ijtimoiy xodisalar xisoblanuvchi oilaviy munosabatlarda, til taraqqiyoti va boshqalarda, ibtidoiy davrda yashagai ajdodlarimnzning ruhi sezilib turadi. SHu boisdan hozirgi moddiy va ma`naviy madaniyatimizning vujudga kelishi hamda mohiyati to`g’risida muayyan tasavvur xosil qilish uchun ibtidoiy davr madaniyati, uning rivojlanish bosqichlari masalasiga tuxtalib o`tish o`ta muhimdir. Ibtidony odamlar er yuzida yo`q bo`lib ketganlar. Biroq erning yuqori qatlamlarida qadim ajdodlarimiz faoliyatining moddiy qoldiqlari. uning ish qurollari, yaroq-aslahalari, uylari, jixozlari, kiyimlari, tasviriy san`at asarlarn, topinish buyumlari va nihoyat yovvoyi hamda uy hayvonlarining suyaklari birin-ketin, qavatma-qavat bo`lib ko`milib saqlanib qolgan. SHu bilan birga qadim ajdodlarimiz to`g’risida muayyan fikr yuritish uchun ulardan bizga meros bo`lib kelgan, u yoki bu darajada saqlanib qolgan xalq og’zaki ijodining namunalari manba vazifasini o`taydi. Ibtidoiy jamiyatning rivojlanish tarixi bir qancha, bosqichlar yoki davrlarni bosib utgan. Fanda asosan mehnat qurollari qanday materialdan yasalganligiga qarab,ibtidoiy davrni tosh, bronza va temir asrlariga bo`lish odatga aylanib qolgan. Masalan, Kopengagen (Daniya) asori-atiqalar muzeyi xodimi Kristian Tomsen birinchi marta fanga mehnat qurollarini yasalgan materiallarga qarab tosh, bronza za temir davrlarn tushunchasini kiritadi. Keyinchalik tosh asri qadimgi tosh— paleolit (gr.palato qadimgi va litos-tosh) va yangi (gr. peo-yangi) asrlarga bo`lingan. Davrlarga bo`lishning boshcha bir juda qadimgi sistemasi- bu ishlab chiqarish faoliyati sohalariga ko`ra bo`lishdir. Bunda ibtidoiy davr ovchilik, dehqonchilik va chorvachilik bosqichlariga bo`linadi . Kushonlar davri madaniyati. Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o'z yurti, tili, madaniyati, qadryatlari tarixini bilishga o'zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Odamzot borki, avlod-ajdodi kimligi nasl nasabini, o'zi tug'ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullas, vatanining tarixini bilishni istaydi. O'z xalqini tarixiy o'tmishi, o'zligi, ma'naviyati haqida gapiryotgan bizda chuqur ilmiy asosga tayangan tahlil, muayyan masalarda aniq yondoshuv yetishmayapti. Ilmiy tilda aytganda konsepsiya yo'q. O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson. Kim bo'lishidan qat'iy nazar, jamiatini har bir a'zosi o'z o'tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo'ldan urish, turli aqidalar ta'siriga qolish mumkin emas. Yuechjeylarning eramizdan avvalgi II asr o'rtalarida Grek-Baqtriya davlatiga bostirib kirishi ushbu davlatni tamomila tugatilishiga olib keldi. Yuechjeylarning dastlabki mulklari shimoliy Baqtriya hududlarida bo'ldi (zamonaviy O'zbekistonning janubiy hududlari va Tojikiston). Kushon davlati eramizning I asri birinchi yarmida yuechjeylar davlati amirliklaridan biri Kushonning yuksalishi oqibatida yuzaga keldi. Kushon xitoychada Guyshuan deb talaffuz qilinib, yuechjey qabilalaridan birining nomi bo'lish ehtimoli bor. Davlat asoschisi yabgu (amir) bo'lgan. Keyinchalik podshoh Kudjula Kadfiz hukmronligi ostida kushonlar hozirgi Afg'oniston va Pokistonning katta qismini bosib oldilar. Uning merosxo'ri Vime Tok hukmronligi davrida kushon mulklariga Hindistonning katta bir qismi qo'shildi. Kushon davlatining gullab-yashnashi Kanishka hukmronligi davriga to'g'ri keldi (taxminan eramizning 78-123 yillari). O'sha davrda poytaxt Baqtriyadan Peshovorga ko'chirildi, mamlakat sarhadlari esa Hindiston va Xo'tongacha bo'lgan o'lkalarni qamrab oldi. Markaziy Osiyoda Kushon davlatining chegaralari hozirgi O'zbekiston janubidagi Hisor tog' tizmalari cho'qqilaridan o'tgan. O'sha yerdagi baland tog' daralarida (Darband) mustahkam chegara inshootlari qad ko'tardi. O'sha davrlarda davlat sarhadlarida yangidan-yangi shaharlar qad ko'tardi, Hindiston, Xitoy va Rim imperiyasi bilan savdo munosabatlari o'rnatildi. Pompeyda olib borilgan qazish ishlari mobaynida kushon tangalari hamda kushon ustasi tomonidan suyakdan yasalgan figuralar topildi. Kushon davrida me'morchilik yuksak rivojlandi. Ayniqsa saroylar va ibodatxonalar qurilishiga katta e'tibor qaratildi. Kushon hukmdorlarining Xolchayondagi saroyida va eski Termiz va Dalvarzindagi budda ibodatxonalarida yuqori badiiy did bilan ishlangan devor chizgilari va haykaltaroshlik namunalari yaxshi saqlanib qolgan. Xolchayon, Dalvarzin va Ayritomda olib borilgan qazish ishlari davomida kushon ustalarining yuksak mahoratidan dalolat beruvchi bronza idishlar, muhtasham shag'amsupalar, ko'zgular hamda zargarlik mahsulotlari topilgan. Dehqonchilik imperiya iqtisodiyotining tayanchi bo'lgan. Yer hosildorligini oshirish maqsadida turli o'g'itlardan keng foydalinilgan. Tog' oldi hududlari va cho'llar chorvachilik maqsadlarida foydalanilgan. Termizda olib borilgan qazuv ishlari davomida oramiy tili asosida yozilgan xatlar topilgan. Kushon kursiv xati o'zining o'tkir burchakli, kvadrat va aylana shaklidagi harflari bilan ajralib turar hamda o'sha davrlarda juda keng tarqalgan edi. Kanishka davrida Kushon davlatiga buddizm kirib keladi va tez orada davlat diniga aylanadi. Ammo shu bilan birga zardo'shtiylik va mahalliy O'rta Osiyo, Hindiston, Eron, Yunoniston va Misr xalqlari dinlari ham o'z kuchini yo'qotmaydi. Kushon davlati eramizning III asri birinchi yarmining oxirida barham topdi. Baktriya va Toxariston maxsus mulk huquqi ostida Sosoniylar imperiyasi tarkibiga qo'shildi. Ushbu imperiya sosoniy podshohlar xonadoni a'zolari tomonidan boshqarilib, ular kushonshoh tituligi egalik qilgan. Ahmoniylar davrida madaniy ahvol. Axomaniylar davlatiga qadimgi fors podshohlari xonadoni — axomaniylar vakili Kir II asos solgan. Miloddan avvalgi 558 yil Kir II fors qabilalari ittifoqiga rahbar boʻlib, 553 yil midiyaliklar hukmronligiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. Forslar 550 yil gʻalaba qozonib va Midiyani egallab keyingi uch yil mobaynida sobiq Midiya davlati tarkibiga kirgan mamlakatlarni bosib olganlar, 546 yil esa Lidiya va Kichik Osiyodagi yunon shaharlarini zabt etganlar. 545-539 yillar oraligʻida Kichik Osiyoning katta qismi, 538 yilda Bobil, 525 yilda Misr, 519-512 yillar oraligʻida Egey dengizidagi orollar, Frakiya, Makedoniya va Hindistonning shimoli-gʻarbiy qismi boʻysundirilgan. Axomaniylar davlati Doro I davrida shakllangan murakkab byurokratik tizim orqali boshqarilgan. Doroning maʼmuriy-pul islohotlari bosib olingan mamlakatlar ustidan boshqaruv va nazoratni yanada takomillashtirdi: davlat 20 ta harbiy-maʼmuriy satrapiya (okrug)larga boʻlinib, ularning tepasida maxsus amaldorlar (satraplar) turgan. Ular fors podshosiga ulkan miqdorda soliqlar (pul va natura holda) toʻlashgan. Doro I davrida yagona tanga pul birligi — 8,4 g oltin ogʻirligidagi doriq joriy qilingan. Sikl (1/20 doriq) mayda kumush tanga vazifasini oʻtagan. Axomaniylar davlati etnik tarkibi va ijtimoiy ukladi boʻyicha turli-tuman boʻlgan. Uning tarkibiga Kichik Osiyo, Bobil, Finikiya va Misr kirib, ularning qishloq xoʻjaligi va hunarmandchiligida qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Iqtisodiy jihatdan shunday rivojlangan mamlakatlar qatorida forslar saltanati tarkibiga Frakiya va Makedoniya kabi viloyatlar, shuningdek urugʻchilik tuzumining yemirilishi bosqichida turgan koʻchmanchi arab va skif qabilalari ham kirgan. Fors maʼmuriyati zabt etilgan mamlakatlarda eski mahalliy qonunlar, urf-odatlar, dinlar, pul tizimi, oʻlchov-ogʻirlik tizimi, yozuv va tillarni saqlab qolgan. Mahalliy tillar qatorida Axomaniylar davlatining rasmiy idora tili boʻlgan oromiy tili ham keng tarqalgan. Eronda qadimgi fors va oromiy tilidan tashqari maʼmuriy ehtiyojlar uchun elam tilidan ham keng foydalanishgan. Forslar koʻpgina finikiy va yunon shaharlariga muxtoriyat berib, ayrim mamlakatlarda (masalan, Kilikiya, Sugʻdiyona va boshqalar) mahalliy shohlar va hokimlar sulolasini saqlab qolganlar, ibodatxonalarni soliq va toʻlovlardan ozod etganlar. Persepol bilan bir qatorda axomaniylar Bobil, Suza va Ekbatanani poytaxt qilishgan. Axomaniylar davlati madaniyati va sanʼati Eron madaniy anʼanalarini Yunoniston, Ossuriya, Misr va boshqa mamlakatlar anʼanalari bilan chogʻishtirmasidan iborat boʻlgan. Forslarning oʻzi saltanatda mumtoz mavqega ega edilar. Ular soliqlar va majburiy ishlardan ozod etilganlar. Fors zodagonlari eng muhim harbiy va fuqarolik lavozimlarini egallashgan. Fors shohlari, ularning qon-qarindoshlari, satraplar va amaldorlar Eron, Kichik Osiyo, Bobil, Misr va boshqa mamlakatlarda qullar mehnatiga asoslangan katta xoʻjaliklarga ega boʻlishgan. Axomaniylar davlati barqaror iqtisodiy asosga ega boʻlmagani tufayli beqaror harbiy-maʼmuriy birlashma edi, u faqatgina qurol kuchi yordami bilangina turli xalqlarni davlat tarkibida tutib turishga asoslangandi. Axomaniylarning harbiy qudrati zaiflashishi bilan ularning davlati parchalanib keta boshlagan. Misr, Bobil, Midiya, Kichik Osiyo va boshqa mamlakatlarda koʻplab qoʻzgʻolonlar koʻtarilgan (mas, 522 yilda Midiyada Gaumata qoʻzgʻoloni va Margʻiyonadagi qoʻzgʻolon, 500 — 493 yillarda kichik osiyolik yunonlar qoʻzgʻoloni, 405 yil Misrdagi qoʻzgʻolon). Miloddan avvalgi 5-asr oxiridan boshlab satraplar muntazam suratda oʻzaro urush olib borganlar, baʼzan esa hatto podshohning oʻziga ham qarshi qurol koʻtarganlar. 500 — 449 yillardagi yunon-fors urushlari davridayoq fors qoʻshinining jangovarlik qobiliyati anchagina yoʻqotilgan. Miloddan avvalgi 330 yil Aleksandr Makedonskiy qoʻshini zarbalari ostida Axomaniylar davlati qulagan. Turon xalqlarining Axomaniylar davlatiga qarshi olib borgan kurashlari haqida: qarang Toʻmaris, Shiroq, Margʻiyona qoʻzgʻoloni. 10 Diniy madaniyatlardagi yutuqlar va ularning jahon madaniyatidagi o‘rni Download 222.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling