Ibtidoiy diniy qarashlar. Din - ijtimioy ong shakllaridan biri bo’lib, u damlarning - Ibtidoiy diniy qarashlar. Din - ijtimioy ong shakllaridan biri bo’lib, u damlarning
- g’ayri tabiiy kuchlar mavjudligiga ishonishlari bilal bog’liq bo’lgan munosabatlariii, ularning ish-xarakatlari va qarashlar sistemasini aks ettiradi. Din juda qadimgi zamonda odamlarning o’z tabiati va tashqi tabiat haqidagi noaniq va mujmal, sodda tasavvurlaridan, tabiat bilan kurashda ularning iqtisodiy rivojlanish darajasining pastligi bilan bog’liq bo’lgan zaifligi - kuchsizligidan kelib chiqqan. Modidy hayot sharoitlari, ya’ni dinniy sotsial ildizlari ta’siri ostidagina inson ongida noto’g’ri dunyoqarash vujudga kelishi mumkin bo’lgan. SHuningdek, dinning pado bo’lishi uchun odamlarning tabiat tashqi kuchlari oldidagi ojizligi ularning ongida aks etishi yoki o’z tushunchasida o’zgarishi zarur bo’lgan. Demak, inson ongi o’sib, endi unda o’z kundalik hayotida uchraydigan tabiat hodisalarining sabablarini izohlashga urinishlar paydo bo’lgan vaqtdagina dinning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan. Abstrakt tafakkur paydo bo’lishi natijasidagina ana shu darajaga erishish imkoniyati tug’ilgan. Din - sotsial-iqtisodiy munosabatlar yuzaga keltirgan ideologik ust kurma bo’lib, u tasavvurlar va urf-odatlar (ibodatlar)dan iborat. Tasavvurlar (dastlab mifologiya - afsonalar, keyin aqidalar) va urf-odatlar (diniy sehrgarlik amallari) diniy sistemani tashkil qiladi. Lekin har qanday afsona va fantaziya diniy bo’lavermaydi. Diniy afsonalar va fantaziyada g’ayri tabiiy mu’jizaviy kuchlarning real mavjudligiga ishonch bor. Dinda g’ayri tabiiy mu’jizaviy narsalar haqidagi tasavvurlar ibodat-e’tiqod bilan bog’liqdir. Ibtidoiy din shakllaridan biri totemizm - odamlar gruppalarining biror hayvon, baliq yoki o’simlik turi bilan, ya’ni muayyan bir gruppaning "totemi" hisoblanadigan va shu nom bilan yuritiladigan gruppaning o’z totemi bilan g’ayri tabiiy qarindoshlik aloqasiga ishonishdir.
Ovchilik o’sha davrdagi odamlarning mashg’uloti bo’lgan, shu sababli urug’lar ko’pincha hayvonlarning nomlari bilan ataladi. Totem hayvonni tanlash ma’lum joyda u yoki bu xildagi evvoyi hayvonning serobligi kabi moddiy sabablarga asoslangan. Masalan, Avstraliyada o’z territoriyasida kenguru ko’p bo’lgan gruppalari kenguri odamlari deb atalgan, vaholanki ularning qo’shnilari territoriyasida bu hayvon bo’lmagan. Totem hayvon hurmat qilingan (qadrlangan). Totemizmning ilk bosqichida totemni o’ldirish va uning go’shtini eyish man etilgan. Muqaddas hayvon faqat urf-odat marosimlari vaqtidagina o’ldirilgan va go’shti eyilgan. SHu tariqa taqiq vujudga kelib, diniy qatag’onlar sistemasiga aylana borgan, bunday qatag’onlar hozirgi zamon dinlarda hanuzgacha saqlanib qolgan. Masalan, xristianlikda ro’za kunlari go’sht-sutli ovqat eyish mumkin emas. Keyinchalik totem-hayvonning ayrim organlari yuragi, jigari va shu kabilarnigina eyish taqiqlanadigan bo’ladi. Taqiq urug’ jamoasining xo’jalik, sotsial va madaniy hayotini reglamentga solgan (muayyan tartib va qonunqoidalarga buysundirgan). Taqiq burch va huquqni ifodalovchi bir forma bo’lgan. - Ovchilik o’sha davrdagi odamlarning mashg’uloti bo’lgan, shu sababli urug’lar ko’pincha hayvonlarning nomlari bilan ataladi. Totem hayvonni tanlash ma’lum joyda u yoki bu xildagi evvoyi hayvonning serobligi kabi moddiy sabablarga asoslangan. Masalan, Avstraliyada o’z territoriyasida kenguru ko’p bo’lgan gruppalari kenguri odamlari deb atalgan, vaholanki ularning qo’shnilari territoriyasida bu hayvon bo’lmagan. Totem hayvon hurmat qilingan (qadrlangan). Totemizmning ilk bosqichida totemni o’ldirish va uning go’shtini eyish man etilgan. Muqaddas hayvon faqat urf-odat marosimlari vaqtidagina o’ldirilgan va go’shti eyilgan. SHu tariqa taqiq vujudga kelib, diniy qatag’onlar sistemasiga aylana borgan, bunday qatag’onlar hozirgi zamon dinlarda hanuzgacha saqlanib qolgan. Masalan, xristianlikda ro’za kunlari go’sht-sutli ovqat eyish mumkin emas. Keyinchalik totem-hayvonning ayrim organlari yuragi, jigari va shu kabilarnigina eyish taqiqlanadigan bo’ladi. Taqiq urug’ jamoasining xo’jalik, sotsial va madaniy hayotini reglamentga solgan (muayyan tartib va qonunqoidalarga buysundirgan). Taqiq burch va huquqni ifodalovchi bir forma bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |