Ibtidoiy jamoa davri tarixining manbashunosligi va tarixshunosligi
Download 145 Kb.
|
IBTIDOIY JAMOA DAVRI TARIXINING MANBASHUNOSLIGI VA TARIXSHUNOSLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arxeobotanika
- Lingvistika
Arxeozoologiya – eng qadimgi hayvonlar qazilma qoldiqlarini o’rganadi. Yovvoyi hayvonlar, qushlar, baliq va umurtqasizlarning suyak qoldiqlari, ovchilik, baliqchilik va termachilikning xususiyatini rekonstruksiya qilish uchun muhim o`rin tutadi. Xonaki hayvonlarning suyak qoldiqlari, hayvonlarni xonakilashtirish va qadimgi chorvachilikning shakllanishi muammosini tadqiq qilishda yagona, bevosita manba hisoblanadi. Podaning zot tarkibini aniqlash, iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash, ishlab-chiqarish jarayoni xususiyatlari va hatto, ovqat tarkibini aniqlashga yordam beradi. Arxeozoologiya bunda arxeologik ishning boshqa jihatlari bilan qo`shiladi va uning rekonstruksiya imkoniyatlarini kengaytiradi.
Arxeobotanika – bu yo`nalish qadimgi flora dunyosining o`simlik qoldiqlari, don urug`lari, yovvoyi va madaniy o`simliklarning gul changlarini qazilma topilmalarini o`rganadigan yo`nalish. Hozirgi mavjud floraning o`tmish asoslarini tadqiq qilish retrospektiv amalga oshiriladi. Arxeobotanika ashyolar arxeologiya, ibtidoiy jamoa tarixini absolyut vaqt hisobi vositasi bilan ta`minlaydi, uning yordami bilan belgilanadigan vaqt bir yilgacha aniq belgilab beradi. Lingvistika – insoniyatning yuqori paleolit va neolit davri tillari to`g`risida hech qanday ma`lumotlar yo`q. Faqat jez davrida turli hududlardagi tillarning holati to`g`risida birinchi to`g`ridan-to`g`ri va bilvosita ma`lumotlarni olamiz. Lingvistlar til genezisi va til voqeligiga yuqoridan yondashadilar va tilni qavat-qavat rekonstruksiya qilib, tilning ilk nuqtasigacha chuqur tadqiq qiladilar. Ularning rekonstruksiyasi neolit yoki yuqori paleolit davrigacha yetib boradi. Ibtidoiy jamoa tarixining ilk davri uchun til axboroti mavjud emas, faqat bu yerda gipoteza bor xolos. Yozuvning paydo bo`lishi. Alohida tillar va ularning oilalarini ilk holatlarining lingvistik rekonstruksiyasi yozma yodgorliklar bilan nazorat qilinadi va daliliy tus oladi. Lingvistika jez davridan tadqiqotni boshlab, til taraqqiyotining ichki qonunlarini har bir til oilasining fonetik mosligini bilishga tayanib, alohida tillar va ularning genetik shoxlanishini qayta tiklash, ko`pgina til oilalari uchun til arafasi va til arafasi dialektlarini rekonstruksiya qilish va har bir til oilasining boshqa tillar bilan tashqi aloqalarini o`rnatish bo`yicha ulkan ishlarni amalga oshirdi. Ba`zi til oilalarining ilk vatani muammosi yechimi bo`yicha qator ishlar amalga oshirilgan. Toponomika ham bu yerda muhim o`rin egallaydi, u yoki bu arxeologik madaniyatlarning egalari tili qaysi guruhga mansubligi to`g`risida munozaralar olib boriladi. Etnologlar o`z kuzatishlarida til oilalari va alohida tillarning tashqi aloqalariga jiddiy e`tibor beradilar. Bu aloqalar etnik tarixning voqealarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Download 145 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling