Ichb fakulteti


Download 312.5 Kb.
bet1/13
Sana29.12.2022
Hajmi312.5 Kb.
#1071940
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ЖИ ва ХИМ 4 курс сиртқи 2 мутахассислик


O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI FARGONA POLITEXNIKA INSTITUTI
ICHB FAKULTETI

Ro‘yxatga olindi:

T A S D I Q L A Y M A N”

№__________________
«____» avgust 2022 y.

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
______________ J.X.Kambarov
«___» avgust 2022 y.


«Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fanining


I SH CH I O‘ Q U V D A S T U R I





Bilim sohasi:

200000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq

Ta’lim sohasi:

230000 – Iqtisod

Ta’lim yo‘nalishi:

5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha)




Mashg‘ulot turi

“Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi uchun (sirtqi )

7-semestr

Ma’ruza

16

Amaliy mashg’ulotlar

14

Mustaqil ta’lim

84

Umumiy o‘quv soati

114

F a r g‘ o n a - 2 0 2 2
Ushbu ishchi o‘quv dasturi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. Fan dasturi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasida ishlab chiqilgan.


Tuzuvchi: i.f.n., dots. Yunusov A.R.


Taqrizchi: i.f.n., dots. K.I. Kurpayanidi
Fanning ishchi o‘quv dasturi «Iqtisodiyot» kafedrasining 2022 yil 26-avgustdagi 1-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri: DSc, dots. E.A.Muminova
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti Kengashida muhokama etilgan va institut Kengashiga tavsiya qilingan. 2022 yil __-avgustdagi _-sonli bayonnomasi.


Fakultet Kengash raisi: O.T.Nurmatov


KELISHILDI:


O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i: Sh.Sh.Xamdamova

Institutning 2022 yil __-avgustdagi _-son Kengashida muhokama qilingan va tasdiqlangan.


I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlariga ko‘ra “Iqtisod” ta’lim sohasida o‘qitiladigan “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fani dasturi: jahon xo‘jaligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro savdo, xalqaro mehnat migratsiyasi, kapitalning xalqaro xarakati, transmilliy korporatsiyalar, erkin iqtisodiy hududlar, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti, xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari, xalqaro iqtisodiy integratsiya, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon hamjamiyati bilan olib borayotgan iqtisodiy munosabatlarini o‘z ichiga olgan bilimlardan tashkil topgan.
Ushbu vazifalarning keng tahlili hamda ularni yanada chuqurroq hal etish borasida Prezidentimiz SH.Mirziyoyevning shu 2020 yilning 29 dekabrida Parlamentga Murojaatnomasi1 bo‘lib o‘tdi. Unda Asosiy vazifalar sifatida – makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, inflyatsiyani jilovlash, tarmoqlarni monopoliyadan chiqarish, davlat tomonidan narхlar belgilanishini tartibga solishni bekor qilish va «yashirin iqtisodiyot»ga barham berish, byudjet mablagʻlarining maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan nazorat yanada kuchaytirish, chet eldan olingan qarzlarni qaytarish imkoniyati va ularning natijadorligiga jiddiy e’tibor qaratilishi qayd etildi.
Ushbu vazifalarning keng tahlili hamda ularni yanada chuqurroq hal etish borasida Prezidentimiz SH.Mirziyoyev shu 2020 yilning 29 dekabrida Parlamentga Murojaatnoma yo‘lladi. Unda “bojxona hududida qayta ishlash rejimi”da sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, yangi eksport bozorlariga chiqish, “GSP+” tizimi doirasidagi imtiyozlarni mamlakatimizda samarali qo‘llash uchun alohida dastur ishlab chiqish, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lgan davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish me’yorlarini ularning talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish kabi qator vazifa va yo‘nalishlar belgilangan bo‘lib, ushbu fanni o‘rganish jarayonida bu kabi masalalarga alohida urg‘u beriladi.

Download 312.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling