Ichb fakulteti
II. “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Download 312.5 Kb.
|
ЖИ ва ХИМ 4 курс сиртқи 2 мутахассислик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan bo ‘yicha talabalarning malakasiga qo‘yiladigan talablar
II. “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
“Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” ixtisoslik fani bo‘lib, V semestrda o‘tiladi. Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarni jahonning yetakchi mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari va tendensiyalari bilan tanishtirish, xalqaro mehnat taqsimotining asoslari, xalqaro savdo, jahon ishchi kuchi, kapital bozoridagi o’zgarishlar, jahon iqtisodiyotidagi integratsiya jarayonlarining tendensiyalari bu jarayonlarda O‘zbekiston Respublikasining ishtiroki masalalarini tahlil qilish, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotini taqqoslash kabilar hisoblanadi. Fanning vazifasi – jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asoslari va unda ro‘y berayotgan jarayonlar bilan tanishtirishdan iborat. Fan bo‘yicha talabalarning malakasiga qo‘yiladigan talablar «Jahon iqtisodiyoti va XIM» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - talaba jahon xo‘jaligini tavsiflovchi iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va umumlashtirish xususiyatlarini; ma’lumotlar yig‘ishni tashkillashtirish va ularning aniqligi va sifatini baholash, kuzatishlar natijasida olingan ma’lumotlarni tizimlash va qayta ishlashni; ma’lumotlarni qayta ishlash natijalarini umumlashtirish va tahlil qilishni, ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarish jarayonlarini modellashtirish va dasturlashni bilishi; - talaba jahon iqtisodiyoti va XIMda zamonaviy tamoyillari, nazariy asoslarini hayotga tadbiq etish; chet mamlakatlarning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tadqiq qila olish; tashqi savdo shartnomalarini tuzish, texnika va texnologiyalar ayirboshlash bo‘yicha bitimlar imzolash; xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida hamkorlikning eng ratsional uslub va ko‘rinishlarini aniqlay olish; iqtisodiy o‘sish va rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish yuzasidan ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. - talaba jahon xo‘jaligining mohiyati va jahon iqtisodiyoti rivojlanishining tamoyillari; xalqaro iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy tamoyillari va xususiyatlari; bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari; iqtisodiy tizimlar turlari va modellari; jahon xo‘jaligining global muammolari; jahon xo‘jaligining tarmoq tuzilmasi; xalqaro iqtisodiy integratsiya; qo‘shma korxonalarni tashkil etish va boshqarish malakalariga ega bo‘lishi kerak. Download 312.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling