Fanni o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
Talabalarning ushbu dasturni amalga oshirish uchun o‘quv rejada rejalashtirilgan matematik (oliy matematika), umumkasbiy (Iqtisodiyot nazariyasi, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, bojxona ishi) fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi va u “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanini o‘rganishga asos bo‘lib xizmat qiladi hamda kelgusida ushbu yo‘nalish bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishga zamin yaratadi.
Fanning ishlab chiqarish sohasidagi o‘rni
Fandan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabalar tashqi iqtisodiy faoliyatda borayotgan jarayonlarni, jarayonlarning iqtisodiy-siyosiy asoslarini, davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, iqtisodiy rivojlanishning jahon tajribasini o‘rganish va tahlil qilish imkoniyatlariga ega bo‘ladi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarini tadbiq etish muxim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi.
Dastur mavzularini o‘zlashtirish darajasini oshirishda ma’ruzalarni interfaol usullarda, munozaralar asosida, talabalarning erkin fikrlashini ta’minlash asosida, kelgusi ma’ruza mavzulari asosida internet ma’lumotlari aniqlash vazifalari va ularni talabalar orasida tahlil etib borish orqali ma’ruza mashg‘ulotlarini keng tarzda amalga oshiriladi.
“Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy kontseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |