«Ichki auditni tashkil etish va o’tkazish» Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar Ichki nazoratning turlari


Ichki nazorat uslubiyatining qabul qila olinadigan darajaligi


Download 36.2 Kb.
bet3/7
Sana13.09.2023
Hajmi36.2 Kb.
#1676622
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
«Ichki auditni tashkil etish va o’tkazish»-fayllar.org

Ichki nazorat uslubiyatining qabul qila olinadigan darajaligi (qo’llanish mumkinligi). Tekshiruv maqsadi, vazifasi va oqilona bo’lishi lozim. Nazorat funktsiyasining taqsimlanishi, ichki nazorat tizimi va qo’llaniladigan metodlar maqsadga muvofiq bo’lishi kerak.



  • Ustuvorlik. Oddiy (joriy ravishda amalga oshiriladigan) katta axamiyatga ega bo’lmagan muomalalar (masalan, miqdori mahalliy nizomlar bilan tasdiqlanganmaydigan xarajatlar) ustidan mutlaq nazoratni o’rnatish maqsadga muvofiq emas va u faqatgina eng muxim bo’lmagan masalalardan kuchni chalg’itishga olib keladi. Strategik axamiyatga ega bo’lgan soxalarda esa, garchand ushbu soxa “xarajatlar-natija” tamoyili bo’yicha o’lchanishi juda qiyin bo’lsada, bu soxa ustidan nazorat o’rnatilishi lozim deb hisoblanadi.



  • Optimal markazlashtirish (tashkily tuzilmaning adekvatligi, mos kelishi). Ichki nazorat doimiy harakatda bo’lishi, barqarorlik, uzluksizlik talablari asosida tashkil etilishi bu korxona tarkibiy tuzilishini optimal darajada tashkil etilganligini hamda ichki nazorat tizimi korxonaning hajmi va murakkablik darajasiga javob berishi lozim. Har bir tizimda o’ziga xos kamchiliklar mavjud. Masalan, ma’lumotning sekin harakati, qarorning kech qabul qilinishi yoki yuqori va quyi o’rindagilarning e’tiborining bir biriga mos kelmasligi. Har bir variantning kuchli va kuchsiz tomonlarini baholash lozim.



  • Yagonalashgan javobgarlik. Har bir nazorat faqatgina bitta javobgarlik markazi uchun biriktirilishi lozim. Ma’suliyatsizlikdan kechish maqsadida aloxida bir funktsiyani ikkita yoki bir nechta javobgarlik markazlariga biriktirib qo’ymaslik kerak. Ammo bir nechta nazorat qilish funktsiyalarini bitta javobgarlik markaziga biriktirib qo’shimcha ruxsat etiladi.



    Misol

    Bosh buxgalterning alohida nazorat funktsiyasi bo’lib amalga oshirilgan xo’jalik muomalalari O’zbekiston Respublika qonunchiligi talablariga mos kelishini nazorat qilish hisoblanadi. Bosh buxgalter qonunchilik xolatlari buzilishi to’g’risidagi ma’lumotlarni raxbariyatga yetkazmaganligi uchun javogarlikka tortilishi lozim. Ichki auditorning nazorat funktsiyasi esa bunday hollarda, buxgalter tomonidan o’z nazorat funktsiyalarining sifatli bajarilishi ustidan tekshirishlarni amalga oshirib borish hisoblanadi. Auditor aks ettirilgan xo’jalik muomalarini baholaydi, biroq u buxgalteriya hisobida qonun buzilishini aniqlamaganligi uchun javobgarlikka tortilishi mumkun.





    1. Download 36.2 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling