Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Xizmat jamoasi boshliqlarining vazifalari va odob-axloq


Download 0.5 Mb.
bet108/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Xizmat jamoasi boshliqlarining vazifalari va odob-axloq qoidalari. Ichki ishlar idoralari xizmat jamoalarining boshlig‘i o‘ziga ishonib topshirilgan bo‘linma, bo‘lim va boshqarmalar, o‘quv yurtlarining jinoyatchilikning oldini olish, jinoyatlarni ochish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi kundalik faoliyati, shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy holati, ichki tartib va intizomni saqlash, texnik, moddiy, tibbiy, moliyaviy, ijtimoiy va maishiy ta’minot uchun mas’ul shaxs hisoblanadi.
Har qanday katta yoki kichik xizmat jamoasining boshlig‘i quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

  • tashkilotchilik;

  • siyosiy, ma’naviy, ma’rifiy tarbiya;

  • kasbiy pedagogika;

  • malaka oshirishni ta’minlash;

  • ma’muriy-xo‘jalik;

  • kundalik xizmatga rahbarlik.

Hozirgi kunda xizmat jamoalarining boshliqlari O‘zbekiston xalqi, Prezidenti, hukumati va mustaqillik g‘oyalariga sodiq bo‘lgan, olib borilayotgan ichki va tashqi siyosat yo‘nalishlarini teran tushunadigan, jinoyatchilikning oldini olish, jinoyatlarni ochish va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan, har qanday axloqiy yomonlik va qonunbuzarlikka qarshi murosasiz kurashuvchi, sodiq, qo‘rqmas, hushyor, ziyrak, dunyoqarashi keng, sobitqadam, tunu kun xalq xizmatidan charchamaydigan, qo‘l ostidagilariga nisbatan talabchan, ayni vaqtda mehribon, to‘g‘riso‘z, namunali xulqqa va aholi o‘rtasida nufuzga ega bo‘lgan, o‘z kasbini




1Qarang: Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучларининг умумҳарбий низомлари. Ички хизмат низоми. – Т .: Ўзбекистон, 1996. – Б.17-18.
ardoqlaydigan, har tomonlama sog‘lom kishi bo‘lishi kerak. Ana shunday axloqiy fazilatlarga ega rahbarga jamoa ergashadi.
Rahbar, ushbu umumiy talablardan tashqari, axloqiy qoidalarga ham rioya etishi lozim.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling