Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
3-§. XIZMAT JAMOALARIDAGI AN’ANA, URF-ODAT, MAROSIM VA BAYRAMLARNI O‘TKAZISHNING AXLOQIY VA ESTETIK ASOSLARI
Ichki ishlar idoralari xodimlari xizmat jamoalarining ham, boshqa mehnat jamoalarida bo‘lgani kabi, o‘ziga xos an’ana, urf-odat, marosim va kasb bayramlari mavjud. «An’ana» arab tilidan kirib kelgan so‘z bo‘lib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga, otalardan bolalarga o‘tib davom etib kelayotgan urf- odat, qarash kabilarni bildiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi kunini yoki ichki ishlar idoralari tashkil topgan kunni, xizmat jamoasi tashkil topgan kunni, «Navro‘z» xalq bayramlarini 1 Ўзбекистон Республикаси ички ишлар идоралари ходимларининг касб маданияти... – Б. 10. nishonlash an’analar hisoblanadi. Ichki ishlar idoralari xodimlari xizmat jamoalarining an’analarideb xodimlarning ongida, hayotida, xizmat faoliyatida o‘z o‘rnini topgan, avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadigan, takrorlanadigan, jamoa tomonidan qabul qilingan axloqiy norma va prinsiplar yig‘indisiga aytiladi. Urf-odat deb ichki ishlar idoralari xodimlarining turmushiga singib ketgan, xizmat jamoasi a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, xulq-atvor ko‘nikmalarining majmuiga aytiladi. Urf-odatlar udumlar va rasm-rusumlardan tashkil topadi. Masalan, kichiklarning kattalarga salom berishi, bayram arafasida bemorlar, beva- bechoralar, qariyalarni yo‘qlash yoki marhumlarning xotirasini yod etish azaliy urf-odat hisoblanadi. Marosimlar an’ananing badiiylashgan, ramziy belgilar, obrazlar, musiqa, qo‘shiq, publitsistik va badiiy so‘z vositasida anglashiladigan muayyan g‘oyalar, axloqiy normalar shaklidagi ko‘rinishidir. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, marosim an’ananing tantanali badiiylashgan qismi bo‘lib, ommaviy harakatlar yig‘indisidir. Marosimlarga, masalan, nikoh guvohnomasini topshirish, festival va sport musobaqalarining ochilishi, qasamyod qilish tadbiri kabilar kiradi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling