Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
Muzokaralar asosan aholining agressiv kayfiyatdagi Qismi, terrorchilar, jinoyatchi unsurlar va boshqa sabablarga ko‘ra norozilik
1 Konflikt – qarama-qarshi tomonlar, fikr, kuch va sh.k.ning to‘qnashuvi; jiddiy kelishmovchilik, keskin nizo. Krizis – birdan, to‘satdan yuz bergan o‘zgarish, tang va mushkul ahvol; tanglik. Stress – kuchli tashqi ta’sirotlar natijasida sodir bo‘ladigan o‘ta hayajonli bezovtalik, asabiylik holati. Frustratsiya – ilojsizlik, chorasizlik va umidsizlik hissining paydo bo‘lishi. chiqishlari qilayotgan to‘dalar, olomonning yetakchilari bilan olib boriladi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad – fuqarolarning xavfsizligini tinch yo‘l bilan ta’minlash, yechilmayotgan masalalarni esa o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal etishdan iborat. Shuning uchun ham muzokaralarni tashkil etish va olib borish – ichki ishlar idoralari xodimlari uchun eng qiyin axloqiy- ruhiy faoliyat turlaridan hisoblanadi. Muzokara olib boruvchi vakil quyidagi axloqiy norma talablarini og‘ishmay bajarishi kerak: o‘zini mardonavor tutishi; qat’iy ohangda gapirishi; fikrini aniq, dona-dona qilib ifodalashi; keskin harakatlar qilmasligi, o‘zining keyingi harakati haqida ogohlantirishi; muzokaraga kelgan vakilning nuqtai nazarini qabul qilishi, ammo ta’siriga tushib qolmasligi; muzokarachining xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatib borishi, unga orqa bilan o‘girilmasligi; ko‘zlar to‘qnash kelganida unga tik qarab, o‘zini bosiq tutishi va sh.k. Ichki ishlar idoralari xodimi ekstremal sharoitlarda, ya’ni tabiiy ofatlar keltirib chiqargan vayronalar yoki garov sifatida tutqunlikda ushlab turilgan begunoh odamlar bilan bevosita yoki bilvosita muloqotga kirishganida, suhbatlashganida quyidagi axloqiy qoidalarga amal qilishi kerak: birinchidan, muloqotga kirishgan xodimning so‘zida mehribonlik ohanglari, qutqarib olish, hayotini saqlab qolishga kuchli intilishi sezilib turishi; ikkinchidan, jabrdiydalarning tortayotgan azob-uqubatlarini his etayotganligini, qutqarib olingach hech nima ko‘rmagandek soppa-sog‘ bo‘lib ketishini, butun qalbi bilan ularga hamdard ekanligini bildirish; uchinchidan, qutqarilganlar bilan suhbat chog‘ida o‘zining professional hayotida bunday voqealarning ko‘pini ko‘rganligini va aksariyat jabr chekkan odamlarning yana hayotga qaytib, baxtli turmush kechirayotganliklarini misollar orqali ifodalab, ularning ko‘nglini ko‘tarish. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling