Ekstremal sharoitlardagi muloqotning axloqiy-ruhiy jihatlari. Ichki ishlar idoralari xodimlarining ekstremal sharoitlarda o‘zaro va aholi bilan bo‘ladigan axloqiy-ruhiy muloqotlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining ekstremal sharoitlarda o‘zaro va aholi bilan bo‘ladigan axloqiy-ruhiy muloqotlarini jadval orqali quyidagicha ifodalash mumkin.
Normal sharoitda
|
Ekstremal sharoitda
|
Boshqarish uslubi bo‘yicha
|
demokratik
|
avtoritar
|
Munosabatlar o‘rnatish uslubi bo‘yicha
|
Ko‘p qatli (yoqtirish va yoqtirmaslik, yaxshi ko‘rish va yomon ko‘rish, boshqarish va bo‘ysunish, sh.k.)
|
Ikki darajali (rasmiy yoki do‘stona, norasmiy)
|
Aloqalar o‘rnatish nisbati bo‘yicha
|
guruhlararo va guruh ichidagi munosabat (3-4 ta norasmiy guruhlar mavjud bo‘lganida)
|
yetakchisi markazda bo‘lgan aylana (g‘ildirak) shaklidagi munosabat
|
Guruhning axloqi bo‘yicha
|
barcha turdagi nozik, qaltis ko‘rinishlari, yondashuvlari
|
«oqlar» va «qoralar», «o‘zinikilar – begonalar»ga tus bermasdan, keskin ajratish
|
Sanksiya berish bo‘yicha
|
Guruh yetakchisining odamlarga nisbatan o‘rnatiyotgan munosabat usullariga qarab: siypalash, rag‘batlantirish, ta’sir o‘tkazish, jazolash
|
guruhning hayot-mamotini hal qiladigan qattiq sanksiya chorasini qo‘llash
|
Ekstremal sharoitda ichki ishlar idoralari xodimlarining aholi bilan axloqiy-ruhiy jihatdan muloqotga kirishishlarida ko‘pchillikning konflikt, krizis, stress va frustratsiya1 holatlarida ekanligini hisobga olish zarur.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining ekstremal sharoitlarda aholi bilan bo‘ladigan muloqotlarining asosiy shakllaridan birini ular bilan olib boriladigan muzokaralar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |