Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
Kengash va unga tayyorgarlik ko‘rish tartibi. Ichki ishlar idoralarining rahbar xodimlari uchun shaxsiy tarkib bilan O‘zbekiston Prezidentining topshiriqlarini, Oliy Majlis qarorlarini, ichki ishlar vazirining buyruqlarini o‘z vaqtida sifatli bajarish, mavjud vaziyat va hayot talablaridan kelib chiqqan holda kundalik masalalarni hal etish yuzasidan yakkaboshchilik tamoyillariga rioya qilgan holda muntazam ravishda kengash o‘tkazib turish zarurat hisoblanadi.
Shaxsiy tarkib bilan kengash o‘tkazishga tayyorlanayotgan rahbar quyidagilarni bilishi shart: kengash imkoni boricha qisqa bo‘lishi kerak: uning cho‘zilib ketishi kengashda qatnashayotganlarda ko‘rilayotgan masalaga, aytilayotgan axborot, ma’lumotlarga qiziqishning yo‘qolib, odamlar ensasining qotishiga olib keladi; kengashga hammani emas, faqat ko‘rilayotgan masalalar ijrosini ta’minlashga daxldor xodimlarni chaqirish zarur; kengash haqiqatan ham juda zarur bo‘lgan taqdirda o‘tkazilishi kerak. Kerak yoki kerak emas vaqtda tez-tez kengash o‘tkazish kutilgan natijani bermaydi. Bunday holatning mavjudligi esa rahbarning aqliy salohiyati kamligidan yoki ma’muriy jihatdan qo‘rqoqligidan, shuningdek xodimlarning qimmatli vaqtini behuda o‘g‘irlayotganidan darak beradi. Har qanday kengash oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi. Har tomonlama tayyorlangan kengash ishtirokchida ma’naviy- axloqiy jihatdan qoniqish hosil qilib, yangi vazifalarni bajarishga ruhiy kuch bag‘ishlaydi. Ichki ishlar idoralarining rahbar xodimlari shaxsiy tarkib bilan kengash o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda: kengashning maqsadini aniqlash; kengashda ko‘riladigan masalaning mavzusini tanlash; kun tartibini belgilash; kengashni o‘tkazish vaqti va joyini belgilash; kengash ishtirokchilarining ro‘yxatini tuzish; asosiy ma’ruzachini tayinlash; kengash reglamentini belgilash; materiallarni tayyorlash; texnikaviy ta’minotni amalga oshirish kabi ishlarni bajarishlari lozim. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling