Ichki ishlar idoralari xodimlarining
§. JINOYATCHILAR DUNYOSINING G‘AYRIESTETIK
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
§. JINOYATCHILAR DUNYOSINING G‘AYRIESTETIK MADANIYATI HAMDA UNING UMUMINSONIY AXLOQ VA NAFOSATGA ZID MAZMUNI
Professional jinoyatchilarning quyidagi to‘rt asosiy belgisi mavjud: jinoyatchilik bilan shug‘ullanishdagi barqarorlik, ya’ni biron-bir jinoyat turini sodir etishga ixtisoslashganlik; ma’lum ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish; jinoyat orqali mol-mulk topish hayotining asosini tashkil etishi; jamiyatdagi tartibga xilof tarzda hayot kechiruvchilar bilan aloqada bo‘lish. Jinoyatchilar dunyosi jamiyatning illati bo‘lib, undan ajralgan holda ish ko‘radi. Shuning uchun ham jinoyatchilar boshqalar bilmasligi yoki tushunmasligi uchun, o‘zlarining tilini, har xil laqablarini, belgilarini ishlab chiqqanlar. Bu til (jargon), laqab, belgi (tatuirovka)lar orqali ular sirli muloqotda bo‘ladilar. Ana shu sirni bilish va natijada ular sodir etmoqchi bo‘layotgan jinoyatlarning oldini olish va ularni fosh qilish ichki ishlar idoralari xodimlarining vazifalaridan biridir. Jinoyatchilar dunyosi jinoyatchilardan kishilar orasida va ijtimoiy hayotning illatlari bo‘lgan boshqa qatlamlar bilan muloqot qilishda muomala qilish elementlarini: a) maxsus til, ya’ni jargonlarni; b) jinoyatchilarning belgilari – tatuirovkalarni; v) jinoyatchilarning laqablarini yaxshi bilishlarini talab qiladi. Jinoyatchilar dunyosi «g‘ayriestetik madaniyati»ning asosiy elementlaridan birini ularning nutq madaniyatiga kiruvchi tili – jargonlari1 tashkil etadi. Jinoyatchilar dunyosida amal qiluvchi jargonlarni uch guruhga ajratish mumkin: oddiy huquqbuzarlardan tortib, professional jinoyatchilargacha hamma foydalanadigan eng umumiy jargonlar; 1 Jargon deb biron bir ijtimoiy yoki professional guruhga xos, faqat ularning o‘zi tushunadigan, adabiy tildan farq qiladigan so‘z va aboralarga aytiladi. ozodlikdan mahrum etilganlar qamoqxonalarda ishlatadigan jargonlar; professional jinoyatchilar ishlatadigan maxsus jargonlar. Jinoyatchilar dunyosining jargonlari ikki xil vazifani: birinchidan, jinoyatchilarning so‘zlarini oddiy fuqarolar tushunmasligi uchun maxfiylashtirish; ikkinchidan, jargoniga qarab jinoyatchining qaysi toifaga kirishi va jinoyatchilar dunyosida qanday o‘rin tutishini aniqlash, bilish vazifasini bajaradi. Jinoyatchilar o‘zlarining tilini san’at bilan qiyoslab, ularga estetik tus beradilar, ya’ni «musiqa sadolari ostida qadam tashlaydi» («по музыке ходит») deb o‘zlarining til hunarlarini maqtaydilar. Hozirgi kunda jinoyatchilarning lug‘aviy boyligi 10 ming so‘zdan ortiq bo‘lgan har xil jargonlari mavjud. Shulardan ba’zilarini keltiramiz: masalan, polyak tilidan kirib kelgan jargonlarga капать – yetkazib borish, chaqish; мент – militsioner, turma nazoratchisi; ukrain tilidan kirib kelgan jargonalarga хавать – yemoq, хомка – pichoq; lo‘lilar tilidan kirib kelgan jargonlarga чувиха – suyuq oyoq; turk tilidan kirib kelgan jargonlarga yamaniy – yomon, кича – turma; nemis tilidan kirib kelgan jargonlarga гутен морген – ertalabki o‘g‘rilik; fransuz tilidan kirib kelgan шпана – mayda o‘g‘rilar kabi so‘zlar kiradi. Shuningdek, hozirgi kunda muomalada bo‘lgan ba’zi jargonlarni ham keltiramiz. Masalan, айва – qoch, алкаш – aroqxo‘r, амба – tamom, ампула – shisha idish, балда – nasha, бан – bozor, баруха – xotin, бугор – brigadir, время – pul, зажигалка – to‘poncha va boshqalar1. Jinoyatchilar dunyosi «g‘ayriestetik madaniyati»ning element- laridan yana biri bu jinoyatchilarning badanlariga chizilgan yoki kuydirib yozilgan har xil mazmundagi belgilar – tatuirovkalar hisoblanadi. Tatuirovkalar quyidagi vazifalarni bajaradi. Jinoyatchilarning qaysi tabaqaga mansub ekanligini bildiradi. Masalan, badanga chizib ishlangan «xoch» (krest) – kissavurni, «gladiator» – bezorini, «o‘rgimchak inidagi o‘rgimchak» – giyohvandni bildiradi va h.k. Jinoyatchining axloqiy qarashlari, qasos olishga intilishi, ayollarga munosabati, qamoqdan qochishga intilishi va boshqalarni ifodalaydi. Masalan, yo‘lbars boshining tasviri – tajovuzkor jinoyatchini, «pogonga sanchilgan pichoq» – huquqni muhofaza qiluvchi organ odamlaridan o‘ch 1 Qarang: Империя Страха. – М.: Зеленьй парус, 1992. – С. 146-148. olishga qasd qilganligini, «qurollangan echki» – militsiya xodimidan o‘ch olish, «kallaga qadalgan pichoq, xanjar» – yetkazilgan hamma musibatlar uchun o‘ch olish, og‘zida pichoq tishlash – «aktivistlarni so‘yaman», «yurakka qadalgan xanjar va o‘qdon» – «qonundagi o‘g‘rilar»dan o‘ch olaman degan ma’nolarni bildiradi. Shunchaki badanni «bezash» uchun xizmat qiladi. Hattoki, jahonga mashhur san’at asarlaridan nusxalar chizdirish, ya’ni zavq-shavq olish maqsadida hamda o‘zining yuksak estetik did egasi ekanligini, madaniyat sohibi ekanligini ko‘rsatish uchun maxsus chizilgan tatuirovkalar ham bor. Masalan, Vasnetsovning «Uch bahodir», Leonardo da Vinchining «Sikstin Madonnasi» asarlarini badanga chizdiradilar. Jinoyatchilarning «g‘ayriaxloqiy va estetik madaniyati» qamoq joylaridagi har xil o‘yinlarida ham namoyon bo‘ladi. Masalan, «Hammom» o‘yinida yangi kelgan, tajribasi yo‘q, jinoyatchini hammomga ko‘rpa-to‘shagi bilan borishga majbur qiladilar, oqibatda u ho‘l ko‘rpa- to‘shakda uxlashga majbur bo‘ladi. «Velosiped» o‘yinida uxlab yotgan jinoyatchining panjalari orasiga qog‘oz qo‘yib yoqib yuboradilar. «Chmok» o‘yinida yangi keltirilgan jinoyatchining ko‘zini bog‘lab, biron- bir narsani topishga buyuradilar, aslida esa unga o‘zlarining yalong‘ochlangan a’zolaridan birini tutqazib qo‘yadilar. «Etik» o‘yinida uxlab yotgan jinoyatchining etigini uning juda og‘riydigan joyiga bog‘lab quyishadi, u turishi bilan etik tortilib, o‘sha joyini qattiq og‘ritadi va h.k. Bu o‘yinlarning barchasi inson ustidan kulish, uning qadr-qimmatini yerga urish, o‘zlarining zo‘rligini, hukmini o‘tkazish uchun o‘ylab topilgan o‘yinlardir. Jinoyatchilar dunyosining «g‘ayriaxloqiy va estetik madaniyatini» biz umuminsoniy axloq va estetik madaniyat tarkibiga kirita olmaymiz. U o‘zining butun mohiyati, mazmuni bilan umuminsoniy axloqqa va estetik madaniyatga zid hodisa hisoblanadi. «Qahramonlik» va chidamlilikni namoyish qilish uchun chiziladi. Masalan, jon og‘riydigan nozik joylarga, ko‘z ustiga va boshqa joylarga chizilgan tatuirovkalar shular jumlasiga kiradi. Jinoyatchilar dunyosi «g‘ayriestetik madaniyati»ning element- laridan bo‘lgan laqablar jinoyatchilarning ikkinchi ismi hisoblanadi. Jinoyatchilarning laqablari asosan konspiratsiya, ya’ni niqoblash, yashirish vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham har bir jinoyatchining laqabi bo‘ladi. Laqablariga qarab ular bir-birlarining nima ish bilan shug‘ullanishlarini, qayerda turishlarini, kim bilan aloqa qilishlarini biladilar. Laqab uyushgan jinoyatchilarning ajralmas belgilaridan biri hisoblanadi. Ba’zida laqablar jinoyatchining jismoniy jihatlarini bildirish uchun ham ishlatiladi. Masalan, «Япончик» qandaydir avtoritetning laqabi, «Masha» o‘g‘rilar bandasiga boshchilik qiluvchi ayolning laqabi, «Malina» o‘g‘rilar uchun maxsus kvartira saqlovchilarning laqabi va h.k. Surgun qilingan jinoyatchilarda «Ivan»lar deganda – bosqinchilik, ig‘vo bilan shug‘ullangan jinoyatchilar; «Храпы» deganda – o‘z ishlarini o‘zgalar qo‘li bilan qiladigan jinoyatchilar; «Игроки» deganda har xil qimorbozlar tushuniladi. Jinoyatchilar dunyosining o‘ziga xos «g‘ayrisan’ati» ham mavjud. Bularga jinoyatchilar hayotini kuylaydigan qo‘shiqlar, musiqalar, raqslar kiradi. Ularda jinoyatchilar dunyosi «romantik» tarzda targ‘ib qilinadi. Bu «romantik» targ‘ibot esa jinoyatchilar dunyosiga yangidan-yangi a’zolarni jalb etishga xizmat qiladi. Ayni vaqtda jinoyatchilik ruhida yozilgan qo‘shiqlar, she’rlar, kuylar jinoyatchilarga zavq bag‘ishlaydi. Masalan, Aleksandr Galichning «Turma motivlari» turkumidagi she’rlari shular jumlasiga kiradi. Jinoyatchilar dunyosidagi axloqiy yomonlik qonunlari, ularning badanlariga chizilgan tatuirovkalar, qo‘yilgan laqablar, kuylangan qo‘shiqlar va boshqalar qanchalik go‘zal ko‘rinmasin, ular insoniylikka yot narsalar hisoblanadi. Jinoyatchilikning yangi jamiyat qurish uchun tug‘diradigan xavfi to‘g‘risida Prezident Islom Karimov shunday yozadi: «Jinoyatchi unsurlar- ning yangi xo‘jalik munosabatlari tizimini shakllantirish jarayonida faol va xufiyona ishtirok etishi jamiyatda axloqsizlik vaziyatini tug‘diradi. Bu esa mamlakat uchun ham, jahon hamjamiyati uchun ham nomaqbul jinoiy bozor iqtisodiyotining alohida turi shakllanishiga olib keladi. Jamiyatda jinoiy «xufiyona iqtisodiyot»ning mavjud bo‘lishi uyushgan jinoyatchilikni keltirib chiqaradi. Davlat hokimiyati tuzilmalarining turli bo‘g‘inlari va turli darajalari vakillari ham uning yo‘ldan ozdiruvchi ta’siriga tushib qoladi. Korrupsiya vujudga kelib, u eng avvalo uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘ridan- to‘g‘ri yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanadi. Bu esa jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatga keltiradigan salbiy oqibatlar tufayli jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga to‘g‘ridan- to‘g‘ri tahdiddir. Mamlakatimizning kelajagini va obro‘-e’tiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro bu tahdidni esda tutmog‘i darkor. Halol mehnat qilish, o‘z bilimi, kuch-g‘ayrati va ijobiy qobiliyatini sarflash uchun barqaror shart- sharoit bo‘lishini istaydigan, farzandlari va yaqin kishilari kelajakda ham demokratik, fuqarolik jamiyatida sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlarining samaralaridan to‘la-to‘kis foydalanishni orzu qiladigan har bir fuqaro, jinoyatchilik va korrupsiya yo‘liga o‘z vaqtida zarur to‘siq qo‘yilmasa, bu illatlar qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaxshi anglab yetmog‘i lozim»1. Shuning uchun jinoyatchilar dunyosiga qarshi kurash, ularni tag-tomiri bilan tugatish ichki ishlar idoralari har bir xodimining muqaddas burchlaridan biri sanaladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling