Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Sho‘rpeshonalar» yoki «pastkashlar».
- Kissavurlar.
«Mujiklar» va «patsanlar». «Mujiklar» asosan xo‘jalik jinoyati bo‘yicha ozodlikdan mahrum qilinganlar bo‘lib, ular asosan yaxshi ishlaydilar, kun tartibini bajaruvchan, ma’muriyat bilan yaxshi munosabatda bo‘lib, «qonundagi o‘g‘rilar» bilan aloqasini uzib, tezlikda ozodlikka chiqishga harakat qiladilar. Shuni alohida qayd etish kerakki, qattiq va alohida rejimdagi turmada o‘tirgan «mujiklar» o‘zlarining qadri- sha’nini himoya qilish uchun birlashib, «qonundagi o‘g‘rilar»ga va ularning gumashtalariga qarshi kurashadilar. Ular o‘zlarini «banditlar» deb atagan holda «qonundagi o‘g‘rilar»ning yetakchilarini topib, ko‘pchilik oldida nomusiga tegish, besoqolbozlik qilish orqali «qonundagi o‘g‘rilar»ni sharmanda qilib, obro‘ini tushiradilar.
«Patsanlar» qaroqchiligi, o‘g‘riligi uchun ozodlikdan mahrum qilingan yosh jinoyatchilar bo‘lib, asosan jinoyatchilar dunyosida yaxshi obro‘ga ega bo‘lish uchun «qonundagi o‘g‘ri»larga yaqin bo‘lishga, ular o‘rnatgan axloq qoidalarini bajarishga harakat qiladilar. «Qonundagi o‘g‘ri»larni qo‘llab-quvvatlovchilarning axloq normalari- dagi xususiyatlarga quyidagilar kiradi: ozodlikdan mahrum etilganlar orasida mustaqil bo‘lish, ya’ni hech kimga bo‘ysunmaslik, ularning axloqiy qoidalarini bajarish; o‘z haq-huquqlarini boshqa jinoyatchi guruhlar poymol qilsalar, ular ustidan «qonundagi o‘g‘ri»larga arz qilish; jamoat joylarini supurib-sidirish, tozalash ishlaridan bosh tortish; taqiqlangan narsa-buyumlarga ega bo‘lishga harakat qilish va h.k. «Sho‘rpeshonalar» yoki «pastkashlar». Bularga besoqolbozlar, bachabozlar, balog‘at yoshiga yetmaganlarni zo‘rlab nomusiga tekkanlar va shu qilmishlari uchun ozodlikdan mahrum etilib, qamoqda o‘tirganlar kiradi. Ular odatda ana shu qilmishlari uchun qamoqxonadagi o‘g‘ri- jinoyatchilarning ham tegishli jazosiga duchor bo‘ladilar, ya’ni zo‘rlanadilar. Bundaylardan ko‘pchilik jinoyatchilar hazar qiladilar. O‘g‘rilarning kissavurlar, uy o‘g‘rilari, do‘kon o‘g‘rilari, avtomobil o‘g‘rilari, antikvariat o‘g‘rilari kabi bir necha guruhlari ajratiladi. Kissavurlar. Kissavurlar deb ko‘cha-kuy, bozor va boshqa joylarda kishilarning narsalarini o‘g‘irlovchi shaxslarga aytiladi. Kissavurlarni jinoyat sodir etadigan joylariga qarab: bozorlarda («bozorchilar»); metroda («krotlar»); temir yo‘l transportida («maydonchilar»); shahar trasportida («poygachilar» yoki «marshrutchilar»); do‘kon va kinoteatrlarda («do‘konchilar»,«teatrchilar»); ko‘chalarda («ko‘chachilar») kishilarning narsalarini o‘g‘irlashga ixtisoslashgan cho‘ntakchilarga ajratish mumkin. Kissavurlar tomonidan qo‘llaniladigan axloqqa zid bo‘lgan xatti- harakatlarga: kiyim, sumka va boshqa qo‘lda ko‘tarib yuriladigan narsalar ichidagi qimmatbaho buyum va pullarni maxsus texnik moslamalar yordamida kesish; o‘zining qo‘lini har xil narsalar – sumka, gazeta, guldasta kabilar bilan yashirish; cho‘ntak va sumkalardan maxsus tayyorlangan ildirgichga («qarmoq») ildirib olish; qo‘l yetmaydigan pinhona joyga yashirilgan narsalarni qisqich, iskak, mo‘ychinak (pinset)dan foydalanish orqali o‘g‘irlash kabilarni kiritish mumkin. Firibgarlar esa «shuler»lar, «folbin»lar, «qo‘g‘irchoqboz»lar, yolg‘onchi olibsotarlardan tashkil topadi va ularning har bir toifasi o‘ziga xos axloqiy qonunlariga ega bo‘ladi. Jinoyatchilar dunyosidagi qonunlar biron joyda yozilgan, tasdiqlangan yoki ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ularni qonun deb hisoblash mumkin emas, ularni faqat jinoyatchilarning «axloq qoidalari» deb atash mumkin. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling