Ichki ishlar idoralari xodimlarining
-§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI AXLOQIY-
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
3-§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI AXLOQIY- KASBIY BUZILISHLARINING OLDINI OLISH VA ULARNI BARTARAF ETISH CHORA-TADBIRLARI
Axloqiy-kasbiy buzilishning oldini olish tadbirlari. Ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy buzilishlarining oldini olish asosan ikki yo‘nalishda, ya’ni umumiy chora-tadbirlarni va bevosita chora-tadbirlarni qo‘llash asosida olib boriladi. Umumiy chora-tadbirlarga jamiyatdagi ziddiyatlarni tadrijiy yo‘l bilan hal qilgan holda, huquqni himoya qiluvchi barcha idoralarda qonunga itoatkorlikni, hayotning barcha jabhalarida qonunlarning ustunligini ta’minlash kabilar kiradi. «Qonunning ustuvorligi, – deb yozgan edi I. A. Karimov, – huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat’iyan hukmronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo‘jalik yurituvchi va ijtimoiy-siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo‘ysunish majburiyatidan xalos bo‘lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobardir»1. Shunday ekan, qonunga bo‘ysunish yuksak huquqiy onglilik, jamiyat va davlat manfaatlarini 1 Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли // Унинг ўзи. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т.1. – Т.: Ўзбекистон,1996. – Б. 321. chuqur tushunib yetish, ijtimoiy burch, ya’ni o‘z qilmishlari uchun davlat oldida javobgarlik tuyg‘usi bilan uzviydir. Har bir qonunga itoatkor fuqaro qonunlarning talablari jamiyatning yuksak manfaatlarini ifoda etishini, huquqiy qonunlarga rioya qilish faqat xalq manfaatlariga emas, balki uning o‘z manfaatlariga ham xizmat qilishini yaxshi tushunadi. Shu ma’noda, qonunlarga itoat qilishni xalq birligi va kuch-qudratining manbai deb atash mumkin. Qonun odamlarni birlashtiradi, qonunlarni buzish esa huquqbuzarni qonun doirasidan tashqari chiqarib qo‘yadi. Qonunga itoatkorlik aql-idrok, vijdon, ichki e’tiqod mahsuli bo‘lib, insonning bunday olijanob fazilati har qanday sharoitda ham, har qanday yo‘llar bilan quvvatlanishi, tarbiyalanishi va rag‘batlantirilishi darkor. Shunday qilib, kasbiy buzilishning oldini olishga qaratilgan tadbirlardan eng birinchisi, ichki ishlar idoralari xodimlarini huquqiy tarbiyalash va shu asosda ularning huquqiy ongini o‘stirib, huquqiy madaniyatini shakllantirishdan iborat. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling