Ichki ishlar idoralari xodimlarining


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning kor- rupsiya va jinoyatchilik haqidagi fikrlari


Download 0.5 Mb.
bet132/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning kor- rupsiya va jinoyatchilik haqidagi fikrlari:


Qanchalik qayg‘uli tuyulmasin, jinoyatchilik hamma mamlakatlarda va hamma davrlarda bo‘lgan.

  • Siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko‘rsatish ifodasidir.

  • Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarining manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazadi.

  • Jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi.

  • Jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini yemiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa chiqaradi.

  • Hokimiyat organlarining jinoyatga aralashib qolishi rivojlanayotgan jamiyat uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biridir.

  • Borgan sari uyushib va professional tus olib borayotgan hozirgi jinoyatchilikning jipslashishi, jinoiy guruhlar tomonidan iste’mol bozorlarining butkul egallab olinishi, qonunsiz ravishda qo‘lga kiritilgan kapitallarning xo‘jalik va tijorat tuzilmalari orqali qonuniylashtirib olinishi yaqqol ko‘zga tashlanayotganligi ham juda xavflidir.

  • Jinoyatchilar dunyosi chegara bilmaydi.





1 Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. Т.6. – Т.: Ўзбекистон, 1998. – Б.89-90.

  • Jinoyatchilik, korrupsiya bizning o‘z xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka ham tahdid soluvchi real manbadir1.



Takrorlash uchun savol va topshiriqlar





  1. Jinoyat nima? Uning asosiy belgilarini aytib bering.

  2. Jinoyatchilar dunyosi nima va u qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?

  3. Professional jinoyatchilar deb kimlarga aytiladi va ular qanday axloqiy yomonlik qonunlariga amal qiladilar?

  4. Jinoyatchilar dunyosining estetikasi deganda nimani tushunasiz?

  5. Jinoyatchilarning tatuirovkalari, jargonlari, laqablari, musiqalari to‘g‘risida bilganlaringizni so‘zlab bering.





1 Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. Т.6. – Т.: Ўзбекистон, 1998. – Б.89-97.


  1. bob


ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING AXLOQIY-KASBIY BUZILISHI VA UNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
1-§. AXLOQIY-KASBIY BUZILISH VA UNING NAMOYON BO‘LISH SHAKLLARI
«Axloqiy-kasbiy buzilish» tushunchasi. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlatni bunyod etish va fuqarolik jamiyatini qaror topshirish ishlari oson kechmasligi tabiiy. Bu jarayonning borishi, bir tomondan, mulkni xususiylashtirish ishlarini tez va soz o‘tkazib, tejamkorlikka, sifatga asoslangan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni taqozo etsa, ikkinchi tomondan, odamlarda davlat mulkchilik hukmronligi yillarida shakllangan boqimlik psixologiyasini tugatish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni yengishni ham talab qiladi.
Ushbu ishlarni amalga oshirishda bir qator iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy yetishmovchiliklar, ziddiyatlar bo‘lishi aniq. Ana shu yetishmovchilik va ziddiyatlar ichki ishlar idoralaridagi ba’zi bir irodasi sust, e’tiqodi yo‘q xodimlarni kasbiy tanazzulga duchor etishi mumkin.
Xo‘sh, axloqiy-kasbiy buzilish deb nimaga aytiladi va u qanday sohalarda ko‘rinadi?
Ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy-kasbiy buzilishi deb ularning qonun hujjatlari, nizom va buyruqlarda belgilab qo‘yilgan axloqiy normalar, professional burch va vazifalarni bajarishda o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini jamiyat, davlat, xalq manfaatlaridan ustun qo‘yib, suiiste’mol qilishlari, pora olish, kalondimog‘lik, tamagirlik, qo‘pollik qilish, jinoyatni hisobdan yashirish kabi qonunga xilof xatti- harakatlarining majmuiga aytiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy buzilishini, uning kelib chiqish sabablarini tugatish yo‘llarini tadqiq etish hozirgi kundagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Chunki ichki ishlar idoralari xodimlari davlat hokimiyatining vakili sifatida ish ko‘rar ekanlar, ularning har bir xatti- harakati odamlarning diqqat-e’tiborida turadi. Bitta ichki ishlar xodimining qilgan xatosi, qo‘polligi yoki pora olishi butun ichki ishlar idoralari tizimini xalq oldida abgor qilishi, boshqa halol ishlayotgan xodimlarning obro‘siga putur yetkazishi mumkin. Shuning uchun ham kasbiy
buzilishning oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling