Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Estetik tarbiya va uning axloqiy-kasbiy buzilishning oldini olish-
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
Estetik tarbiya va uning axloqiy-kasbiy buzilishning oldini olish- dagi ahamiyati. Ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy buzilishlarining oldini olishdagi vositalardan biri ularni estetik tarbiyalashdir.
Estetik tarbiya deb insonni nafosat qonunlari asosida har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashga qaratilgan faoliyatga aytiladi. Estetik tarbiya ichki ishlar idoralari xodimlarini go‘zallik olami bilan oshno qilib, ularning axloqiy ongida vujudga kelgan har xil bo‘lmag‘ur fikrlarni chiqarib tashlashga, unda hayotga bo‘lgan qiziqish, zavq-shavq bilan yashash orzu-umidlarini kuchaytirish ishiga xizmat qiladi. Kasbiy buzilishning oldini olishda estetik tarbiyaning bir qancha omillaridan foydalaniladi. Bunday omillar jumlasiga quyidagilar kiradi: Ijtimoiy munosabatlar omili – bu odamlar, jamoalar o‘rtasidagi bir- birlariga bo‘lgan diqqat-e’tibor, dilkashlik, xushchaqchaqlik, kulgi, hazil- mutoyibalardan iborat bo‘lib, ular odamdagi tushkunlik kayfiyatini yo‘q qilib, ko‘ngilni ko‘taradi, quvontiradi, ishga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytiradi. Tabiat omili – bu tog‘larning ulug‘vorligi, sharsharalar, gullar, bog‘-rog‘lar, moviy dengizlar, sayroqi qushlar, serjilo baliqlar kabi tabiat go‘zalliklari bilan oshno bo‘lish, tabiat bag‘rida dam olish. U kishiga shavq-zavq, charchagan tanaga, toliqqan miyaga orom, rohat berib, odamni osoyishta hayot quchog‘iga qaytaradi, miyadagi har xil g‘uborlarni chiqarib tashlashga xizmat qiladi. San’at omili hisoblanmish yaxshi kuy, qo‘shiq, serjilo raqs, kino, arxitektura yodgorliklarini tomosha qilish asablarga dam beradi, voqelikdagi go‘zalliklarni ilg‘ab olishga, mazmundor hayot quchog‘iga qaytishga undaydi, yangidan-yangi qahramonliklarga chorlaydi. Atrof muhitni estetik jihatdan tashkil etish omili o‘z ichiga yangi zamonaviy uslubda qurilgan binolarni, yuksak estetik did bilan jihozlangan ish joylarini, unumli mehnat qilish uchun did bilan bezatilgan va qulay mehnat vositalari – radio, televideniye, kompyuter, kriminalistika asbob- uskunalarini hamda xodimlarning dam olishlari uchun yaratilgan shart- sharoitlar – bog‘lar, dam olish uylari, chiroyli choyxona va oshxonalar, ko‘llar, istirohat bog‘lari, sayilgohlarni o‘z ichiga oladi. Bu yerlarda ishlagan, dam olgan xodimlarning miyasidan har xil bo‘lmag‘ur fikrlarning ko‘tarilishi tabiiy. O‘rni kelganda shuni ta’kidlash kerakki, mustaqillik sharofati bilan, sobiq sho‘rolar davrida faoliyati ancha izdan chiqqan IIV Oliy maktabi (1994 yildan e’tiboran Akademiya) rahbariyati, komandirlari, professor- o‘qituvchilari, tinglovchilari tomonidan mutlaqo tanib bo‘lmaydigan darajada va yuqori saviyadagi estetik did bilan qayta qurildi, jihozlandi. Bugungi kunda Akademiya hududi tinglovchilarni yuksak estetik did bilan tarbiyalash namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling