Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Download 0.5 Mb.
bet146/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Davra suhbati, savol-javob kechalari, ularni tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi. Davra suhbati, savol-javob kechalari ma’rifat darslarining muhim shakllaridandir. Ularda rahbar, xodimlar, mutaxassislar ishtirokida shaxsiy tarkibni qiziqtiruvchi masalalar yuzasidan suhbat, bahs-munozara uyushtiriladi. Ularni asosan quyidagi turlarga ajratish mumkin:

    • oldindan belgilab olingan bitta kichik siyosiy mavzu bo‘yicha olib boriluvchi, qisqa;

    • bir necha mavzularni, masalalarni o‘z ichiga oluvchi keng qamrovli;

    • butun shaxsiy tarkib bilan olib boriluvchi;

    • faqat yosh mutaxassislar yoki xizmat sohasi u yoki bu bo‘linmasining a’zolari bilan o‘tkaziluvchi va h.k.

Davra suhbatini, savol-javob kechalarini o‘tkazish uzoq tayyorgarlikni talab etadigan ish bo‘lib, quyidagilarni amalga oshirishni taqozo etadi:
Birinchidan, xizmat jamoasi a’zolarini qiziqtiruvchi muammolarni aniqlash hamda shu asosda davra suhbati va savol-javob kechasining mavzuini belgilab olish zarur.
Ikkinchidan, shaxsiy tarkibni davra suhbati va savol-javob kechasi bo‘lishidan kamida ikki hafta oldin unda qanday masalalar, muammolar ko‘rib chiqilishi va kimlar ishtirok etishidan xabardor qilish kerak. Ayni vaqtda, o‘tkaziladigan kechada yoki suhbatda shaxsiy tarkibning to‘liq ishtirok etishini ta’minlash, ishtirokchilarning dillaridagi orzu-istaklarini bilish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, ya’ni savollarni to‘plash uchun maxsus qutilar, daftarlar tashkil qilib, telefon raqamlarini ham aytish kerak.
Uchinchidan, tushgan savollarni yaxshilab o‘rganish, ularni tasniflash hamda shu savollarga javob berishi lozim bo‘lgan rahbarlar va mutaxassislarga yetkazish lozim.
To‘rtinchidan, kechani o‘tkazuvchi raisni tanlash, uni o‘tkazish vaqtini, joyini belgilab olish va kerakli rahbarlar, mutaxassislarni taklif qilish zarur.
Beshinchidan, davra suhbati, savol-javob kechasi, albatta, uni, olib boruvchining qisqacha kirish so‘zi bilan ochilishi, shundan so‘ng savollarga javob berish tartibi to‘g‘risida kelishib olgan holda ish yuritilishi lozim.
Oltinchidan, javoblar aniq bo‘lishi, uning isboti uchun zarur hujjatlar, kinolavhalar, mutaxassislarning fikrlaridan to‘liq foydalanish kerak. Hech bir savol javobsiz qolmasligi zarur.
Davra suhbati, savol-javob kechalari ichki ishlar idoralarida shaxsiy tarkib bilan jonli muloqot olib borishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib, u ma’naviyat va ma’rifat ishlarini tashkil qilishning asosiy vositalaridan biri ekanligini har bir boshliq, rahbar xodim chuqur anglab olishi kerak.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling