Ichki ishlar idoralari xodimlarining


§. YAKKA TARTIBDA TA’LIM-TARBIYA ISHLARINI


Download 0.5 Mb.
bet148/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

§. YAKKA TARTIBDA TA’LIM-TARBIYA ISHLARINI OLIB BORISH YUKSAK MADANIYATLI XODIMLARNI TAYYORLASH GAROVI

Yakka tartibda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishning mohiyati va xususiyatlari. Ichki ishlar idoralarining xodimlarini yuksak madaniyatli qilib tarbiyalash jarayonining asoslaridan birini ular bilan yakka tartibda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish ishlari tashkil etadi.
Shaxsiy tarkib bilan yakka tartibda olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlari bilan bevosita ichki ishlar idoralarining rahbar xodimlari, boshliqlari, shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘linmalarning xodimlari, murabbiylar va faxriylar shug‘ullanadilar.
Yakka tartibda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish deb ichki ishlar idoralaridagi rahbar, boshliq va mansabdor shaxslarning o‘ziga bo‘ysunuvchi har bir xodimni har tomonlama o‘rganish, shaxsiy imkoniyatlarini inobatga olish asosida uning ongida ozod va obod Vatanga mehr-muhabbat, qonunga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, inson haq- huquqlarini himoya qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarini tezda tuzatib, tartib-intizomni mustahkamlash, har qanday qiyinchiliklarga bardosh berib, to‘siqlardan qo‘rqmasdan o‘z xizmat vazifasini halol, bekamu ko‘st bajarishlarini ta’minlash uchun muntazam ravishda olib boradigan faoliyatiga aytiladi.
Shunga ko‘ra, yakka tartibda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishning mohiyati, birinchidan, shaxsni har tomonlama chuqur o‘rganish, tarbiyada xodimning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish; ikkinchidan, xodimga ruhiy ta’sir o‘tkazish; uchinchidan, kamchiliklarini tuzatishiga, qusurlari- dan qutulib, ijobiy xislatlarini rivojlantirishiga va o‘zini o‘zi tarbiyalashiga va shu asosda o‘zligini anglashiga yordam berishda ifodalanadi.
Yakka tartibda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish boshqa tarbiya shakllaridan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

  1. aniq maqsadga yo‘naltirilganligi;

  2. tezkorligi, ya’ni har qanday vaqtda, har qanday joyda, har qanday sharoitda olib borish mumkinligi;

  3. samaradorligi, ya’ni odamga ta’sir etish imkoniyatining kuchliligi va h.k.

Yakka tartibda olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:

    • tarbiyalanayotgan xodimni shaxs sifatida har tomonlama chuqur o‘rganish;

    • shaxsiy tarkib bilan ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishning kelgusidagi istiqbollarini belgilash (yakka tartibda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish dasturini tuzish);

    • shaxsga har tomonlama ta’sir o‘tkazish uchun yakka tartibda ta’lim- tarbiya ishlarini olib borishning eng yaxshi, samarali vosita, usul va shakllarini tanlash va ularni amalda qo‘llash;

    • hamma toifadagi tarbiyachilar va xizmat jamoasini xodimni yuksak ma’naviyatli shaxs qilib shakllantirishga yo‘naltirish;

    • yakka tartibda tarbiyaviy ish olib borishning borishi va natijalarini muntazam ravishda kuzatib borish, nazorat qilish va h.k.

Yakka tartibda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishning yuksak madaniyatli xodimlarni tayyorlashdagi ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  1. Muntazam ravishda va biron aniq maqsadni ko‘zlab olib boriladigan yakka tartibdagi tarbiyaviy ish har bir xodimning o‘z vazifasini qanday bajarayotganligini, ishdagi yutuq va kamchiliklarini, uning xarakteridagi kuchli va zaif tomonlarni, oilaviy ahvolini, kayfiyatini, turmush tarzini chuqurroq bilish hamda qanday masalalar va muammolarni hal etishga e’tiborni ko‘proq qaratish zarurligini aniqlash imkoniyatini beradi.

  2. Yakka tartibda olib boriladigan tarbiyaviy ish har bir xodimning ichki e’tiqodini shakllantirish vositasi hisoblanadi. Chunki berilgan to‘g‘ri maslahat, ko‘rsatilgan to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq, odamdagi qusurni yo‘q qilishga qaratilgan pand-nasihatlarning amaliy natijalari oxir-oqibatda odamning ichki ishonchiga, e’tiqodiga aylanib boradi. Ushbu ichki ishonch va e’tiqod xodimning qanday sharoitda va vaziyatda, kimning oldida bo‘lmasin, o‘z prinsiplariga sodiq qolishi, o‘z so‘zining ustidan chiqishi, berilgan topshiriqni uddalashiga imkon beradi.

  3. Yakka tartibdagi ta’lim-tarbiya ishlari «boshliq-bo‘ysunuvchi»

tizimi doirasida olib borilar ekan, u shubhasiz boshliq va bo‘ysunuvchi
o‘rtasidagi o‘zaro mas’uliyatning uzviyligini ta’minlaydi. Bunda boshliq o‘zining bergan maslahatlari yoki ko‘rsatmalari, topshiriqlarining to‘g‘ri, aniq va hayotiy ekanligi uchun bo‘ysunuvchi xodim oldida mas’ul bo‘lsa; bo‘ysunuvchi esa boshliqning ko‘rsatmalari, topshiriqlari, maslahatlari bekamu ko‘st bajarilishi uchun mas’uldir. Har ikki tomonning ushbu tarbiya jarayoniga jiddiy yondashuvi ish muvaffaqiyatining garovi hisoblanadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling