Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
shakllari amalda ko‘proq qo‘llaniladi:
Yakka tartibdagi suhbat va suhbatlashish. Xodim bilan bo‘ladigan yakkama-yakka suhbat o‘rtoqlarcha fikr almashish, o‘zaro ishonch asosida o‘tkazilib, uning o‘z kamchiliklarini tezda anglab olishiga va tezlikda tuzatishiga, atrofda bo‘layotgan voqealarning mohiyatini tezda ilg‘ab olishiga, o‘zini o‘ylantirib yurgan savollarga javob topib, o‘zida yangicha bir ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishiga xizmat qiladi. Yakka tartibdagi suhbat turli mavzularda – xizmat, o‘qish, turmush, uning shaxsiy hayoti, jamoat ishlarida qatnashishi, xizmat vazifalarini bajarishi, kasbiy mahoratini oshirishi, intizomi bo‘yicha olib borilishi mumkin. Suhbatlashishda yakka tartibdagi suhbatdan farqli o‘laroq boshliqdan tashqari, uning o‘rinbosarlari, jamoat tashkilotlarining yetakchilari, faxriylar ishtirok etishlari mumkin. Bunday suhbatlashishdan kutiladigan asosiy maqsad xodim yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklarning haqiqiy sabablarini aniqlash hamda ularni tuzatish va tugatish chora-tadbirlarini belgilab olishdan iborat. Suhbatlashish o‘zaro ishonch, do‘stona munosabat tarzida olib borilishi bilan bir qatorda, talabchanlik, qat’iylik ruhida bo‘lmog‘i kerak. Har bir tanbeh asoslangan bo‘lishi lozim. Eng muhimi, xodim o‘z kamchiligini dildan his qilishi va uni tezlikda tuzatib, jamoa bilan birgalikda yangi vazifalarni halol, chin dildan bajarishga kirishishini ta’minlamoq kerak. Shaxsiy yordam ko‘rsatish. Shaxsiy yordam ko‘rsatish ko‘pincha normativ hujjatlarni, texnikani, shaxsiy qurolni, xizmat vazifalari talablarini, jamoat topshiriqlarini o‘rganish va bajarish, turmush sharoitini yaxshilash davomida amalga oshiriladi. Boshliq yoki rahbar o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimga shaxsiy yordam ko‘rsatishda quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilishi kerak: ko‘rsatiladigan yordam, u qanday shaklda bo‘lmasin, aniq va amaliy bo‘lishi kerak; o‘zaro hurmat, o‘z kuchiga ishonch, shaxsiy daxlsizligini ta’minlash, ya’ni shaxsini hurmatlash asosiga qurilishi zarur; yordam oluvchi uning shaxsiy xislatlarini, ma’lumotini va tayyorgarligini to‘liq hisobga olishi shart. Yakka tartibda shaxsiy topshiriq va vazifa berish. Ta’lim-tarbiya ishining ushbu shakli odatda xizmat, o‘quv, jamoat topshiriqlarini berish asosida amalga oshiriladi. X i z m a t t o p s h i r i q l a r i g a tajriba almashish, yosh xodimlarga yordam berish, navbatchilik, xizmat safari, reyd operatsiyalarini amalga oshirishga doir vazifalar kirsa, o ‘ q u v t o p s h i r i q l a r i g a – jangovar, ma’naviy-ma’rifiy, xizmat darslari bo‘yicha o‘quv dasturlari talablarini o‘rganish va o‘zlashtirishga doir vazifalar; j a m o a t t o p s h i r i q l a r i g a jamoat ishlarida faol qatnashishi uchun beriladigan topshiriq va vazifalar kiradi. Yakka tartibdagi shaxsiy topshiriq va vazifalarni beruvchi boshliq yoki rahbar quyidagi qoidalarga rioya etishi zarur: berilgan topshiriq va vazifaning tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini unutmaslik, unga o‘zining shaxsiy manfaatlarini ara- lashtirmaslik; topshiriqning aniq bo‘lishi va xizmat jamoasi oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda berilishi; topshiriqni berishda har bir xodimning ilmini, kasbini, qobiliyatini, malakasini hisobga olish; berilgan topshiriqning bajarilishini nazorat qilib turish; topshiriq bajarilganidan so‘ng, unga albatta baho berish, lozim bo‘lsa taqdirlanishi yoki intizomiy jazo ko‘rilishi. Xodimlarning faoliyatini nazorat qilish. Ta’lim-tarbiyaning ushbu shakli asosan har bir xodimning o‘z xizmat vazifasini bajarishini yakka tartibda tekshirib turishda; berilgan topshiriqlarni, ular tayyorlagan ma’lumot, bildirgi va boshqa hujjatlarni ijro etishlarini tekshirib ko‘rishda ifodalanadi. Bu esa ularga ishiga xolisona baho berish, ishni to‘g‘ri tashkil qilish imkoniyatini beradi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling