Ichki ishlar idoralari xodimlarining
§. ICHKI ISHLAR IDORALARIDA MA’NAVIYAT VA
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’rifat darslari va ularni o‘tkazish shakllari.
§. ICHKI ISHLAR IDORALARIDA MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT ISHLARINI O‘TKAZISHNING TASHKILIY- TADBIRIY ASOSLARI
Ichki ishlar idoralari tizimida ma’naviyat va ma’rifat ishlari bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan ikki yo‘nalishda olib boriladi. Birinchi yo‘nalish Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, malaka oshirish, mutaxassislarni qayta tayyorlash, rahbar xodimlarni tayyorlash fakultetlari va kurslarida zamonaviy nazariy bilimlarni berish orqali olib boriladigan ma’naviyat va ma’rifat ishlaridan iborat bo‘lsa; ikkinchi yo‘nalish Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi madaniy- ma’rifiy muassasalar, ya’ni klublar, madaniyat saroylari, kutubxonalar, ma’rifatxonalar, dam olish maskanlari kabilarda olib boriladigan ma’naviyat va ma’rifat ishlaridan tashkil topadi. Bu yo‘nalishdagi tadbirlar shaxsiy tarkib bilan olib boriladigan ma’rifat darslari; turli davlat va jamoat arboblari, olimlar, shoirlar, san’atkorlar, sarkardalar, mehnat faxriylari, xorijlik hamkasblar bilan bo‘ladigan uchrashuvlar; madaniyat va istirohat bog‘lariga, tarixiy ahamiyatga molik joylarga sayohatlar; kino- konsert zallariga, muzeylarga, teatrlarga, madaniyat saroylari va uylariga, fan-texnika va madaniyat yutuqlari ko‘rgazmalariga qilinadigan tashriflar; radio, televideniye, gazeta va jurnallarda qilinadigan chiqishlar hamda turli madaniy-ma’rifiy muassasalar ishlarini tashkil etish kabilarni qamrab oladi. Ma’rifat darslari va ularni o‘tkazish shakllari. Ichki ishlar idoralarining xodimlariga mo‘ljallangan ma’rifat darslari Respublika ichki ishlar vazirining 1993 yil 24 iyundagi 242-son buyrug‘iga asosan o‘tkaziladi. Ma’rifat darslarini tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad shaxsiy tarkibni eng zamonaviy bilimlar, fan va texnika yutuqlari, ijtimoiy-siyosiy hayotda yuz berayotgan o‘zgarishlar va dunyoda sodir bo‘layotgan yangiliklar bilan tanishtirish asosida ularning ma’naviy saviyasini oshirishdan iborat. Ularda asosan quyidagi masalalar haqida atroflicha fikr yuritiladi: davlatning ichki va tashqi siyosati; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari, maqolalari, kitoblari hamda farmon, farmoyish va ko‘rsatmalarida bayon etilgan fikrlarning mazmuni, mohiyati va ahamiyati; respublika hukumatining qarorlari, ichki ishlar vazirining buyruq- lari, xizmat nizomlari va ularning bajarilishiga oid masalalar; mamlakatda jinoyatchilik, huquqbuzarlik, tartibbuzarliklarning ahvoli va ularning oldini olish muammolari; mamlakat aholisining mehnatda erishayotgan yutuqlari, ishlab chiqarish sohasidagi ahvol, kishilarning turmush tarzida bo‘layotgan o‘zgarishlar, hayotga kirib kelayotgan yangicha urf-odatlar, yoshlarning hayotga munosabatlari; dunyoda yuz berayotgan voqealar, tarixiy haqiqatni qaror toptirish muammolari; adabiyot, san’at va fan-texnika sohalarida erishilgan yutuqlar yoki yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va h.k. Ma’rifat darslarini asosan ma’ruza, munozara (seminar), davra suhbati, savol-javob kechasi, siyosiy axborot shakllarida maxsus ajratilgan vaqt – ma’rifat kunlarida malakali targ‘ibotchi-tashviqotchilar, axborot- chilar, rahbarlar va mutaxassislar o‘tkazadilar. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling