Ichki ishlar idoralari xodimlarining
qarashlarining mezonidir»
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak.
qarashlarining mezonidir»1. «Umuman olganda, insoniyat tarixi ma’naviyat – insonning, xalqning, jamiyat va davlatning buyuk boyligi va kuch-qudrat manbai ekanini, bu hayotda ma’naviyatsiz hech qachon odamiylik va mehr-oqibat, baxt va saodat bo‘lmasligini yaqqol tasdiqlaydi.
O‘ylaymanki, yer yuzida qancha inson, qancha taqdir bo‘lsa, har birining o‘z ma’naviy olami bor. Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak. Shuning uchun ham o‘zligini, insoniy qadr-qimmatini anglab yetgan har qanday odam bu haqda o‘ylamasdan yashashini tasavvur qilish qiyin»2. Prezident I.A.Karimovning ushbu fikrlarini metodologik asos qilib olgan holda, ma’naviyatni: umuminsoniy ma’naviyat; jamiyat, davlat, xalq yoki millat ma’naviyati; alohida shaxs ma’naviyatiga ajratish mumkin. Bunda, masalan, dunyoda yashovchi barcha insonlarning tinch-osuda, sog‘-salomat hayot kechirishga, mehnat qilishga urinishlari, fikr, xayol va orzu-umidlari umuminsoniy ma’naviyat jumlasiga kirsa; demokratik suveren davlat qurish, tenglar ichida teng bo‘lib yashash – millat ma’naviyatiga; kasb- hunar o‘rganish va shu asosda xalqqa, el-yurtga xizmat qilish esa shaxs ma’naviyatiga kiradi. Ichki ishlar idoralari xodimlarining ma’naviyati deb ularning o‘zlarini o‘zbek xalqining bir vakili deb bilgan holda ona Vatanning tuprog‘ini, suvini, havosini va jamiki boyliklarini ko‘z qorachig‘iday asrashlari hamda har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini qonuniy tarzda chin vijdon, imon, e’tiqod, sadoqat, ishonch, halollik, dovyuraklik, beg‘arazlik, hurmat, katta fidoyilik va aqliy teranlik bilan himoya qilishga qaratilgan ichki ruhiy va aqliy olamining majmuiga aytiladi. Ichki ishlar idoralari xodimlarining ma’naviyati ularning ruhiy va aqliy olamini tashkil qiluvchi fikru zikri, hissiyoti, tuyg‘ulari, hayajonlari, kechinmalari, tashvishlari; atrofni o‘rab turgan turfa olam to‘g‘risidagi tushuncha, hukm, xulosalari, ularga bergan bahosi; o‘zini va o‘zligini anglab yetishi, ona Vatanga, yeru samoga, ota-onaga, o‘g‘il-qizga, aka- ukaga, xalqqa bo‘lgan mehr-muhabbatlaridan tashkil topadi. Ma’lumki, ichki ishlar idoralarining xodimlari xalqning tinch-osuda hayot kechirishi, halol va fidokorona mehnat qilishi uchun mas’ul bo‘lgan 1 Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. – Б.19. 2 O‘sha manba. – B. 29. davlat xizmatchilari hisoblanadilar. Ulardagi ushbu mas’uliyat hissi, eng avvalo, o‘zlari xizmat qilayotgan xalqning, el-yurtning o‘tmishini, mavjud real hayotini bilishdan, ularning kelajagini aniq tasavvur etishdan, so‘ngra, ana shu asosda o‘zini va o‘zligini chuqur anglab yetishdan boshlanadi. O‘zini va o‘zligini anglab yetmagan inson o‘zgalarning ham, davlat- ning ham, jamiyatning ham, qolaversa, ona Vatanning ham qadr-qimma- tini bilmaydi. Inson qadrini, Vatan, el-yurt qadrini, mamlakat qadrini bilmagan kishilarga hech vaqt huquqni muhofaza qilish ishlarini ishonib topshirib bo‘lmaydi. Xo‘sh, ma’naviyatning tarkibiy qismlaridan birini tashkil qiluvchi o‘zini va o‘zligini anglash deganda nima tushuniladi? Ichki ishlar idoralari xodimlarining o‘zini anglashlari deb ularning ozod va obod Vatanda yashashdan maqsadi nima ekanligini teran idrok etishlari, ya’ni xalq va davlat oldidagi xizmat burchi mas’uliyatini chuqur his etishlari va shu asosda o‘zining ichki imkoniyatiga, aql-zakovatiga, kuch-quvvatiga ishongan holda hech qanday qiyinchilikdan qo‘rqmasdan el-yurtning tinchligini saqlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, avlodlarning kelgusidagi ravnaqi uchun umrini baxshida etishlariga qaratilgan his-tuyg‘ularining majmuasiga aytiladi. Ichki ishlar idoralari xodimlarining o‘zligini anglashlari deb ularning o‘z xalqi, eli, yurti, xizmat jamoasining kelib chiqishini, ularning insoniyat ravnaqi uchun uzoq o‘tmishdan hozirgi kunga qadar qo‘shgan hissalarini teran idrok etishlariga aytiladi. «O‘zligini anglab yetgan, qalbiga quloq solgan har bir inson, – deb yozgan edi I. A. Karimov, – o‘ziga, men bu foniy dunyoda nima ish qildim, yana qanday ishlar qilishga vaqtim va qurbim yetadi, degan savolni berishi inson qalbini tozartiradi, uni bosavob, ezgu ishlarga chorlaydi. Xullas, ma’naviyatda insonning iymoni, e’tiqodi, axloqi, hayotning ma’nosini qanday tushunish, ichki dunyosi namoyon bo‘ladi. Vatan, xalq oldidagi burchni anglash ham ma’naviyatning yuksak belgisidir. Ma’naviy barkamol inson – o‘zining savobli ishlari bilan kechirgan hayotidan rozi ketadi... Zero, yuksak ma’naviyati bo‘lmagan xalqning kelajagi ham yo‘qdir»1. Shunday ekan, o‘zini va o‘zligini anglash ichki ishlar idoralari xodimlari uchun ona Vatanning ozodligi va obodligi yo‘lida jon olib, jon 1 Каримов И.А. Юксак маънавиятсиз келажак йўқ // Унинг ўзи. Янгича фикрлаш ва ишлаш – давр талаби Т.5. – Т.: Ўзбекистон, 1997. – Б. 149-150. bergan ajdodlarining, ota-bobolarining, safdoshlarining xotirasiga hurmat bajo keltirgan holda, davlatning, xalqning, el-yurtning tinchligini, osoyishtaligini saqlash, katta-kichik har bir fuqaroga insoniy munosabatda bo‘lib, uning kundalik hayotiy tashvishlariga sherik bo‘lib, jamiyat bag‘ridan, insonlar qalbidan jinoyatchilik, huquqbuzarlik va tartibbuzarlik va har xil axloqsizliklarni qilish istagini chiqarib tashlash, ularning oldini olish va tag-tugi bilan tugatish kabi o‘ta mas’ul ishni amalga oshirishlaridagi ilk ma’naviy debocha ekanligi bilan o‘zining betakror mohiyatini namoyish qiladi. Shuning uchun ham yuksak ma’naviyatli insonlar bo‘lmagan, ayniqsa ma’naviyatsiz ichki ishlar xodimlari bo‘lgan joyda kasbiy buzilishning qonunga hurmatsizlik, inson taqdiriga befarq qarash, davlatga xiyonat, xudbinlik, mansabparastlik va laganbardorlik kabi bir qator ko‘rinishlari kelib chiqadi. Ma’naviy buzilish insonni, jamiyatni, davlatni tanazzulga olib keluvchi eng qabih kuch hisoblanadi. Ma’naviyatning ahamiyati haqida I. A. Karimov shunday degan edi: «Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singadi... Ma’naviyat tarixni, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Ma’naviyat turli xalqlar va mamlakatlar kishilarini qon-qardosh qiladi. Ularning taqdirini o‘zaro hurmat asosida yaqinlashtiradi... Ma’naviyat insonga havodek, suvdek zarur. Sahrodagi sayyoh har doim buloqdan chanqog‘ini bosadi. Xuddi shuningdek, inson ham necha-necha azoblar va qiyinchiliklar bilan Ma’naviyat chashmasini izlaydi. Yer, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik – ma’naviyatning ma’nosi ana shunday juda keng. Inson uni Inson darajasiga ko‘taradigan asoslarning asosini o‘z aqli bilan tom ma’noda qamray olmaydi. Inson o‘zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o‘ylab, mehnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi... Ma’naviyat – taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo‘l bilan mehnat qilishi kerak. Bu xazina insonga hayotda barqarorlik bag‘ishlaydi, uning qarashlari shunchaki boylik orttirish yo‘lida kun ko‘rishga yo‘l qo‘ymaydi, fojialar vaqtida omon saqlab qoladi va moddiy qiyinchilik kunlarida irodani mustahkamlaydi. Ma’naviyat – insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch- qudratidir. U yo‘q joyda hech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi»1. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling