Ichki ishlar idoralari xodimlarining


§. AXLOQ NORMALARI VA ULARNING ICHKI


Download 0.5 Mb.
bet40/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

§. AXLOQ NORMALARI VA ULARNING ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI FAOLIYATIDA NAMOYON BO‘LISHI

«Umuminsoniy axloq normalari» tushunchasi. Norma lotincha («norma» – me’yor, o‘lchov; qoida, qonun) so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida:

  1. rasmiylashtirilgan qonun-qoida; 2) umum tomonidan qabul qilingan va tan olingan, hamma uchun majburiy deb hisoblangan, qonun hukmiga kirgan tartib-qoida; 3) biror narsaning, ishning aniq belgilangan o‘lchami, miqdori, me’yori degan ma’nolarni anglatadi1.

Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, axloqiy-ma’naviy hayoti muayyan normalar orqali tartibga solinadi va boshqariladi. Umuman olganda, jamiyat hayotida amal qiluvchi barcha normalarni texnikaviy va ijtimoiy normalarga ajratish mumkin. Bunda texnikaviy normalar inson va mashina, ijtimoiy normalar esa inson va inson o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Ijtimoiy normalarning turlariga quyidagilar kiradi: axloq normalari, jamoat birlashmalari normalari, milliy urf-odatlar, xalqlarning odatlari, an’ana normalari, siyosiy hayot normalari, huquq normalari, diniy normalar.
Jamoat birlashmalarining normalari – jamoat birlashmalarining o‘z faoliyatini tartibga solish va tashkilotlarning a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash uchun o‘rnatgan xulq-atvor qoidalari.
Odat normalari – kishilarning ko‘p marta takrorlangani uchun odatga aylangan va shu tariqa avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xulq-atvor qoidalari.
An’ana normalari – ilg‘or an’analarni asrash zarurati tufayli yuzaga kelgan umumlashgan va barqaror xulq-atvor qoidalari.


1 Qarang: Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Ж.3 – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2007. – Б.60.
Marosim normalari kishilarning ma’lum rasm-rusumlarni bajarish- dagi xulq-avtor qoidalari.
Diniy normalar – dindorlarning xudoga, ibodatxonaga bir-biriga munosabatini, diniy birlashmalarning tashkil qilinishi va faoliyatini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalari.
Siyosiy normalar alohida shaxslar va siyosiy birlashmalarning hokimiyatga munosabati masalalarini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalari.
Huquq normalari davlat tomonidan belgilanadigan umummajburiy xulq-atvor qoidalari1.
Yuqorida keltirilgan ta’rif va tavsiflardan ham ko‘rinib turibdiki, barcha ijtimoiy normalarning mag‘zini axloq (xulq-atvor) normalari tashkil qiladi. Chunki, u birinchilar qatorida bashariyat beshigi allasidan bahra olgan holda shakllangan, rivojlangan va uzoq vaqtlar davomida kishilarning ijtimoiy hayotini boshqarib kelayotgan ma’naviy vosita hisoblanadi.
Umuminsoniy axloq normalari deb har bir inson, elat, millat, xalq, davlat va turli xil shakldagi moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqaruvchi ijtimoiy guruhlarning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, texnikaviy munosabatlarini jamiyatning axloqiy hayoti talablaridan kelib chiqqan holda tartibga soluvchi axloqiy-ma’naviy qonun-qoidalarning muayyan tizimiga aytiladi.
Axloq normalari ikki xil ko‘rinishda, ya’ni axloqiy munosabatlarning tarkibiy qismi va axloqiy ong shakllarida mavjud bo‘ladi. Axloq normalarining birinchi shakli ko‘pchilik kishilarning bir xildagi xatti- harakatlari tufayli kelib chiqqan va keyinchalik barcha uchun bajarilishi shart qoidalar tusini olgan normalardir. Ikkinchi xil axloqiy norma inson ongida o‘z aksini topgan muayyan qoida sifatida namoyon bo‘ladi (masalan, «o‘ldirma», «o‘g‘irlama» va h.k.), ya’ni unda buyruq mayli xususiyati ko‘zga tashlandi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, agar axloq prinsiplari – umumlashgan axloqiy tushunchalar bo‘lsa, axloqiy normalar ularni aniqlashtirishga xizmat qiladi, ya’ni axloqiy prinsiplarga rioya qilish uchun qanday axloqiy xislatlar zarurligini, bunda kishi irodasi qay tarzda namoyon bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi.




1 Qarang: Саидов А.,Таджиханов У.,Одилқориев Х. Давлат ва ҳуқуқ асослари: Дарслик. – Т.: Шарқ, 2002. – Б.31–32.
Axloq normalari nafaqat elementar axloqiy ong, balki shu bilan birga, kishilarni harakatga undovchi motiv hamdir. Ular ma’naviy va amaliy hodisalarning sintezi sifatida nima qilish mumkin-u, nima mumkin emasligi, u yoki bu sharoitda qanday harakat qilish kerag-u, nimadan o‘zimizni tiyishimiz lozimligini ko‘rsatgan holda xulqimizni yo‘lga soladi, ya’ni mumkin va nomumkinlik me’yorini belgilab beradi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling