Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Jahon mutafakkirlari adolat haqida
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
Jahon mutafakkirlari adolat haqida:– Adolat va haqiqat bilan to‘g‘ri siyosat yurgizmagan har bir rahbar va boshliq qattiq azob-uqubat va baloga giriftor bo‘ladi. (Abulqosim az- Zamaxshariy) Agar adolat himoya qilinmasa, zaif va kuchli odamlar yo‘qolib ketadi. Xalqning ahvoli adolatsiz yaxshilanmaydi. (Husayn Voiz Koshifiy) Adolat hayot uchun non singari kerakli ozuqadir. (L.Berne) Adolatparvar odamning axloqiy xislatlari bemalol qonun o‘rnini bosa oladi. (Menandr) Adolat ketgan joyda kishilar hayotining qadr-qimmatini ushlab turadigan hech narsa qolmaydi. (I.Kant) Agar hokimiyat atrofida adolat hukm surmasa, u inqirozga yuz tutadi. (Abu Bakr al-Xorazmiy) 1 Иброҳимов А., Султонов Х., Жураев Н. Ватан туйғуси – Т.: Ўзбекистон, 1996. – Б.33–39. 2 Каримов И.А.Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида // Унинг ўз. Ватан саждогоҳ каби муқаддасдир. Т.3. – Т.: Ўзбекистон, 1996 – Б.354–355. 3 Каримов И.А. Эл-юртга ҳалол, виждонан хизмат қилиш – ҳар бир раҳбарнинг муқаддас бурчи // Унинг ўзи. Тинчлик ва хавфсизлигимиз ўз куч- қудратимизга, ҳамжиҳатлигимиз ва қатъий иродамизга боғлиқ. Т.12. – Т.: Ўзбекистон, 2004. – Б.295. Yurt obodligi to‘rt narsa sababidan: rahbarlar adolati, olimlar ilmi, boylar saxovat, .muhtojlar duosi. (Abu Homid al-G‘azzoliy) Kim adolatsizlik bo‘layotganini bilaturib sukut qilsa, go‘yo u soqov shaytondir. (Abu Ali Dahqoq) Dunyodan adolatliroq narsani ko‘rmadim: unga xizmat qilsang, senga xizmat qiladi, uni tark etsang, u ham seni tark etadi.(Abu Abdulloh Mag‘ribiy) Qonuniylik prinsipi. Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb axloqining muhim prinsiplaridan biri qonuniylikdir. Bu prinsipning mohiyati haqida I.A.Karimov: «Hech bir davlat organi, hech bir xo‘jalik yurituvchi va ijtimoiy-siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo‘ysunish majburiyatidan xalos bo‘lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobardir. Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy, eng avvalo iqtisodiy muno- sabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo‘ladi»1, – degan edi. Shunga ko‘ra, qonuniylik bu – ijtimoiy munosabatga kirishgan jamiyat a’zolarining huquq normalariga qat’iy rioya qilgan holda ularni amalga oshirishlaridir. Yuqorida bayon etilgan fikrlar asosida qonuniylik prinsipiga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb axloqining qonuniylik prinsipi deb ularning konstitutsiyada, qonunlarda, farmonlarda, buyruqlarda ko‘rsatilgan va belgilab qo‘yilgan huquq normalarining talablarini og‘ishmay amalga oshirishlari, o‘ziga yuklatilgan xizmat vazifasini mavjud qonunlarga qat’iy bo‘ysungan holda bajarishlariga aytiladi. Qonuniylikning to‘rt prinsipi mavjud: qonuniylikning yagonaligi va bir xilda tushunilishi; qonunning ustunligi; qonunlarning haqqoniyligi va maqsadga muvofiqligi; qonunning madaniyat bilan bog‘liqligi. Bu prinsiplarning ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyatida amal qilishi, bir tomondan, jinoyatchilikning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida fuqarolarning, mansabdor 1 Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли // Унинг ўзи. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т.1. – Т.: Ўзбекистон, 1996 – Б.321. shaxslarning, jamoat tashkilotlari, korxona va muassasalarning haq- huquqlarini qonuniy tarzda qo‘riqlashlarini o‘z ichiga olsa; ikkinchi tomondan, ichki ishlari idoralaridagi tartib-intizomni saqlash, qonuniylikni ta’minlash, qonunga itoatkorlik jarayonlarini qamrab oladi. Bu esa ichki ishlar idoralari xodimlarining amaldagi qonunchilik prinsiplarini mukammal bilishlari va ularni o‘zlarining faoliyatlarida to‘liq qo‘llashlari lozimligini ko‘rsatadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling