Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Odob haqida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy shunday deganlar


Download 0.5 Mb.
bet43/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Odob haqida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy shunday deganlar:


Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha xalqlar uchun yoqimlidir.

  • Odob kishilar tarafidan qilinishi mumkin bo‘lgan hurmatsizlik eshigini bekitadi va odamni hazil-mazaxdan, kamsitilishdan saqlaydi.

  • Odob urug‘ini ekkan odamning hosili javohir bo‘ladi.

  • Odob kichik yoshdagilarni kattalar duosiga sazovor etadi; yoshlar u duo barakasidan umrbod bahramand bo‘ladilar.

  • Yoshlarni ko‘zga ulug‘ qilib ko‘rsatadigan fe’l-atvori odobdir, odoblilarning yurish-turishida xalq ulug‘vorlikni ko‘radi.

  • Odobli va go‘zal xulqli odamlar ko‘payaversa, xalqning do‘stligi, ularning bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbati borgan sari rivoj topadi1.

Odob bo‘lmagan joyda ma’naviyat bo‘lmaydi. Ma’naviyatsiz xodim




1 Qarang: Навоий Алишер. Маҳбуб ул-қулуб: (Қалблар севгилиси). –Т.:
Ғафур Ғулом,1983. – Б.48.
esa o‘zining xizmat vazifasini odoblilik bilan bajarish qobiliyatiga ega bo‘lolmaydi. Shuning uchun ham donishmandlarimizning xushmuomalalik va odoblilik haqidagi fikrlariga amal qilish ichki ishlar idoralari xodimlarining obro‘sini oshiradi va ularga nisbatan xalqning ishonchini kuchaytiradi.
Halollik va rostgo‘ylik. Halollik – har bir insonning o‘z kuchi bilan mehnat qilishi, shuning evaziga topgan mol-mulki, obro‘si, jamiyatda tutgan o‘rni, xulqining to‘g‘riligi, so‘zida qat’iylik va sadoqatining majmuasidir.
Ichki ishlar idoralari xodimining halolligi uning o‘ziga yuklatilgan vazifani to‘la-to‘kis bajarishi uchun davlat tomonidan ajratilgan moddiy va ma’naviy ne’matlar evaziga hayot kechirishi, jamiyatda o‘rnatilgan qonun talablari va qaror topgan axloq normalariga muvofiq tarzda xalqning tinch- osuda yashashini ta’minlash yo‘lida sidqidildan xizmat qilishidir.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining halolligi:

  • har bir xodimning xatti-harakati va xulqining to‘g‘riligida;

  • har bir xodimning o‘z so‘zida qat’iy turishida, unga sodiq qolishida;

  • o‘zi va oilasini davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar evaziga boqishida;

  • o‘zining shaxsiy manfaatidan xalq, davlat, jamiyat manfaatini ustun qo‘yishida;

  • o‘ziga va o‘zgalarga nisbatan talabchanligida;

  • sotilmasligi, poraga uchmasligi, tamagirlik qilmasligi kabilarda ko‘rinadi.

Shuning uchun ham hayotda, xizmat vazifasini bajarishda halollik bilan mehnat qilish ichki ishlar idoralari xodimlari uchun zaruriy bo‘lgan axloqiy talab hisoblanadi. Bu esa ularga ulkan axloqiy qoniqish bag‘ishlaydi.

Halollik to‘g‘risida jahonga mashhur donishmandlar shunday deganlar:


Aqlning halolligi haqiqat oldida chekinmay, unga intilish, har qancha qiyin bo‘lganda ham uni topish, yengil, qulay, yarim-yorti xulosalar, haqoratli soxtagarchiliklardan jirkanishdadir. Mustaqil izla- nish, hukm chiqarish va o‘zicha hal eta olish jur’atiga ega bo‘lishdadir. Mustaqil fikrlash jur’atidadir. Inson bo‘lishlikdadir. (R.Rollan)
Halol odamni ta’qib etish mumkin, ammo badnom qilib bo‘lmaydi. (F.Volter)
Odam qanchalik aqlli va epchil bo‘lsa, halolligini yo‘qotishi bilan
shu qadar badxoh, adovatchi bo‘lib qoladi. (Sitseron)

  • Halollik har qanday martabani bezaydi. (F.Shiller)

  • Halollik eng yaxshi va ayni paytda eng to‘g‘ri faoliyat tarzidir. (J.Lebbok)

Bir umr baxtli bo‘lishni istasang – halol odam bo‘l.(T.Fuller) Rostgo‘ylik halollikning bir ko‘rinishi bo‘lib, haqiqatni gapirish,
o‘zining ham, o‘zgalarning ham qadr-qimmatini to‘g‘ri baholash, yaxshini yaxshi, yomonni yomon deb ochiqchasiga aytishdir.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining rostgo‘yligi (haqgo‘yligi) bu har bir xodimning haqiqatni gapirishi, o‘zining ham, o‘zgalarning ham qadr- qimmatini to‘g‘ri baholashi, nuqsonlarini chin dildan, ochiq-oydin tan olishi, haqiqiy ahvolni yashirmasligidir.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining rostgo‘yligi:

  • mavjud vaziyat haqida haqiqatni gapirishida;

  • kerakli ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazib berishida;

  • dushmanga sir boy bermasligida;

  • ishonish va ayni vaqtda shubhalanishi, ogohligida;

  • jinoyatchilarning hiyla-nayranglariga uchmasligida ko‘rinadi.

Yuqoridagi fikrlardan ham ko‘rinib turibdiki, ichki ishlar idoralari xodimlarining rostgo‘yligida ikki jihat mavjuddir. Birinchisi – xizmat jamoasi, ikkinchisi esa jamoadan tashqarida, ayniqsa jinoyatchi unsurlar bilan bo‘ladigan ish faoliyati doirasida bo‘ladigan rostgo‘ylikdir. Bu ikki jihat bir birini to‘ldirib turadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling