Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Download 0.5 Mb.
bet149/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Yakka tartibdagi ta’lim-tarbiya ishlarining usul va shakllari. Yuksak madaniyatli xodimlarni tayyorlash asosan ularning ongiga ta’sir o‘tkazuvchi, tajribada sinalgan tarbiya usullari va shakllarini qo‘llashga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Yakka tartibda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish usullariga
quyidagilar kiradi:

  1. Suhbatlashish orqali bilish usuli. Bu usul xodimning ichki dunyosini, xislatlarini, dunyoqarashini, oldiga qo‘yilgan vazifani nechog‘lik tushunishini, turmush tarzini bilib olishga xizmat qiladi. Bu usulni qo‘llash quyidagi talablarni bajarishni taqozo etadi:

    • suhbat mavzusini, maqsadini va vazifalarini oldindan belgilab olish;

    • suhbatdoshga doir hujjatlarni, unga berilgan tavsifnomalarni o‘rganish va jamoaning u haqdagi fikridan xabardor bo‘lish;

    • samimiy suhbatlashishga imkon beradigan vaqt va joyni tanlash;

    • suhbatlashishda majburiylikka, so‘roq qilish shaklidagi savol- javoblarga yo‘l qo‘ymaslik, suhbatni o‘ta xayrixohlik va olijanoblik bilan o‘tkazishga harakat qilish;

    • suhbatga ijodiy yondashish, uni rahbarning hikoya qilib berishi asosida o‘tkazish;

    • suhbat chog‘ida suhbatdoshning kayfiyatini, fikrini inobatga olish;

    • suhbatdoshning ko‘z oldida uning gaplarini qayd qilish, yozib olishga yo‘l qo‘ymaslik;

    • suhbat chog‘ida olingan ma’lumotlarni oldingi ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rish asosida tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish;

    • suhbatlashish asosida olingan ma’lumotlar faqat suhbatdosh to‘g‘risidagi qaydlardan iborat bo‘lib qolmasligi, balki ayni vaqtda tarbiyaviy ish olib borish mavzusiga aylanib borishi kerak.

  1. Kuzatish usuli. Bu usul xodimni har xil holat va sharoitlarda – xizmat vazifasini bajarish, jamoat joylarida o‘zini tutish, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazish, fuqarolar va xizmatdoshlari bilan qanday muomalada bo‘lishlarini bilish uchun qo‘llaniladi.

Kuzatish uzoq vaqtli yoki qisqa muddatli bo‘lishi mumkin. Uzoq muddatli kuzatish davomida xodimning barcha shaxsiy xislatlari o‘rganilsa, qisqa muddatli kuzatishda esa uning ayrim shaxsiy xislatlari o‘rganiladi.
Kuzatish usuli quyidagi shartlarning bajarilishini talab qiladi:

    • kuzatishning aniq maqsad va vazifalarini belgilab olish;

    • xodimning barcha xislatlari namoyon bo‘ladigan holatlarni tanlash;

    • kuzatuvni muntazam ravishda olib borish, ya’ni uning uzluksizligini ta’minlash;

kuzatuv natijalarini qayd qilib borish va tahlil qilish;

    • kuzatuv natijasida olingan ma’lumotlarni mazkur xodim to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rish va h.k.

  1. Sinov usuli. Bu usul xodimning kundalik oddiy sharoitda namoyon bo‘lmaydigan ayrim shaxsiy xislatlarini maxsus sinov, tajriba orqali o‘rganishda ifodalanadi.

Xodimni sinash sun’iy va tabiiy sharoitlarda amalda oshiriladi. Sun’iy sharoitda sinash maxsus o‘quv sinfida, dala maydonida, laboratoriyada xodimning u yoki bu xislatlarini ko‘zdan kechirishdan iborat bo‘lsa, tabiiy sharoitda sinash esa kundalik ishda, o‘qishda xodimga har xil topshiriqlar berish orqali uning shaxsiy xislatlarini ko‘zdan kechirish, amalda tekshirish hisoblanadi.
Yakka tartibda ta’lim-tarbiya ishlari olib borishning quyidagi

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling