Ichki ishlar organlari to’g’risida


-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining maxsus unvonlari


Download 45.25 Kb.
bet15/21
Sana12.03.2023
Hajmi45.25 Kb.
#1262542
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
“Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi qonun

29-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining maxsus unvonlari
Ichki ishlar organlari xodimlariga quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
safdorlar tarkibi – safdor;
serjantlar tarkibi – kichik serjant, serjant, katta serjant;
ofitserlar tarkibi:
kichik ofitserlar tarkibi – leytenant, katta leytenant, kapitan;
katta ofitserlar tarkibi – mayor, podpolkovnik, polkovnik;
generallar tarkibi – general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik.
Maxsus unvonlarni berish va ulardan mahrum etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
30-modda. Ichki ishlar organlaridagi xizmat
Ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlarining amal qilishi ichki ishlar organlarida xizmatni o’tash masalalarini belgilovchi qonun hujjatlarida va ushbu Qonunda tartibga solinmagan qismiga nisbatan tatbiq etiladi. 
Ichki ishlar organlari xodimlari ish vaqtining davomiyligi haftasiga qirq soatdan oshishi mumkin emas.
Zarur bo’lgan hollarda, ichki ishlar organlari xodimlari xizmatni o’tashga kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda jalb qilinishi mumkin.
Kuchaytirilgan rejim ichki ishlar organlari xodimlari uchun kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi to’rt soatdan oshmaydigan ish belgilanishini nazarda tutadi.
Sutkalik rejim ichki ishlar organlari xodimlari uchun xizmatni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga umumqo’shin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogini kompensatsiya qilish o’rniga xizmatni o’tash joyida uch mahal bepul ovqatlangan holda sutkalik o’tash belgilanishini nazarda tutadi.
Kuchaytirilgan va sutkalik rejimni joriy etish hamda bekor qilish, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarini harbiy harakatlarda ishtirok etishga jalb qilish O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug’i bilan amalga oshiriladi.
Ichki ishlar organlarining xodimlariga ta’tilni o’tkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur bo’lgan, biroq uch kundan oshmaydigan vaqt qo’shilgan holda davomiyligi o’ttiz kalendar kun bo’lgan haq to’lanadigan har yilgi ta’til beriladi.
Ichki ishlar organlarining xodimlariga quyidagi kalendar hisobdagi xizmat davri uchun: 
o’n yillik xizmatdan so’ng – davomiyligi besh kun
o’n besh yillik xizmatdan so’ng – davomiyligi o’n kun;
yigirma yillik xizmatdan so’ng – davomiyligi o’n besh kun bo’lgan, haq to’lanadigan qo’shimcha ta’til beriladi.
Ichki ishlar organlari xodimlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa turdagi ta’tillar ham berilishi mumkin.
Ichki ishlar organlarining xodimlariga ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to’lanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shug’ullanish taqiqlanadi.
Safdorlar va serjantlar tarkibining maxsus unvonlariga ega bo’lgan ichki ishlar organlari xodimlari ellik yoshgacha, ayollar esa qirq besh yoshgacha ichki ishlar organlarida xizmatda bo’ladi. 
Ofitserlar tarkibining maxsus unvonlariga ega bo’lgan ichki ishlar organlari xodimlari ularga berilgan maxsus unvonlarga qarab, quyidagi yoshga: 
podpolkovnikka qadar – ellik yoshga;
polkovniklar – ellik besh yoshga;
generallar – oltmish yoshga to’lguniga qadar ichki ishlar organlarida xizmatda bo’ladi.
Ichki ishlar organlarining safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibining maxsus unvonlariga ega bo’lgan, belgilangan chegaradagi yoshga to’lgan xodimlari zaxiraga yoki iste’foga chiqariladi.
Ichki ishlar organlarining yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega bo’lgan va sog’lig’ining holatiga ko’ra xizmatni o’tashga yaroqli xodimlariga ularning xizmat muddati o’zining roziligi bilan, O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda besh yilgacha, ichki ishlar organlarining ta’lim muassasalarida professor-o’qituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga ega bo’lgan boshliqlar tarkibidagi shaxslarga esa o’n yilgacha bo’lgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Xizmatda qoldirish muddatini uzaytirish to’g’risidagi qaror xodimni ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar bo’yicha ichki ishlar organlaridan bo’shatish imkoniyatini istisno etmaydi.
Xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishganlik, majburiyatlarini namunali tarzda bajarganlik, benuqson xizmat qilganlik va ichki ishlar organlari tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga katta hissa qo’shganlik, xizmat burchini bajarish chog’ida mardlik va jasorat ko’rsatganlik, shuningdek boshqa alohida xizmatlari uchun xodimlar O’zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ta’sis etiladigan farqlovchi idoraviy belgilar bilan taqdirlanishga taqdim etilishi mumkin.
Ichki ishlar organlaridagi ishchi va xizmatchilarning mehnat munosabatlari mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Download 45.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling