37-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash
Ichki ishlar organlari xodimlariga pul ta’minotining turlari va miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda hamda miqdorlarda pul va oziq-ovqat ta’minoti bilan ta’minlanadi.
(37-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
38-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini uy-joy maydoni bilan ta’minlash
Uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan ichki ishlar organlari xodimlari belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga ega.
Ichki ishlar organlari xizmat uy-joy fondiga ega bo‘lishi mumkin.
Ichki ishlar organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar olish huquqi beriladi va yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion vositasida sotib olish xarajatlarining o‘rni qoplanadi.
(38-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2906-son “Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori 1-ilovasi 3-bobining 5-paragrafi.
Do'stlaringiz bilan baham: |