46-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining javobgarligi
Ichki ishlar organi xodimi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Ichki ishlar organi xodimining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni ichki ishlar organlari tomonidan budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat intizomini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Ichki ishlar organlarining intizom ustaviga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Qaysi jismoniy yoki yuridik shaxs o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga ichki ishlar organi xodimining harakatlari yoki harakatsizligi sabab bo‘ldi deb hisoblasa, o‘sha jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu harakatlar yoki harakatsizlik ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, prokurorga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
47-modda. Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(45-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
48-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(48-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |