Ichki ishlar organlari to‘G‘risida
-bob. Yakunlovchi qoidalar
Download 69.98 Kb.
|
ichki ishlar to`g`rsida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 45-modda. Xalqaro hamkorlik
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
44-modda. Ichki ishlar organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti Oldingi tahrirga qarang. Ichki ishlar organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi, bundan yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladigan bo‘linmalar mustasno. (44-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan bo‘linmalari ushbu shaxslar hisobidan ta’minlanadi. Ichki ishlar organlari xodimlari bepul formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadi. Ashyoviy ta’minot normalari, shuningdek formali kiyim-boshni kiyish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. Ichki ishlar organlarida budjetdan tashqari jamg‘arma tashkil etilishi mumkin, uni tashkil etish tartibi qonunchilikda belgilanadi. Ichki ishlar organlari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. (44-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 45-modda. Xalqaro hamkorlik Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘z vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hamkorlikni amalga oshiradi. (45-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 69.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling