39-modda. Ichki ishlar organi xodimining mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
Ichki ishlar organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘liq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risida nizom”ning 5-bobi.
40-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida transport vositalaridan foydalanishi tartibi
Ichki ishlar organlari maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan ichki ishlar organlariga tegishlilikni bildiruvchi maxsus yorug‘lik signallariga va tovushli signallarga, bo‘yoqli rangli grafika sxemasiga ega maxsus avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatning qatnov xususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat majburiyatlarini bajaruvchi ichki ishlar organlari xodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda shahar yo‘lovchi transportidan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yo‘l chiptalari beriladi yoki pullik kompensatsiya to‘lanadi.
(40-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xizmat safariga yuborilgan ichki ishlar organlari xodimlariga transportning barcha turlariga yo‘l hujjatlarini safar guvohnomasini ko‘rsatib navbatsiz olish huquqi beriladi.
Shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanadigan ichki ishlar organlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |