The Degress of Comparision (Sifat va ravish darajalari)
Predmetdagi bir xil belgini miqtoriga ko`ra nisbatlab yoki ish harakatdagi holatni o`zaro bir biridan farqlash hodisasi sifat va ravish darajalari deyiladi.
Ingliz tilida sifatlarning uch darajasi bor: oddiy daraja, qiyosiy daraja va orttirma daraja.
short - qisqa (oddiy daraja)
shorter - qisqaroq (qiyosiy daraja)
(the) shortest - eng qisqa (orttirma daraja)
Qiyosiy daraja oddiy darajadagi sifatga er qoshimchasi qo`shish bilan yasaladi. Bu qo`shimcha o`zbek tilidagi roq qo`shimchasiga to`g`ri keladi.
Orttirma daraja oddiy darajadagi sifatga -est qo`shimchasini qo`shish bilan yasaladi. Bu qo`shimcha o`zbek tilida sifat oldida keladigan eng, juda so`zlariga mos keladi.
Quyidagi jadvalda bir yoki ikki bo`g`inli sifatning uch darajasini yasash usullari berilgan.
Oddiy daraja
Positive degree
|
Qiyosiy daraja
Comparative degree
|
Orttirma daraja
Superlative degree
|
long uzun
big katta
pretty yoqimli
|
longer uzunroq
bigger kattaroq
prettier - yoqimliroq
|
(the) longest eng uzun
(the) biggest eng katta
(the) prettiest eng yoqimli
|
Ko`p bo`g`inli sifatlarning qiyosiy yoki orttirma darajalari sifat oldiga more (qiyosiy darajada) yoki the most (orttirma darajada) so`zlari yordamida yasaladi:
wonderful ajoyib; more wonderful ajoyibroq;
the most wonderful (eng) juda ajoyib;
Do'stlaringiz bilan baham: |