Ichki kasalliklar ma’r


Download 484 Kb.
bet16/62
Sana17.06.2023
Hajmi484 Kb.
#1520505
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62
Bog'liq
684 Ichki kasallikl

Buyrak toshi kasalligi


Buyrak tosh hosil bo’lishi umumiy va mahalliy faktorlarga bog’liq. Umumiy faktorlarga moddalar almashinuvining buzilishi, asosan purin almashinuvining izdan chiqishi, avitaminoz, mahalliy faktorlarga siydik to’xtalib qolishi, buyrak jomining yallig’lanishi kiradi. Buyrak toshlari asosan oksalatlar, fosfatlar va uratlardan tashkil topadi, lekin aksari toshlar aralash bo’ladi.
Etiologiyasi. Toshlarning paydo bo’lishida quyidagi faktorlar muhim rol o’ynaydi: infeksiya siydik ajralishining buzilishi, uning quyuqlanishi, siydik kolloidal holatining o’zgarishi, A vitamin yetishmasligi, organizmda nerv-gumoral regulyatsiyaning buzilishi va boshqalar. Buyrak toshi ko’pincha bitta, ba’zan bir nechta bo’lishi mumkin. Ular-toshlar no’xatdek mayda va tovuq tuxumidek katta bo’lishi, buyrak perenximasida va buyrak jomida joylashishi mumkin.
Belgilari. Asosiy belgilardan biri og’riq (buyrak sanchig’i) va gematuriyadir. Sanchiq to’satdan paydo bo’lib, qattiq og’riq va bel jinsiy organlarga tarqaladi. Gematuriya va dezuriya paydo bo’ladi. Basharti tosh buyrakda bo’lsa, subyektiv belgilar kam ko’rinadi. Bemor og’riqdan shikoyat qilmasligi mumkin. Siydik oqsil va qon bo’ladi. Tosh siydik oqimiga xalaqit bersa, qattiq sanchiq tutadi. Bunda buyrak kopsulasi kengaygan bo’lib, davomli qinovchi og’riq siydik chiqaruvchi yo’lida tosh borligini ko’rsatadi. Buyrak, sanchig’ida odatda, temperatura ko’tariladi. Qorin shishib ketadi. Bemor qusadi, og’zi quruydi. Rangi oqarib ketadi yoki yuzi bo’rtib, qizaradi, ko’p terlaydi. Oz-ozdan, tez-tez siyadi va og’riqli bo’ladi.
Kasallik xuruji bir necha minutdan 2 soatgacha va undan ortiq davom etishi mumkin. Og’riqni yengillashtirish maqsadida bemor o’zini har xil holatga solib ko’radi. Xuruj o’tib ketgach, ba’zan tosh ajraladi. Buyrak toshi kasalligiga diagnoz qo’yishda rentgendda tekshirish muhim ahamiyatga ega.
Davolash va oldini olish. Buyrakda qum va mayda toshlar bo’lganda, buyrak ishini qiyinlashtirmaydigan sabzavot va sutli taomlar buyuriladi. Ular A va D vitaminga boy bo’lishi kerak. Siydik yo’llarini yuvib turish maqsadida bemor ko’p suyuqlik ichishi kerak. Meneral suvlar yaxshi ta’sir ko’rsatadi.
Buyrak sanchig’ida bemorga butunlay orom berishi kerak. Buyrak sohasiga grelka quyiladi. Iliq vanna buyuriladi. Teri ostiga morfin, pantopon yuboriladi. Oyoq-qo’l muzlasa, grelka quyiladi. Yurak faoliyati susaysa, tegishli davo choralari ko’riladi. Buyrakda qattiq toshlar xirurgik usulda olib tashlanadi. Toshlarni haydashda efir moylari, xususan terpenlar-ravatineks, enatin va sistenal kabi preparatlar qandga tomizilib shimdiriladi. Keyingi vaqtda toshlarni eritib yuborish maqsadida ximioterapiya tadbirlari ko’rilmoqda.
Siydik yo’llarining yallig’lanish kasalliklarini o’z vaqtida davolash va A vitaminga boy taomlar iste’mol qilib turish kasallikning oldini olishda katta ahamiyatga ega.


Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling