Ichki kasalliklar ma’r


Download 484 Kb.
bet37/62
Sana17.06.2023
Hajmi484 Kb.
#1520505
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62
Bog'liq
684 Ichki kasallikl

O’PKADAN QON KETISHI
O’pka bronxlarning turli kasalliklarida (masalan, o’pka gangrenasi, saramas, bronxektaziya, o’pkaning jarohatlanishi va hokazolarda) o’pkadan qon ketadi. Buning sabablarini aniqlash terapiya choralarini ko’rish muhim ahamiyatga ega. O’pkadan ajralgan qon miqdoriga qarab, shartli ravishda qon tupurish va o’pkadan qon ketishi farq qiladi. Qon tupurishda balg’amga qon aralashgan bo’lib, bunda deyarli ko’p qon yo’qotmaslik mumkin. Qon ketishida esa bemor ko’p qon yo’qotadi, hatto og’zi qonga to’lib ketadi.
O’pkadan qon ketishi va qon tupurishda bemorga tamomila tinch sharoit yaratish, boshini bir oz balandroq qilib yotqizish, hamshira esa uning ahvolidan xabardor bo’lib turishi lozim. Bemor ortiqcha harakatlar qilmasligi, ko’p gapirmasligi kerak. Aks holda qon tupurish va qon ketishi yana takrorlanishi mumkin. Bunday hollarda bemorga beriladigan suyuqlik va ovqat miqdori cheklangan bo’lishi kerak. Unga yengil singadigan bo’tqalar, jele (jelatin, qon to’xtatishga yordam beradi), ilitilgan tuxum beriladi. Klizma qilib, ichagi tozalab turiladi. Birinchi yordam tariqasida bemorga choy qoshiqda osh tuzi eritmasi ichiriladi. Narkotik moddalar berish man etiladi. Aks holda nafas olish faoliyati buziladi. Qattiq yo’tal tutsa, bemorga kichik miqdorda kodein yoki dionin beriladi. Qonni to’xtatish uchun kalsiy xlorid va gipertonik eritmalar ichiriladi. Qonning ivishini tezlashtirish maqsadida vikosol beriladi. Basharti, qon ketishi to’xtamasa, o’pkaning zararlangan qismiga sun’iy pnevmotoraks qilinib, bemorga qon quyiladi. Ayrim hollarda jarrohlik usuli bilan davolanadi, ya’ni o’pkaning zararlangan qismi olib tashlanadi.

Mavzu:№ 3 BRONXIAL ASTMA, PLEVRIT KASALLIGI, YURAK YETISHMOVCHILIGI, KOLLAPS VA SHOKDA BIRINCHI YORDAM KO'RSATISH
Reja:
  1. Bronxial astma kasalligi haqida umumiy ma’lumot, etiologiyasi uning klinik belgilari, davosi va oldini olish chora-tadbirlari.

  2. Plevrit kasalligi haqida ma’lumot, etiologiyasi, klinik belgilari, davosi va oldini olish chora-tadbirlari.


  3. Download 484 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling