Ichki kasalliklar ma’r
Download 484 Kb.
|
684 Ichki kasallikl
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belgilari va kechishi.
- Asorati.
- Oldini olish choralari.
Bronxoektaziya o’pka yiringli xronik kasalligining bir shakli bo’lib, o’pka mayda bronxlarining kengayishi bilan belgilanadi. Kasallik hamma yoshdagi odamlarda (kattalarda ko’proq) uchraydi. Tug’ma va orttirilgan bo’lishi mumkin.
Etiologiyasi va patogenezi. Orttirilgan bronxoektaziya, asosan surunkali bronxit, o’pka va plevradagi uzoq cho’zilgan yallig’lanish jarayonlari (zotiljam, sil, o’pka yiringlashi, ekssudatli plevrit) natijasida paydo bo’ladi. Kasbiga ko’ra zararli gazlar va chanlardan nafas olishga majbur bo’lgan ishchilarda ham ba’zan uchraydi. Natijada bronxlar devoridagi elastik to’qima o’rniga chandiqlar paydo bo’lib, mushaklar faoliyati susayadi. Bronxlar devori tarangligi yo’qoladi va yumshab qoladi. Natijada bronxlarda suyuqlik to’planadi. Keyinchalik o’pkada anatomik o’zgarishlar paydo bo’lib, bronxlar elastiklik xususiyatini yo’qotadi, oqibatda bronxlar kengayadi. Belgilari va kechishi. Katta yoki kichik hajmdagi bo’shliqda balg’am yig’ilib, aksariyati yiringli yoki shilimshiq-yiringli bo’ladi. Shu sababli bu kasallik o’pka yiriglashiga juda o’xshab ketadi. Odatda bemorlar nahorda qattiq yo’talib, ko’p balg’am tashlaydi (1 kunda to 1 litrga)cha. Kasallik asosan uch bosqichda kechadi. Oxirgi bosqichda chirindi bakteriyalar paydo bo’ladi, natijada balg’amdan chirindi bakteriyalar anqib turadi. Aksariyat hollarda qonli balg’am tashlash va bronxlar devori qon tomirlarining yorilishidan ko’p qon tupurish hollari ro’y beradi. Chirindi balg’am hosil bo’lishi umumiy zaharlanishga sabab bo’ladi. Natijada bemornig rang ketib; ozayadi; kasallik ko’pincha o’pkaning pastki qismida paydo bo’lib, uzoq davom etadi. Auskultatsiyada turli xirillash, dastavval yirik pufakli xirillash eshitiladi. Asorati. Bronxoektaziyadan sepsis, miya yiringlashi, buyrak kasalligi, o’pkadan qon ketishi, kabi asoratlar qolishi mumkin. Davolash. Kasallikning dastlabki davrida asosiy tadbirlar o’pkada yallig’lanish jarayonida sodir bo’lishining oldini olish va tananing kasallikka qarshi quvvatini oshirishga qaratilgan. Bemor turmush va ish tartibiga qatiy rioya qilishi, shuningdek, qora dengiz sohilidagi sanatoriyalarda davolanishi yaxshi natija beradi. Bronx bo’shliqlarining balg’amdan tozalanishini yaxshilash maqsadida bemor boshini past qilib yotqiziladi. Buning uchun karavotning oyoq tomoni balandroq ko’tarib qo’yiladi. Traxeya ichiga pinitsillin yuboriladi. Bronxoskop yordamida yiringni tortib olib, bronxga pinitsillin yuborish mumkin va 3-8 kun davomida har kuni 6-8 grammdan sulfanilamid vositalari beriladi. Bronxektazlarni jarrohlik yo’li bilan olib tashlash juda yaxshi natija berishi mumkin. Ikki tomonlama bronxoektazda jarrohlik usul qilish mumkin emas. Oldini olish choralari. Changli, zararli gazli sharoitda ishlovchilar bronxoektaziya bo’lib qolsa, boshqa ishga o’tkaziladi. Bemorlar spirtli ichimliklar ichishi man qilinadi. Nafas yo’llarining yallig’lanish jarayonini o’z vaqtida davolash lozim. Download 484 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling