Ichki kasalliklar ma’r
Download 484 Kb.
|
684 Ichki kasallikl
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiologiyasi va patogenezi.
- Moyil omillar.
- Potologik anatomiyasi.
Mavzu mamuni.
Ta’rifi. Surunkali xolesistet-o’t pufagining surunkali yallig’lanishi. Tarqalishi. Mazkur kasallik har 100000 aholi sonigayoshi 18 dan yuqori, ro’yxatdan o’tgan 1425 nafar bemorga kuzatiladi; ayollarda erkaklarga nisbatan 2 marta ko’p uchraydi. Etiologiyasi va patogenezi. Surunkali xolesistit o’tkir xolesistitning yaxshi davolanmasligi natijasida kelib chiqadi, lekin ko’pincha mustaqil ravishda va asta-sekin o’t tosh kasalligi asosida rivojlanadi. O’t toshi-90-95% bemorlarda belgilangan. Agar tosh xaltachada o’t oqimi bo’ylab ko’chsa, o’t yo’li buzilishi mumkin, natijada dimlanish hosil bo’ladi va yallig’lanish rivojlanadi. O’t pufakchasi bo’shlig’idagi o’tda erimaydigan, ultratovush tekshirishida, qatlam ko’rinishida aniqlanadigan yopishqoq material umumiy o’t yo’lini shikastlaydi va yallig’lanish jarayonini vujudga keltiradi. Bu holat ko’pincha homilador va qisqa vaqtda ortiqcha darajada oriqlagan ayollarga sodir bo’ladi. Toshsiz xolesistit-5% bemorlarda uchraydi, og’ir hayajonli vaziyat (yurakda o’tkaziladigan operatsiyalar)da, o’t pufagi devorining ishemik shikastlanishi natijasida rivojlanadi. Bekteriyalar odatda kasallik chiqaruvchi omillar turkumiga kirmaydi, lekin (empiyema va xolangit) rivojlanishi muhim rol o’ynaydi. Moyil omillar. Yurak peratsiyalari. Qorin jarohatlanishi. Gijja invaziyasi- o’t yo’llariga parazitlar kirishi. Tez ozishlik. Homiladorlik, Qorin devori tonusining zaiflanishi natijasida ichki a’zolarning pastga tushishi. Potologik anatomiyasi. Kataral xolesistitda o’t pufakchasida serozli yoki seroz-yiringli ekssudat yig’iladi. Shilliq parda bo’rtib, qonga to’lib turadi. Yiringli turida yallig’lanish o’t pufagining hamma qavqtini shikastlaydi, devori skrelozga uchrab, qalin tortadi pufak shakli buziladi, kichrayadi va bitishmalar bilan qo’shni a’zolarga yopishib ketadi. Gangrenali xolesistitda nejrotik jarayon avj olib, o’t pufagi devorining barcha qatlamlariga yoyiladi. Download 484 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling