Ichki kasalliklar ma’r


(v) gentamitsin 3-5mg/kg kuniga (d)


Download 484 Kb.
bet46/62
Sana17.06.2023
Hajmi484 Kb.
#1520505
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62
Bog'liq
684 Ichki kasallikl

(v) gentamitsin 3-5mg/kg kuniga
(d) klindamitsin 1,82,7g kuniga
v. Spazmolotiklar og’riq sezgilarini yo’qotish uchun buyuriladi: platifillin, papaverin, no-shpa, baralgin.

  1. O’t haydovchi dorilar

  1. xoleretiklar-jigar hujayralaridan o’t ajralishini, me’da-ichak sekretor va evakutor faoliyatini kuchaytiradilar

(a1) tarkibida o’t va o’t kislotasi saqlaydigan xoleretiklar-allaxol, xolenzim, dexolin, xologol, oksafenamid (driol), siklovan, nikotin.
(a2) Tarkibida efir moylariga, smolalarga va vitaminlarga boy o’simliklar xoleretiklari: bo’znoch (o’lmaso’t), jo’xori popugi, zirk, na’matak mevasi.
Xoleretiklar jigar parenxemasi shikastlangan holatlarda berilmaydi, chunki jigar hujayralarini ortiqcha ishlashga olib keladi, (ularga yuklama tug’diradi).
(b) xolekinetiklar-xolesistokenin, magniy sulfat, zaytun va kungaboqar yog’lari, tuxum sarig’i, sorbit, mannit ksilit o’t pufagidan o’tni haydab, uning dimlanishini kamaytiradilar. Ular o’t chiqarish yo’llari faoliyati buzilganda, surunkali toshsiz xolesistitda , o’t pufagi atonoiyasi buyuriladi. Xolikenetiklar o’nikki barmoq ichak va ingichka ichak yuqori qismining shilliq pardasi ta’sirlab, gormonal modda-xolesistokinin ajralishini kuchaytiradi. Ular qon orqali o’t pufagi qisqarishini, Oddi sfinkteri bo’shashishini vujudga keltiradi, natijada o’t o’n ikki barmoq ichakka tushadi. Xolesistokinin yana jigar hujayralaridan o’t ajralishini kuchaytiradi.

  1. davoli badantarbiya mahqlari ichakni uqalash bilan birgalikda bajariladi.

  2. Fizioterapiya muolajalari–issiqlik, spazmolitik, sedativ (tinchlantiruvchi) ta’sir ko’rsatadi, o’t hosil bo’lishini va ajralishini kuchaytiradi. O’ng qovurg’a osti sohasiga isitqich (yaxshisi elektrik), parafin, ozokerit, davoli balchiq, qum applikatsiyasi, induktotermiya, URCh va SVCh toklari, magniy, papaverin, elektroforezi, ultratovush qo’llaniladi. Og’riq xurujlari to’xtagandan so’ng mahalliy sihatgohlarda (“Chinabod”, Sari-Og’och, Chortoq) davolanishsamarali natija ko’rsatadi.


  3. Download 484 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling