Kontrol savollari
Surunkali xolesistitni o’z vaqtida va to’la-to’kis davolash.
Xastalikning zo’raygan vaqtida klinik ko’rinishini izohlang
CX tashxisini aniqlashda qanday laborotoriya va asbob-uskunalar tekshirishlari o’tkaziladi.
Klinik belgilari o’xshash qanday kasalliklarni istesno etish kerak.
Davolashda qanday muolajalar qo’llaniladi.
Mavzu №5 Ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari gastrit, surunkali pankreatit.
Reja:
Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari haqida umumiy ma'lumot.
Surunkali pankreatit kasalligining etiologiyasi va patogenezi.
Surunkali pankreatit kasalligining klinik belgilari, davosi va oldini olish.
Surunkali gastrit etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, davosi va oldini olish.
Adabiyotlar:
Ichki kasalliklar F.I.Kamarov, V.G.Kukes., A.S. Smetnyov., Tibbiyot nashriyoti, Moskva 1981 yil 4-85 betlar.
Ichki kasalliklar O’.B. Sharopov. Abu Ali Ibn Sino nashriyoti Toshkent 1994 yil.
3. Ichki kasalliklar S.N.Bobojonov, Abu Ali Ibn Sino Toshkent 2003 yil.
4. Tibbiyot hamshiralari o’quv qo’llanmasi Ramazonova R.A. Syomina Yu. G. Toshkent O’qituvchi nashriyoti 224-232 betlar.
Hazm tizimi kasalliklari, ichki kasalliklar orasida muhim o’rin egallaydi. Bu holat mazkur kasalliklarning ayniqsa, yosh va mehnatga qobiliyatli aholi orasida keng tarqalishi bilan bog’liq. Hazm tizimi doimo tashqiy muhit omillari, birinchi navbatda ovqatlanish tabiati, mehnat va turmush sharoitlari ta’siri ostida turadi. Yangi endoskop va ultra tovush tekshirish usullari paydo bo’lishi, hamda xastalikning oldini olish va davolashdagi yutuqlar natijasida gastroenterologiya oxirgi 30 yil ichida juda tez rivojlandi. Zamonaviy klinik gastroenterologiya fanlari o’rtasidagi mutaxassislik hisoblanadi, uni mukammal o’rganish ko’p kuch talab qiladi. Hazm a’zolari kasalliklariga qizilo’ngach, me’da, ichak, jigar, me’da osti bezi kasalliklari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |