Etiologiyasi va patogenezi. O’tkir bronxitning kelib chiqishiga bir
qator sabablar: yuqumli kasalliklar (gripp, qizamiq, o’pka sili, ich terlama,
tepkili terlama), zaharli kimyoviy moddalar (ammiak, xlor, kimyoviy
jangovar zaharlovchi moddalar) ta’siri, a’lo ayrim qismlarining yallig’lanishi
sabab bo’ladi. Chekish, chang muhitda mehnat qilish, shamollash, tananing
darmonsizlanishi va shunga o’xshash sabablar bronxitning vujudga kelishiga
imkon beradi. Bundan tashqri, ba’zi mikroorganizmlar (mikrokokklar,
streptokokklar)
ham bronxitning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Shamollashning xarakteriga qarab bronxit-koratal, yiringli shilimshiq yiringli
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |