Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Kasallik  belgilari.    Bemor  yo’talganda  balg’am  ajratadi,  nafas  olish 

qiyinlashadi  va  umumiy  lohaslik  kuzatiladi.  Surunkali  bronxit  sekin-asta  avj 

oladi  va  yilnnig  sovuq  fasliga  zo’rayadi.  Dastlabki  bemor  faqat  ertalab 

yo’talib,  yopishqoq  balg’am  tashlaydi.  Vaqt  o’tgan  sayin  yo’tal  zo’rayib, 

ko’pincha dapkir-dapkir tutadigan bo’lib  qoladi. Balg’am  miqdori asta-sekin 

ko’payib,  shilimshiq-yiringli,  balg’amga  aylanadi.  O’pkani  auskultatsiya 

qilganda, nafasning qattiqligi, xirillash eshitiladi.  

 

Asoratlari.  O’tkir  va  surunkali  zotiljam,  bronxo-spastik  sindrom, 

bronxoektazlar,  bronxial  astma,  o’pka,  emfezemasi,  nafas  yetishmovchiligi, 

o’pka kasalligida yurak zararlanishi. 

 

Davolash.  Kasallikni  qo’zigan  paytda  etiotrop  va  patogenetik  davo 

qo’llaniladi,  bemor  kasalxonaga  yotqizish  kerak.  Yengilroq  kechadigan  

surunkali  bronxitni  kunduzgi  kasalxonada    yotqizish  kerak.  Yengilroq 

kechadigan  surunkali  bronxirtni  kunduzgi  kasalxonada  davolasa  bo’ladi.  

Bemorni  davolashga  kirishishdan  oldin  kasallikni  keltirib  chiqaruvchi 

sabablarini  bartaraf  etish  choralarini  ko’rish  lozim.  Asosan,  simptomatik 

davolanadi,  ba’zan  qaynab  turgan  suvga  soda  solib  ingalyatsiya  qilinadi.  

Ayrim  hollarda  bemorga  suvi  issiq  dengizbo’yi  kurortlarida  davolanish 

tavsiya  etiladi.  Yo’talganda  balg’am  ko’chishi  uchun  termopsis  yoki  altey 

ildizlari  qaynatib  kodein  bilan  qo’shib    beriladi.    Antibiotiklar  balg’am 

florasining    antibiotiklarga  ta’sirchanligi  hisobga  olgan  holda    beriladi.  

Bronxial  yo'llarining  yaxshiroq  ochilishi  uchun  balg’am  ko’chiruvchi 

moddalar  mukolitik    dori-darmonlar,  davolovchi  bronxoskopiyadan  keng 




foydalaniladi.  O’pka  gipertenziyasini  kamaytirish  uchun  kislorod  nafas 

olinadi.  

 

O’ng qorincha  yetishmovchiligida  yurak glikozitlari, siydik haydovchi 



vositalar qo’llaniladi.  Yo’talga qarshi mukaltin, bizolvon qo’llash mumkin.  

 

Tanani qarshiligini oshirish uchun vitaminlar (A,C,D), aloye damlamasi 



va boshqalar qo’llaniladi. Nafas gimnastikasi ham o’rinlidir.  

 

Fizioterapevtlik  davo  keng  qo’llaniladi.  Rossiya  davrida  davolanish 



uchun  Qrimning  Janubiy  sohili,  O’rta  Osiyo  kurortlariga  va  tog’  iqlim 

kurortlariga  yuborilganda  yaxshi  natijaalr  olingan.  Quyosh  nuridan 

foydalanish tavsiya etiladi.  

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling