Kasallikning oldini olish. Buning uchun atrof-muhitni toza saqlash,
qattiq sovuq qotishdan saqlanish, tamaki chekmaslik, spirtli ichimliklarni
suiste’mol qilmaslik kerak. Doimiy badantarbiya va sport bilan shug’ullanish,
tanani chiniqtirish o’tkir bronxitning oldini olish muhim omillardan biri
hisoblanadi.
SURUNKALI BRONXIT
Xronik (surunkali) bronxit uzoq davom etishi, vaqti-vaqti bilan o’zgarib,
qaytalanib turishi bilan o’tkir bronxitdan farq qiladi.
Etiologiyasi. Xronik bronxit inyeksiyalar, o’tkir bronxitdan so’ng nafas
olish yo’llariga chang, nikotin uzoq vaqt ta’sir etishi, spirtli ichimliklar ko’p
iste’mol qilinishi, shuningdek yurak va o’pkaning surunkali kasalliklari
natijasida paydo bo’ladi. Kasallik havosi chang-to’zondan iborat bo’lgan,
sanitariya qoidalari buzilgan, korxona ishchilarida ham uchraydi. Bu kasallik
oqibatida ko’pincha bronxospazm va o’pka emfezemasi kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |