Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Kasallik belgilari. O’tkir bronxit quruq yyo’tal bilan boshlanib, bemor 

o’zini  noxush  sezadi,  yo’talganida  ko’kragi  og’riydi,  eti  uvishadi,  ishtahasi 

pasayadi, nafas olishi qiyinlashadi, uyqusi notinch bo’ladi, isitmasi ko’tarilib, 

8-14  kun  davom  etadi.  Auskultatsiya  qilinganda  ko’pincha  bronxial  shilliq 

qavati  bo’rtganligi  sababli  nafas  olish  qattiqroq  eshitiladi.  Bronxlar  shilliq 

qavat  bilan  berkilib  qolgan  bo’lsa,  nafas  olish  susayadi.  Yirik  bronxlar 

zararlanganda, xirillash eshitiladi. Bronxlardan ko’p ekssudat (qonning suyuq 

qismi) chiqqanda ho’l, xirillash tovush eshitilishi mumkin.  

 

Davolash. Bemorning harorati  yuqori bo’lsa, o’rinda qimirlamay yotish 

buyuriladi. Uch mahal 0,5 g dan  aspirin ichish tavsiya etiladi. Juda ko’p iliq 

ichimlik  ichib  turish  aytiladi.  Oyoqqa  issiq  kompress  qilinadi.  Orqada  banka 

yoki  gorchichnik  qo’yiladi.    Yo’talni  yengillashtirish  maqsadida  iliq  sutni 

borjomi ma’danli suv bilan aralashtirib, yoki ichimlik soda bilan birga ichish 

tavsiya etiladi.   Basharti, yo’talganda ko’krakda kuchli og’riq paydo bo’lsa, 

sodaga  kodein,  dionin,  aralashtirib  beriladi.  Yo’talganda  balg’am  ko’chishi,  



qiyin  bo’lgan  hollarda,  balg’anm  ko’chiradigan  termopsis,  altey  ildizi 

damlanadi, malina choy, sholg’omli sho’rva, behini dimlab beriladi.  

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling