Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
5.1.3.1-chizma.
Iqtisodiy axborotlarning tasnifi www.sies.uz Page 80 of 356 81 Iqtisodiy axborotlar Іududiy shakllanishi bo‘yicha Shakllanish stadiyalari bo‘yicha haraka-ti bo‘yicha Mazmu-ni bo‘yicha Rasmiylashti-rish shakllari bo‘yicha (hisobot turlari) Ichki Birlamchi (to‘g‘ridan- to‘g‘ri kuzatiladigan) Kirish Nazariy Tezkor Tashqi Ikkilamchi (hisobotlar, statistik ma’lumotlar) Chiqish Stra-tegik Statistika Kon’yukturaviy (holatni bildiruvchi) Buxgalteriya hisobi Tezkor Tanlab olingan (kuzatish yo‘li bilan) Rejalar, normativ va normalar Muddatga Іisobotlar 5.1.4. Iqtisodiy axborotlar tarkibida statistikaning ahamiyati Jamiyatda hodisalar va jarayonlarni son ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotni ahamiyati nihoyatda yuqori ekanligini hamma ham tushunib, unga www.sies.uz Page 81 of 356 82 e’tibor bera olmaydi. Іayotda nama’lum narsalar ko‘p. Bizni qamrab olgan atrof-muhitni o‘rganish uchun statistik fikrlashni ahamiyati katta. Statistik savodxonlik bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat boshqaruv apparati xodimlari uchun, vaholanki u har bir jamiyat a’zosi uchun ham zaruriyatdir. Masalan: oila byudjetini hisob-kitobini oling, daromadi va harajatalrini har bir oila har kuni hisob-kitobini olib boradi. Bunda oddiy arifmetika emas, statistik hisob-kitob ishlatiladi. Statistika tarixi insoniyat taraqqiyoti bilan bog‘liq. Eramizdan oldin 2238 yilda hitoyda aholi ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida tarixiy ma’lumotlar bizgacha yetib kelgan. Bibliyani Moisey to‘g‘risidagi 4-kitobida «Chislo», ya’ni «Son» bo‘limida qurol-yaroq ishlata biladigan erkaklarni hisoblaganligi to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Umuman «Statistika» qadimda italiyancha “Stato” yoki “Stati” so‘zidan olingan bo‘lib «davlat» mazmunini bildirgan. Shu sababli davlat siyosatini, umuman siyosatchilarni “Statista” deb atashgan. Keyinchalik XVII asrlarga kelib Statistika fani vujudga kelgan. Statistikani iqtisodiyotni boshqarishdagi ahamiyati juda katta, ayniqsa hozirgi kunda, bozor iqtisodiyoti shakllanib borayotgan davrda. Bejiz emaski, respublikamizda mustaqillikni boshlang‘ich davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishni huquqiy asoslarini yaratish davrida, Respublika Konstitutsiyasi (1991 y.), «Mulk to‘g‘risida»gi qonun (1990 y.), «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonunlar (1991 y.) qatorida O‘zbekiston Respubilkasi Oliy Kengashining 28 sentyabr 1993 yil XIII sessiyasida «Davlat statistikasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu «Davlat statistikasi to‘g‘risida»gi qonunda mamlakatimizda rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy holatini belgilovchi yagona statistika tizimini vujudga keltirish, uni faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlari, vazifalari va mas’uliyatlari belgilab qo‘yilgan. 1993 yilgacha respublikada Sobiq Sovet ittifoqini «Xalq xo‘jaligi balansi» www.sies.uz Page 82 of 356 83 (XXB) hisobot va statistika ko‘rsatkichlar tizimi amaliyotda qo‘llanib kelingan. U bozor munosabatlarini to‘laligicha belgilab bera olmaydi. Chunki mulk shakllari, xalq xo‘jaligi tarkibi o‘zgardi. Eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan, ishlab chiqarish markazlashgan rejalashtirish, resurslarni markazlashgan taqsimoti uni yadrosini tashkil qiladi. Bu tizimda faqat moddiy ishlab chiqarish va shu bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat ko‘rsatish sohalari hisobga olingan. Aholiga xizmat ko‘rsatish, bank, moliyaviy xizmat ko‘rsatish, meditsina xizmati, ma’rifat-fan, madaniyat va shu kabilar ikkilamchi, yalpi milliy daromad yaratishda qatnashishmaydi, deb hisoblangan. Natijada ularni daromadi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topmagan. Bu esa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni chet el bilan solishtirish imkonini bermaydi. Unda davlatning moliyaviy ahvolini, pul muomalasi va kredit holatini, ishbilarmonlik, vositachilik singari bozor tarkibini belgilovchi iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yo‘qligi, statistik metodlarda yuz berayotgan o‘zgarishlarni yetarli darajada kuzatilmasligi natijasida, iqtisodiy va siyosiy islohot jarayonnining borishini va natijalarini tizimli tahlil qilish imkoniyatini og‘irlashtiradi, ijtimoiy va iqtisodiy boshqaruvning samaradorligini pasaytiradi. XXB – yalpi statistik kuzatishga asoslangani uchun yangi (barcha mayda xo‘jaliklarni) vujudga kelgan xo‘jaliklarni bu uslub orqali amaliy jihatdan hisobga olib bo‘lmaydi. Chunki, u katta mablag‘ talab qiladi. XXB asosan davlat boshqaruv organlari, tarmoq, vazirliklarni va idoralarni boshqaruv vazifasini bajarishga qaratilgan faoliyatlarini axborot bilan ta’minlagan. Endi ishbilarmonlarni, olimlarni, assotsiatsiyalarni va fondlarni, aholini va chet ellik iste’molchilarni (investorlari va h.k.) statistik axborot bilan ta’minlash zarur. Jahonning 150 dan ortiq mamlakatalrida «Milliy hisoblar tizimi» (MhT) amaliyotda qo‘llanib kelinayapti. MІT – yaxlit jamlama iqtisodiy-statistik ko‘rsatkichlar to‘plami bo‘lib, www.sies.uz Page 83 of 356 84 tayyor mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, yalpi MD-ni yaratish, taqsimlash, qayta taqsimlash va iste’mol jarayonlarini o‘zida mujassamlashtirgan hisobot va statistika tizimidir. Bunda ishlab chiqarish bilan bir xil uslubda xizmat ham MD yaratishda hisobga olinadi va o‘rganadi. 1993 yili BMT-ning statistika komissiyasi tomonidan MhT ishlab chiqilgan. Statistika insoniyat jamiyati tarixida doimo jamiyatdagi tarmoqlar va sohalardagi, regiondagi, korxonadagi hodisalar va jarayonlarni kuzatish (son va sifat jihatidan) va tahlil qilish vazifasini bajarib kelgan. Іozirgi zamonda statistika davlatni, biznesni va aholini axborot bilan ta’minlovchi tizimga aylangan. Statistik ma’lumotlar har xil darajadagi tashkilotlar, faoliyat sohalari uchun zarurdir. Ular davlatga, xususiy korxonalarga, notijorat, nodavlat tashkilotlarga, o‘quv yurtlariga, ilmiy tadqiqot muassasalariga va boshqalarga faoliyat yuritish uchun eng muhim vositadir. Masalan: Davlat, statistik ma’lumotlar asosida zaruriy siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarga ta’luqli qarorlar qabul qiladi, dasturlar ishlab chiqadi va h.k. Bundan tashqari qonunda xo‘jalik sub’ektlari (korxonalar, tashkilotlar, yuridik shaxslar)ning davlat statistika organlariga xo‘jalik faoliyatlarini belgilovchi xo‘jalik hisobot ko‘rsatkichlarni aniq, mukammal va o‘z vaqtida yetkazishlari, hisobot ko‘rsatkichlarining to‘g‘ri va to‘laligini ta’min etishga mas’ul ekanliklari, hisobot ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida bermaganliklari va noaniq berganliklari uchun qonun oldida javobgarliklari belgilab qo‘yilgan. Ushbu qonunda davlat statistika organlarining xo‘jalik birliklari oldidagi mas’uliyatlari ham belgilab qo‘yilgan. Chunonchi, olingan axborotlarni yakka holda chop etmaslik va boshqa xo‘jalik birliklariga bermaslik, bu axborotlarni faqat jamlama axborotlarni tayyorlashda ishlatish, xo‘jalik birliklarining ishlab chiqarish quvvatlarini belgilovchi va tijorat siri hisoblangan axborotlarni tarqatmaslik davlat tomonidan kafolatlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, statistika axborotlarining hayotimizda bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni to‘la aks ettirishdan davlat bilan bir qatorda tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar (ishlab chiqaruvchilar) www.sies.uz Page 84 of 356 85 manfaatdordirlar. Chunki, ishlab chiqaruvchilar o‘z faoliyatlarini iqtisodiyotning qaysi sohada rivojlantirishlarini, qanday tovar ishlab chiqarish va xizmat turlari ko‘rsatish bo‘yicha iqtisodiy jihatdan manfaatliroq ekanligini, ichki va tashqi bozor kon’yukturasini o‘rganishga oid axborotlarni statistika orqali bilib oladilar. Statistika axborotlarining to‘laligi va mukammalligi ishlab chiqaruvchilarga va aholiga mamlakatda yuritilayotgan iqtisodiy siyosatning yo‘nalishlari, moliya, pul, kredit bozorida muhim axborotlar, mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari, uning kuch qudrati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni beradi. Yuqorida keltirilgan qonunga muvofiq bozor iqtisodiyotiga mos yangi makroiqtisodiy milliy schetlar tizimi (Milliy schetlar tizimi – MST) amaliyotga joriy qilindi. Iste’mol baholari indeksi (oldingi ulgurji baholar indeksi o‘rniga) va ishlab chiqaruvchilar bahosi indeksi metodologiyasi joriy qilindi. Baholar statistikasi tashkil qilindi. Mehnat, ish haqi ,ishchi kuchi ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistika metodologiyasi Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) takliflari asosida tashkil qilindi. Uy xo‘jaligi byudjetini kuzatish dasturi ishlab chiqildi. Unda aholining daromadi va harajatlari Jahon banki konsepsiyasi asosida tabaqalashtiriladi. Statistika amaliyotiga tashqi savdo va bojxona statistikasi, noformal iqtisodiyotni hajmini hisobga olish va boshqalar joriy qilindi. O‘zbekiston Respublikasida statistikani huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish zaruriyatidan kelib chiqib, o‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2002 yil sentyabrda «Davlat statistikasi to‘g‘risida»gi yangi qonunini qabul qildi. Tayanch iboralar: Iqtisodiy ish, iqtisodiy xizmat, axborot, tahlil, bozor kon’yukturasi, statistika, ko‘rsatkich. Takrorlash uchun savollar. 1. Iqtisodiy ishni mazmunini yoriting? 2. Iqtisodiy xizmat nima va qanday vazifalar bajaradi? 3. Iqtisodiy tahlil mazmunini yoriting? 4. Iqtisodiy tahlil qanday vazifalar bajaradi? 5. Iqtisodiy tahlil usullariga tushuncha bering? www.sies.uz Page 85 of 356 86 6. Axborot nima? 7. qanday axborotlar turlari mavjud? 8. Axborotlar qanday alomatlar bo‘yicha tasniflanadi? 9. Ko‘rsatkichlar deganda nimani tushunasiz? 10. Єanday ko‘rsatkichlarni bilasiz? 11. O‘zbekiston Respublikasida axborotlari to‘g‘risida qanday tizim ishlatiladi? Uni mazmunini yoritib bering? 12. Statistikani iqtisodiyotdagi ahamiyatini yoritib bering? 13. Statistika to‘g‘risida qabul qilingan qonunda qanday vazifalar qo‘yilgan? 14. Statistikani takomillashtirish borasida qanday ishlar amalga oshirilgan? Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling