Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
5.1.3. Iqtisodiy axborotlar tushunchasi, turlari va ahamiyati Axborot qabul qiluvchiga uch xil tushunish filteri orqali yetkaziladi, ya’ni qabul qilish, tushunish va baholash. Shu nuqtai nazardan axborot, qaror qabul qilish yoki biron bir vazifani bajarish uchun foydali bo‘lgan, qabul qilingan, www.sies.uz Page 78 of 356 79 tushunilgan va baholangan yangi bilimlar qatoriga kiradi. Axborotlar deganda boshqaruvchi va boshqaruvchilar, xo‘jalik sub’ektlari orasida sirkulyatsiya qilib turadigan, tabiat, jamiat va ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan jarayonlar, hodisalar, munosabatlar xususiyatlari to‘g‘risida boshqaruv qarorlari qabul qilish, texnik-iqtisodiy hisobotlarni asoslash uchun zarur bo‘lgan xabarlar majmuasini tushunamiz. Axborotlar doirasi juda kengdir va uning har xil turlari mavjud. Tabiat to‘g‘risida, tarix to‘g‘risida, ijtimoiy hayot to‘g‘risida, siyosat to‘g‘risida, texnikaviy, iqtisodiy va hokazolar. Axborotlar deganda boshqaruvchi va boshqariluvchilar, xo‘jalik sub’ektlari orasida sirkulyatsiya qilib turadigan, tabiat, jamiyat va ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan jarayonlar, hodisalar, munosabatlar xususiyatlari to‘g‘risida boshqaruv qarorlari qabul qilish, texnik-iqtisodiy hisobotlarni asoslash uchun zarur bo‘gan xabarlar majmuasini tushunamiz. Iqtisodiy axborotlarga tushuncha berib o‘tamiz. qisqacha qilib aytganda iqtisodiy axborotlarda iqtisodiy jarayon va hodisalarning son va sifat tomonlari o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiy axborotlarga keng ma’noda qaralsa quyidagilardan tarkib topadi: • boshqaruvchi va boshqariluvchi ob’ektlar o‘rtasida aloqa vositasi sifatida ishlatiladi; • barcha aloqador ob’ektlar, sub’ektlar orasida bir-biriga yuboriladigan xabarnoma sifatida ko‘rinadi; • boshqaruv qarorlarini asoslash va qabul qilish uchun zarur bo‘lgan hodisalar, jarayonlar, munosabatlar va narsalarning xususiyati to‘g‘risidagi yangi bilimlar majmuasi sifatida namoyon bo‘ladi; • hodisalar va jarayonlarni o‘ziga xos xususiyatlaridan darak beruvchi xabarnoma sifatida tasavvur qilinadi; www.sies.uz Page 79 of 356 80 • iqtisodiy usul va uslublarni ishga solish, fan predmetini o‘rganish va tadqiq qilish hamda xulosalarini namoyon qilish uchun dastak bo‘lib xizmat qiladi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy ma’lumotlar iqtisodiyotda ahamiyati katta, keng ma’noda ishlatiladi, ishlatilish doirasi ham keng. Konkret qilib ta’rif berilsa, iqtisodiy axborotlarda jamiyatda sodir bo‘layotgan barcha iqtisodiy ishlarning son va sifat jihatlari (hajmi, mazmuni) o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiy axborotlarni tasnifi 5.1.3.1-chizmada ifodalangan. Iqtisodiy axborotlar to‘g‘risida xabarlar ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi. O‘rganiladigan hodisa, jarayon, ob’ekt yoki predmetlarni son va sifat jihatlarini, hajmini, mazmunini namoyon qiluvchi vositalar ko‘rsatkichlardir. Ko‘rsatkichlar natural, qiymat, absolyut va nisbiy o‘lchov birliklarda namoyon bo‘ladi. Ko‘rsatkichlar to‘g‘risida tegishli boblarda so‘z yuritiladi. Iqtisodiy axborotlarni namoyon bo‘lishi belgilangan yoki qabul qilingan hujjatlar orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy axborotlarni rasmiylashtirish belgilangan shakldagi hujjat va blankalar orqali amalga oshiriladi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling