Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
l0 – bob. Ulgurji tovar aylanishi
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
l0 – bob. Ulgurji tovar aylanishi
10.1 Bozor iqtisodiyoti sharoitida ulgurji savdo uning zaruryati va ahamiyati. 10.2. Ulgurji tovar aylanishining mazmuni va turlari. 10.3 Ulgurji tovar aylanishini ko‘rsatkichlari. 10.4 Ulgurji tovar aylanishi tahlilining maqsadi va bosqichlari. 10.5 Ulgurji tovar aylanishi ko‘rsatkichlarini rejalashtirish. 10.1 Bozor iqtidiyoti sharoitida ulgurji savdo uning zaruryati va ahamiyati. www.sies.uz Page 310 of 356 311 311 Tovar muomalasi jarayonidan iste’mol tovarlarining ishlab chiqarishdan iste’mol sohasiga o‘tishi bosqichma-bosqich amalga oshadi. Dastlab tovarlar ulgurji sotilish sohasiga kelib tushadi. Ular muomalasining yakunlovchi bosqichi savdoning chakana bo‘g‘iniga mansub bo‘ladi. Shu tarzda, iste’mol tovarlari muomalasi jarayoni ikkita o‘zaro bog‘lik, qismlar - ulgurji va chakana savdodan tashkil topadi. Ulgurji savdo keng ma’noda iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalari harakatining turli shakllarini, shuningdek, ular harakati jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. U ishlab chiqarish vositalarining bir ishlab chiqarish korxonasidan boshqasiga, tovarlarning ishlab chiqarishdan muomala sohasiga, shuningdek tovarlarning bir savdo korxonasidan boshqasiga va nihoyat qishloq xo‘jalik mahsulotlari hamda xom- ashyolarining qishloq xo‘jalik korxonasidan iste’molchilar (sanoat va savdo korxonalari)ga harakati bilan bog‘lik,. Ushbu munosabatlar muayyan davlat ichida amalga oshadi. Ma’lumki, xozirgi jaxon iqtisodiyoti rivojining o‘ziga xos xususiyati, mamlakatlar o‘rtasidagi jahon iqtisodiy integratsiyasining takomillashib borayotganligidir. Xalkaro mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi bilan davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar, xususan xalqaro savdo aloqalari rivojlanib bormoqda. Alohida mamlakatlar o‘rtasidagi borcha oldi-sotdi bitimlari ulgurji savdo shaklida amalga oshiriladi. Iste’mol tovarlari ulgurji savdosining zarurati shundaki, ishlab chikarilgan buyumlar bevosita shaxsiy iste’mol sohasiga kelib tushmaydi. Chunki, ishlab chiqarish va iste’mol zamon va makon nuqtai nazaridan bir-biridan farqlanadi. Iste’mol tovarlari ulgurji sotilishi natijasida muomala sohasidagi savdo bo‘g‘inlari orqali shaxsiy iste’molga harakatini davom ettiradi. Ulgurji savdodan farqli ravishda, iste’mol tovarlarining chakana savdosi tovarlarni bevosita shaxsiy iste’mol sohasiga o‘tkazadi va muomaladan chiqaradi. Ulgurji savdo yirik partiyalarda amalga oshiriladi. Bunda tovarlar oxirgi iste’molchilarga sotilmaydi. Shuning uchun, ulgurji savdoda tovarlar bir nechta www.sies.uz Page 311 of 356 312 312 bo‘g‘inlardan o‘tishi mumkin, ya’ni bir necha bor sotilishi mumkin. Chakana savdoda esa tovarlar oxirgi iste’molchilarga bir marta sotiladi. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida sobiq Ittifoq mamlakatlarida ulgurji savdoga bo‘lgan qiziqish birdan so‘ndi, ko‘plab alohida savdogarlarning paydo bo‘lishi natijasida ulgurji savdo tarmoqlari parchalanib ketdi, ularning ko‘pchiligi faoliyat ko‘rsatmayapti. Bularning barchasi aniq, ob’ektiv holatlar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘tish davri bilan bog‘liq va davriy harakterga ega. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ulgurji savdo mamlakat miqqyosidagi tovar muomalasi jarayonida, shuningdek keng ko‘lamli tashki savdo munosabatlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ulgurji savdoning iqtisodiy ahamiyati g‘oyat katta bo‘lib, bu uning xususiyatlari va u bajaradigan funksiyalar bilan aniqlanadi. Ulgurji savdoning xususiyatlari va funksiyalari birinchi navbatda, zamon va makon nuqtai nazaridan ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar oralig‘ida joylashganligi bilan aniqlanadi. Ulgurji savdoning xususiyatlariga tovarlarning ishlab chiqarish assortimentidan savdo assortimentiga aylantirish, shuningdek savdo bitimlarining keng ko‘lamda ishlatilishini kiritish mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda «Supermarket» tipidagi yirik chakana savdo korxonalari keng tarqalgan. Supermarketlarda ham katta miqdordagi tovarlar buyicha bitimlar amalga oshiriladi. Biroq, bu ulgurji savdoning ahamiyatini zarracha ham kamaytirmaydi, balki bunda ulgurji va chakana savdoning funksiyalari uyg‘unlashib ketadi. Ushbu supermarketlar ulgurji savdoning muayyan funksiyalarini bajaruvchi yirik ulgurji omborlariga ham ega bo‘ladilar. Umuman olganda, supermarketlar ulgurji - chakana savdo funksiyalarini bajaradi. Ulgurji savdoning muhim xususiyatlaridan yana biri, unda yagona turdagi tovarlar yoki bir tipdagi muayyan tovarlar bilangina savdo qilishga ixtisoslashadi (masalan, kitoblar). Ayrim ulgurji savdo korxonalari juda kichik hajm dagi bitimlar tuzish a sosida muvaffaqiyatli xo‘jalik faoliyatini amalga www.sies.uz Page 312 of 356 313 313 oshirmoqdalar. Biroq ulgurji savdoning ushbu xususiyati savdo bitimlarining har tomonlama va keng ko‘pchililik xususiyatlari bilan solishtirilganda, ikkinchi darajali bo‘lib qaraladi. Ulgurji savdoning xususiyatlari ular ishtirokchilarini harakatlantiruvchi mexanizmlarning o‘ziga xosligida ham ko‘zga tashlanadi. Amaliyotda harid qilishning ikkita motivi va shunga muvofiq tovarlarni sotib olishdan ikkita maqcad ko‘zlanadi. Birinchisi - haridor tovarlarni shaxsiy iste’molini qondirish yoki sanoat qayta ishlab chiqarish buyicha manfaatlarini qondirish maqsadida sotib oladi. Ikkinchi motiv va maqsad - tovarlar qayta sotish uchun harid kilinadi. Shunday qilib, ulgurji savdo korxonalari tovarlarni sanoat iste’molini qondirish yoki qayta sotish uchun jalb qiluvchi mijozlar bilan ishlaydi. Ulgurji savdoning chakana savdodan farqlantiruvchi asosiy xususiyatlaridan yana biri, u bajaradigan iqtisodiy va tashkiliy – texnik funksiyalarining keng ko‘lamligidir. Ulgurji savdoning bu funksiyalari ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasida ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan, tovarlarni saqlash hisoblanadi. Ulgurji korxonalarda ombor xo‘jaligining mavjudligi kichik ishlab chiqaruvchi va chakana savdo korxonalari uchun katta ahamiyatga ega. Ulgurji savdo korxonalarining tovarlarni saqlash funksiyasini bajarish bir tomondan, ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulotlarini yirik Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling